Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.36K subscribers
3.65K photos
1.23K videos
8 files
2.71K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
#INFOGRAFIKA

Elektron transport kartalari uchun tariflarni joriy yilning 1-avgust sanasidan 31-avgust holatiga sotilishi bo‘yicha
MAʼLUMOTLAR!

🟥N (Nafaqa) - 7 478 ta
🟥NM
(Nafaqa metro) - 1 144 ta

🟨Т
(Talaba) - 4 532 ta
🟨ТМ
(Talaba metro) - 14 151 ta

🟩O'
(O‘quvchi) - 1 194 ta
🟩O'М
(O‘quvchi metro) - 1 526 ta

🟦AV
(Avtobus) - 6 716 ta
🟦AVМ
(Avtobus metro) - 3 585 ta

🧮 Jami sotilgan elektron transport kartalar uchun tariflari soni: 40 326

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#INFOGRAFIKA

📊Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni
(1-31-avgust holatiga ko‘ra)

📈Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 131 - sonli yo‘nalish - 224 164
2. 58 - sonli yo‘nalish - 189 414
3. 116 - sonli yo‘nalish - 163 283

📉Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
1
. 141- sonli yo‘nalish - 2 362
2. 143- sonli yo‘nalish - 3 395
3. 196- sonli yo‘nalish - 4 183

🚍Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 3 097 479
2. Isuzu - 2 027 368
3. Man - 1 593 067
4. Saz LE 60 - 1 567 160
5. Yutong (Elektrobus) - 295 837

🧮 141 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 8 580 911

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#HAFTA_DAVOMIDA

🗓 2022-yil 4-sentabrdan 11-sentabr holatiga

💠
Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan jamoat transporti xodimlarining bir guruhi taqdirlanganligi Sevimli telekanalida keng yoritildi.
💠 Avtobus haydovchisi faxriy unvon bilan taqdirlanganligi munosabati bilan Sevimli telekani bilan hamkorlikda reportaj tayyorlandi.
💠 Avtobus va elektrobuslar saloniga kirishda old eshikdan foydalanish qoidasi to`g`risida videorolik.
💠 Jamoat transportida yo`l haqi uchun to`lovni "virtual transport karta" orqali amalga oshirish bo`yicha videoqo`llanma (o`zbek va rus tillarida).
💠 Musiqa festivali o`tkazilishi munosabati bilan, 91 va 115-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati A.Navoiy ko‘chasidan A.Temur shoh ko‘chasi orqali ikki taraflama tashkil etildi.
💠 Yangi SAZ LE-60 rusumli avtobuslarning navbatdagi 10 donasi 45-sonli "Boshliq mavzesi-Food City savdo majmuasi" va 126-sonli "Toshkent quvur zavodi-Chorsu savdo markazi" avtobus yo‘nalishlariga biriktirildi.
💠 Elektron transport kartalari uchun tariflarni joriy yilning 1-avgust sanasidan 31-avgust holatiga sotilishi bo‘yicha ma`lumotlar infografika ko`rinishida tayyorlandi.
💠 Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni tog`risidagi ma`lumotlar infografika ko`rinishida tayyorlandi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Forwarded from Behzod Maxmudov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Эксперт “Шанхай руҳи” нима эканини тушунтирди

Президент ҳузуридаги стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар институти бўлим бошлиғи Баҳромжон Сотиболдиевнинг айтишича, ШҲТнинг асосий принципи – қарор қабул қилишда консенсусга қатъий риоя қилиниши.

“Шанхай руҳи” деган тушунча бор. Яъни, ташкилот Хартиясида ёзиб қўйилган асосий принципларнинг биринчиси – унинг учинчи бир давлатларга қаратилмагани, иккинчиси – ўзаро манфаатларни ҳурмат қилиш, инобатга олиш ва тенг ҳуқуқлилик принципи. Учинчиси ва энг асосийси – қарор қабул қилишда консенсус тартибига амал қилиш.

Бугун дунёнинг турли давлатларида келишмовчиликлар, қуролли тўқнашувлар юз бераётган бир пайтда қудратли мамлакатлар билан тенг ҳуқуқлилик асосида музокара ўтказиш имконияти мавжудлиги бу ташкилотнинг обрўсини ошириб, бошқа давлатларнинг унга бўлган қизиқишини кучайтирмоқда”, – деди Сотиболдиев.
«Ҳиндистон ва Покистон ШҲТга аъзо бўлгач, ташкилот ҳалокатини башорат қилишган, аммо у ўз принципларига хиёнат қилмади», – Элдор Арипов

Президент ҳузуридаги Стратегик в минтақалараро тадқиқотлар институти директори Элдор Арипов ШҲТ қадриятларига алоҳида тўхталди.

