Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.15K subscribers
3.54K photos
1.15K videos
8 files
2.6K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#Yutong
#Elektrobus

🚌 Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan "Yutong" rusumli elektrobuslardan samarali foydalanish maqsadida, 2023-yil 11-may kunidan boshlab quyidagi yo'nalishlarga tasarruf etilmoqda:

Harakat tarkibi yangilanmoqda:
🔹12 donasi -"4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 45-sonli
“Boshliq mavzesi – FOOD CITY savdo majmuasi”
avtobus yo'nalishiga;
🔹14 donasi - "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 40-sonli “Sergeli mavzesi 12-daha – Toshkent vokzali” avtobus yo'nalishiga;
🔹10 donasi - "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 85-sonli “Qora qamish 2/4 mavzesi – Toshkent MUM” avtobus yo'nalishiga;
🔹4 donasi - "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 8-sonli “Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha” avtobus yo'nalishiga;

Avtobuslar soni ko'paytirilmoqda:
🔹1 donasi - "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 13T-sonli avtobus yo'nalishiga;
🔹1 donasi - "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 57-sonli avtobus yo'nalishiga;
🔹5 donasi - "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 94-sonli avtobus yo`nalishiga;
🔹4 donasi - "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 100-sonli avtobus yo'nalishiga;
🔹1 donasi - "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 67-sonli avtobus yo'nalishiga;
🔹3 donasi - "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 51-sonli avtobus yo'nalishiga;
🔹1 donasi - "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 95-sonli avtobus yo'nalishiga;
🔹3 donasi - "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 53-sonli avtobus yo'nalishlarida xizmat ko'rsatish uchun biriktirilganligini ma'lum qilamiz.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
#14_yonalish
#KingLong

⚡️⚡️YO'LOVCHILAR DIQAATIGA !⚡️⚡️

🚌 Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 12-may kunidan boshlab, "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 14-sonli “TTZ – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishida 11 dona o‘ta katta sig‘imli "King Long" rusumli avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilganligini ma'lum qilamiz.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Elektrobuslardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajriba o‘rganilmoqda

Turkiyaning Izmir shahrida tashkil etilgan “Elektrobuslarni xarid qilish, rejalashtirish va moliyalashtirish” mavzusidagi xalqaro seminar-treningda Transport vazirligi va “Toshshahartransxizmat” AJ xodimlari ishtirok etdi.

Trening dasturi doirasida ishtirokchilar Izmir shahridagi eng yirik transport operatori hisoblangan ESHOT tashkiloti avtobus saroyiga tashrif buyurib, elektrobuslar infratuzilmasi bilan yaqindan tanishishdi.

Batasil

Изучается зарубежный опыт по организации эффективного использования электробусов

На международном семинар-тренинге на тему «Закупка, планирование и финансирование электробусов», организованном в г.Измире Турции приняли участие сотрудники Министерства транспорта и АО «Тошшахартрансхизмат».

В рамках программы тренинга участники посетили автобусный парк организации ESHOT, являющейся крупнейшим транспортным оператором в Измире и ознакомились с инфраструктурой электробусов.

Подробнее
#TEZKOR

Avtobus haydovchisi va yengil avtotransport haydovchilari o'rtasida sodir bo'lgan tortishuv yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 14-may kuni, soat 12:00 larda, "Aviasozlar" bekatida avtobus haydovchisi va yengil avtotransport haydovchilari o'zaro tortishayotgani aks etgan video suratga olinib, ijtimoiy tarmoqga joylashtirilgan.

🔹Mazkur holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi:
“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo'limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilganda, mazkur holat "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, "SAZ LE-60" rusumli, davlat raqami 01|871 OJA bo‘lgan, 106-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi T.D hamda litsenziyasiz yo'lovchi tashish bilan shug'ullanuvchi yengil avtotransport haydovchilari tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 106-sonli avtobus haydovchisi "Aviasozlar" bekatiga yetib kelganida bekat yengil avtotransport vositalari bilan to'liq band qilingani sababli yo'lovchilarni yo'lning harakat qismida tushirishga majbur bo'lgan. Shu munosabat bilan, bekatda ushbu qoidabuzarliklarni sodir etayotgan yengil avtotransport vositalari haydovchilariga belgilangan tartibda chora ko'rish yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga murojaat qilinganligini ma'lum qilamiz.

📌Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga murojaat qilishingizni iltimos qilamiz.

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

"Toshshahartransxizmat" AJ tizimida "Ma'naviy-ma'rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi"ga binoan, haydovchi va yo'lovchilar o'rtasida ochiq muloqotlarni tashkil etish belgilangan.

🔹Shu munosabat bilan, Toshkent davlat transport universitetida, haydovchi va talaba yoshlar ishtirokida, "Jamoat transportida madaniyatli xizmat ko'rsatish va madaniyatli harakatlanish" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Saz Le-60" rusumli avtobusda tutun chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 14-may kuni, 17:15 larda, 70-sonli avtobusda tutun hosil bo`lgani va harakatni davom ettirayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqga joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
2023-yil 14-may kuni , "7-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "SAZ LE-60" rusumli, saroy raqami 008 bo'lgan, 70-sonli-"M. Yusuf ASHB - Chilonzor 20-daxa" avtobus yo'nalishi haydovchisi T.N soat 06:18 da ishga chiqib, jadval asosida 11 ta qatnovni bajargan. 2023-yil 14-may kuni soat 17:15 larda haydovchi T.N 70-sonli avtobusda Muhammad Yusuf ko'chasidan harakatlanib borayotgan vaqtda, avtobusning turbonaduv qismidagi tirsakli vali sinishi oqibatida moy haydab glushitelda qora tutun hosil bo'lgan. Avtobus haydovchisi ushbu holatni ko'ra turib, avtobusni to'xtatish va yo'lovchilarni tushurish o'rniga harakatni davom ettirgan. Hodisa oqibatida yo‘lovchilarga zarar yetmagan.

O'z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, yo'lovchilar hayotini xavf ostida qoldirgani uchun, mazkur avtobus haydovchisi T.N bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma'lum qilamiz.

Hozirda “7
-Avtobus saroyi” filialining texnik xodimlar tomonidan avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilmoqda. Tez kunlarda ushbu avtobus yo’nalishda xizmat ko’rsatishni davom ettirishini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
⚡️⚡️DIQQAT E`LON !⚡️⚡️

📢“Yolovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi nazoratchi lavozimiga
ishga taklif etadi !

⚡️⚡️ ВНИМАНИЕ ОБЪЯВЛЕНИЕ !⚡️⚡️

📢Государственное учреждение "Мониторинг и контроль пассажирских перевозок"
предлагает работу на должность контролера.

✍️“Yo'lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” Davlat muassasi Matbuot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
📣DIQQAT E`LON! 📣
"Toshshahartransxizmat" AJ 1- va 2-Avtobus saroyi filiali direktor o'rinbosari lavozimiga ishga taklif etadi!
Vazifasi:
🔹
Korxonaning texnik va ekspluatatsion ko'rsatkichlari bo'yicha tashish rejasi topshiriqlarini ta'minlash va bajarish;
🔹Korxonaning operativ xizmati faoliyatini boshqarish;
🔹Korxonada mehnat va ishlab chiqarish intizom ishining natijasini nazorat qilish;
Talablar:
🔹
Transport sohasida kamida 5 yilikl ish tajribasi;
🔹Avtomobil transporti yoki iqtisodiy yo'nalishda oliy ma'lumotga ega bo'lish.

☎️ Murojaat uchun telefonlar: (71) 233-03-23

🤝
"Toshshahartransxizmat" AJ sizni ahil jamoasiga taklif etadi.
______________
📣ВНИМАНИЕ ОБЪЯВЛЕНИЕ!📣
АО "Тошшахартрансхизмат" предлагает работу на должность замeститель директора в филиалы 1 и 2 автобусные парки!
Функция:
🔹Обеспечение и выполнение предприятием заданий плана перевозок по технико-эксплуатационным показателям;
🔹Руководство деятельностью эксплуатационной службы предприятия;
🔹Контроль результата работы трудовой и производственной дисциплины;
Требования:
🔹 Стаж работы в транспортной системе не менее 5 лет;
🔹Высшее автомобильно- транспортное или экономическое образование.