«Президент мақоласидаги «бу турли маданий-цивилизация кодлари ва миллий тараққиёт моделларига эга бўлган мамлакатларни бирлаштиришга муваффақ бўлган тузилма» деган сўзларга қўшиламан.

ШҲТ тўртта ядровий давлат, қадимий цивилизацияга эга бўлган мамлакатлар, маълум келишмовчиликлари бор, лекин энг муҳими, уларни ҳал қилишга тайёр давлатларни ўз ичига сиғдира олди. Ҳиндистон ва Покистон Ташкилотга аъзо бўлгач, ШҲТ ҳалокатини башорат қилишган, бироқ «Шанхай саккизталиги» давлатлараро ҳамкорликни, ҳатто кескин қарама-қаршиликлар шароитида ҳам қуриш мумкинлигининг намунасига айланди», – деб ёзмоқда Арипов.

Унинг айтишича, Президент томонидан ШҲТ феноменининг муваффақияти очиб берилди, бу – «ШҲТ ўзига хиёнат қилмасдан ўзгаргани» ҳақида. Яъни, 20 йилда унинг асосий тамойиллари: блокдан ташқари мақом, учинчи давлатларга қарши турмаслик, очиқлик, консенсус, ишонч, ўзаро манфаатдорлик, тенглик ва ўзаро ҳурматга ҳеч қачон тажовуз қилинмаган.

ШҲТ ҳеч қачон ҳеч қандай геосиёсий қарама-қаршиликда иштирок этмаган, ҳеч қачон ўзини блокларга қарши қўймаган, можароларда тарафлардан бири томон бўлмаган.

#SCO2022Samarkand
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SAZ_LE_60
#19_avtobus

🚌 Joriy yilning 10-sentabr kuni, "Samarqand avtomobil zavodi" MCHJda ishlab chiqarilgan "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning navbatdagi 10 donasi “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi "5-Avtobus saroyi" filialiga yetkazildi. Avtobuslarning 9 donasi 12-sentabr kunidan boshlab, 19-sonli "TTZ-Toshkent MUM" avtobus yo‘nalishiga biriktirildi.
Bugunga qadar Toshkent shahriga ushbu avtobuslardan 90 ta olib kelingan bo‘lib, endilikda ularning soni 100 taga yetdi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Ҳурматли ҳамшаҳарлар ва пойтахтимиз меҳмонлари!

🚧 14 сентябрь куни пойтахтимизда "Ипак йўли дурдонаси" XIV Тошкент халқаро кинофестивали ўтказилиши муносабати билан бир неча кўчалар ёпилади:

Чилонзор кўчаси – Новза ва Катта Чилонзор кўчалари оралиғида соат 10:00 дан 17:00 гача қисман ёпилади;

Алишер Навоий шоҳкўчаси – Лабзак ва Абай кўчалари оралиғида соат 17:00 дан 20:00 гача қисман ёпилади;

Пахтакор кўчаси – Навоий шоҳкўчаси ва “Пахтакор” стадиони оралиғида соат 14:00 дан 23:00 гача тўлиқ ёпилади;

Ҳайдовчиларга айланма йўллардан фойдаланишни тавсия қилиб, ноқулайликлар учун узр сўраймиз.

🎥 YouTube 🌏 Telegram 🌐 Web-site
Уважаемые жители и гости столицы!

🚧 14 сентября в связи с проведением XIV Ташкентского международного кинофестиваля «Жемчужина Шелкового пути» участки нескольких улиц города будут закрыты для движения автотранспорта:

улица Чиланзар — частично перекрыта с 10:00 до 17:00 на отрезке между улицами Новза и Катта Чиланзар;

проспект Алишера Навои — частично закрыт с 17:00 до 20:00 на отрезке между улицами Абая и Лабзак;

улица Пахтакор — полностью перекрыта с 14:00 до 23:00 на отрезке от проспекта Алишера Навои до стадиона «Пахтакор».

Приносим извинения за неудобства и просим водителей пользоваться объездными путями.
#rasmiy_maʼlumot

"Mercedes-Benz" rusumli avtobusda yong`in chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 14-sentabr kuni soat 9:05 da, Mirzo Ulug`bek va Do`rmon yo`li ko`chalari chorrahasidagi Buyuk Ipak yo`li yo`nalishidagi oraliq bekatida, "2-Avtobus saroyi" filialining 63-sonli "Yunusobod mebel do`koni - Qorasuv-1" yo`nalishidagi , davlat raqami 01| 018VCA, saroy raqami 88-bo‘lgan, "Mercedes-Benz" rusumli avtobusda yong`in yuzaga kelgani haqida xabar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
Mazkur avtobus 2013-yilda ishlab chiqarilgan bo`lib, tasarruf boshidan buyon 889 184 km masofa bosib o`tgan. Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, mazkur avtobusning tormoz tizimida nosozlik (самоторможение) kelib chiqqanligi sababli o`ng taraf orqa ichki g`ildirakda yong`in sodir bo`lgan. Yong`in oqibatida avtobus kuzovining orqa g`ildirak qismiga va salondagi 2 ta o`rindiqning yon qismiga zarar yetkazilgan. Hodisa oqibatida yo‘lovchilarga zarar yetmagan. Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON⚡️⚡️