☎️Телефоны для справок: (71) 233-03-23

🤝АО "Тошшахартрансхизмат" приглашает вас в свою дружную команду.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyozli_karta

❗️Jamoat transportida imtiyozli yurish kartasini qayerdan olish mumkin?

🪪 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari yoki kartani uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali olish mumkin. Buning uchun my.gov.uz portalidan so‘rovnomani elektron to‘ldirib yuborilsa bas. Karta konvertga solinib, pochta orqali xonadoningizga yetkaziladi.

🎥 Batafsil videoda☝️

📝🚘
Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |Facebook|Instagram| YouTube
📣📣📣DIQQAT E‘LON❗️❗️❗️📣📣📣

28-sonli avtobus yo‘nalish harakati o‘zgartirilmoqda!

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich o’tkazish maqsadida,

2023-yil 1-iyun kunidan boshlab
🚌 28-sonli “Ibn Sino 2-mavzesi - ADJU universiteti” avtobus yo'nalishi harakati “Tibbiyot akademiyasi - ADJU universiteti” oralig'ida tashkil etilmoqda.
🚌 Yo'nalish “Tibbiyot akademiyasi - ADJU universiteti” oralig'ida 13 ta jadval asosida 9 daqiqalik  oraliq interval bilan harakatlanadi.

MA’LUMOT UCHUN Yo‘nalishdan foydalanadigan yo‘lovchilar uchun Shifokorlar ko‘chasidan Ibn Sino 2-mavzesiga 82-sonli avtobus yo‘nalishi orqali yetib olish imkoniyati mavjud.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |Facebook|Instagram| YouTube
🚧 Amir Temur ko‘chasining bir qismi qisman yopiladi

🛠 Ayni kunlarda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxtimizning elektr ta'minoti tizimi uzluksiz va barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida keng ko‘lamli rekonstruktsiya va qurilish ishlari olib borilmoqda.

🪛🔌⚙️ Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab yangi elektr tarmog‘i qurilishi olib boriladi. Shu munosabat bilan 15 maydan to qurilish ishlari yakunlanguniga qadar Amir Temur shoh ko‘chasining Nukus ko‘chasi bilan kesishmasidan Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliqda yo‘lning bir tasmasi vaqtincha yopiladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Toshkent shahar filiali noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
🚧 Часть улицы Амира Темура будет частично перекрыта

🛠 В настоящее время Ташкентским городским филиалом АО Hududiy elektr tarmoqlari проводятся масштабные работы по реконструкции и строительству для обеспечения непрерывной и стабильной работы системы электроснабжения нашей столицы.

🪛🔌⚙️ В рамках работ, начато строительство новой электросети по улице Амира Темура. В связи с этим с 15 мая до завершения строительных работ будет временно перекрыта одна полоса дороги на улице Амира Темура от пересечения с улицей Нукус до пересечения с улицей Шахрисабз.

Ташкентский городской филиал АО Hududiy elektr tarmoqlari приносит извинения за неудобства.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
Toshkent shahri jamoat transporti tarkibi yangilanishi natijasida:

- avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti kamaydi, tashuv quvvati hamda harakat tarkibi sig’imi oshdi

- kunning kunduzgi va kechki tig‘iz vaqtlarda avtobuslarga sig‘may qolayotgan yo‘lovchilar jamoat transporti xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

- avtobuslar salonidagi tirbandliklar kamayib, xizmat sifati yaxshilandi

В результате обновления структуры общественного транспорта города Ташкента:

- интервал движения автобусов уменьшен, увеличена вместимость подвижного состава

- теперь пассажиры, которые не могли поместиться в автобусах в дневное и вечернее время, получили доступ к услугам общественного транспорта

- уменьшены пробки в салонах автобусов и улучшено качество обслуживания