🚌Toshkentda 2022-yilning 14-sentabr kuni poytaxtimizda "Ipak yo'li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o'tkazilishi munosabati bilan, Chilonzor ko'chasi Novza va Katta Chilonzor ko'chalari oralig'ida soat 10:00 dan 17:00 gacha qisman yopilishi sababli, ko'chaning ko'rsatilgan qismi orqali harakatlanuvchi avtobus yo'nalishlarining harakatiga vaqtinchalik quyidagicha o'zgartirish kiritiladi:

🔸84-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati Bunyodkor ko'chasidan Muqimiy, Chilonzor ko'chalari orqali va o'z yo'nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama;

🔸103-sonli avtobus yo'nalishining harakati Seul ko'chasidan Bunyodkor, Muqimiy, Chilonzor ko'chalari orqali va o'z yo'nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etilganligi ma'lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON⚡️⚡️

🚌Toshkentda 2022-yilning 14-sentabr kuni poytaxtimizda "Ipak yo'li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o'tkazilishi munosabati bilan Alisher Navoiy shoh ko'chasi, Labzak va Abay ko'chalari oralig'ida soat 17:00 dan 20:00 gacha qisman yopilishi sababli, ko'chaning ko'rsatilgan qismi orqali harakatlanuvchi avtobus yo'nalishlarining harakatiga vaqtinchalik quyidagicha o'zgartirish kiritiladi:

🔹28, 44, 46, 68, 89,91 va 115-sonli avtobus yo'nalishlarining harakati A.Navoiy ko'chasidan Labzak, A.Qodiriy, Abay, A.Navoiy ko'chalari orqali va o'z yo'nalishlarini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etilganligi ma'lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#SCO2022Samarkand

ШҲТ Самарқанд саммити доирасида 14 сентябрь куни Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги, Қирғизистон Республикаси Транспорт ва коммуникациялар вазирлиги, Хитой Халқ Республикаси Тараққиёт ва ислоҳотлар давлат қўмитаси ўртасида «Ўзбекистон – Қирғизистон – Хитой» темир йўли қурилиши (Қирғизистон ҳудудида) лойиҳаси бўйича ҳамкорлик тўғрисида уч томонлама битим имзоланди.

Мазкур ҳужжат билан Қирғизистон Республикаси ҳудудидаги темир йўл қурилиши лойиҳасининг техник-иқтисодий асосларини ишлаб чиқиш бўйича барча ишларни 2023 йилнинг биринчи ярим йиллигида якунлаш белгиланган.

Шунингдек, лойиҳанинг техник-иқтисодий асосини ишлаб чиқишда томонларнинг иштироки, молиялаштириш ва харажатларни тақсимлашига аниқлик киритилган.


Батафсил

Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🚫 Қонунчиликка кўра, автобусда қуйидагилар тақиқланади:

▫️йўловчиларнинг маст ҳолда юриши;
▫️алкоголь ва тамаки маҳсулотларини истеъмол қилиш;
▫️ҳайдовчи (кондуктор)нинг рухсатисиз ойналарни очиш;
▫️ойнадан ташқарига осилиш;
▫️тез ёнувчан, портловчи, заҳарловчи, заҳарли, қўланса, радиоактив моддалар ва ашёларни, ғилофсиз ўқ отар қурол, тиғли ва кескир ашёларни олиб юриш;
▫️ўлчами 100 см х 50 см х 30 сантиметрдан катта ёки битта ўрин учун оғирлиги 60 килограммдан ортиқ буюмларни, шунингдек узунлиги 200 сантиметрдан ортиқ бўлган буюмларни олиб юриш;
▫️салонни ёки йўловчиларнинг кийимларини ифлос қилувчи буюмлар ва ашёларни олиб юриш;
▫️тумшуқбоғсиз итлар ва бошқа ҳайвонларни олиб юриш.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисида иштирок этиш учун Самарқанд шаҳрига келди.

Президент Республики Таджикистан Эмомали Рахмон прибыл в город Самарканд для участия в заседании Совета глав государств-членов Шанхайской организации сотрудничества.

#sammit #ShHT #Tojikiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter