Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.1K subscribers
3.53K photos
1.14K videos
8 files
2.58K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
#rasmiy_maʼlumot

Validator ishlamay qolganligi yuzasidan RASMIY MA`LUMOT!

Joriy yilning 15-fevral kuni facebook ijtimoiy tarmog`ida 13T-sonli avtobusning sanitar holati va orqa eshigidagi validator ishlamayotgani haqida tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarini ma`lum qiladi:
Ushbu holat "1- Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, saroy raqami 151-bo`lgan "SAZ LE 60" rusumli, 13T-sonli "Suvsoz mavzesi-Toshkent vokzali" avtobus yo`nalishida kuzatilgan bo`lib, mas`ul xodimlar tomonidan tezkor tekshiruv o`tkazilganda validator simi uzilganligi tufayli vaqtinchalik ishlamay qolib o`chiq holatda bo`lganligi aniqlandi. "1-Avtobus saroyi" filiali mas`ul xodimlari tomonidan kechki texnik ko`rik jarayonida ushbu nosozlik tezkorlik bilan bartaraf etilib hozirda 13T-sonli "Suvsoz mavzesi-Toshkent vokzali" yo`nalishida harakatlanuvchi mazkur avtobusning orqa qismidagi validatorlar soz holatda ishlayotganligini va yo`lovchilar elektron to`lovni amalga oshirishlari mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ta'kidlash kerakki, "Toshshahartransxizmat" AJ avtobus saroyi filiallarida belgilangan tartibga asosan, barcha avtobuslar yo'nalishdan qaytganidan so`ng ularning sanitar va texnik holatlari tekshirilib, har kuni yuvib-tozalash ishlari olib boriladi. Xabaringiz bor, joriy yilning 13-fevral kunidan boshlab yurtimizda tinimsiz yomg`ir yog`ishi oqibatida, yo`nalishda harakatlanayotgan avtobuslarda yomg`ir dog`lari paydo bo`lmoqda. Ushbu noqulay ob-havo sharoitidan kelib chiqib, yo'lovchilardan vaziyatni to`gri baholashlarini so'raymiz.

📌Aziz yo'lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda "Toshshahartransxizmat" AJ ning qisqa raqamli 1062 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o'tamiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

❗️Joriy yilining 3-mart kuni, Xitoyning Yutong kompaniyasi 800 ta, yaʼni 500 ta tabiiy gazda, 300 ta elektrda harakatlanadigan avtobusni O‘zbekistonga yetkazib berganligi haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma'lum qiladi:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-59-son qaroriga asosan, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 dona 18 metrli va 500 dona 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 dona 12 metrli elektrobuslar xarid qilish belgilangan.

Hozirda Xitoyning "Yutong Bus Co Ltd" kompaniyasi va "Toshshahartransxizmat" AJ o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, Xitoyning"Yutong Bus Co Ltd" kompaniyasi tomonidan, 2023-yilning mart-may oylarida 12 metrli 500 dona "Yutong" rusumli avtobuslarni va 12 metrli 300 dona "Yutong" rusumli elektrobuslar ishlab chiqarish ishlari boshlangan bo'lib, joriy yilning mart oyi yakuniga qadar ushbu avtobuslarning 1-partiyasi, ya'ni, 110 dona avtobus va 150 dona elektrobuslar O'zbekistonga yetkazib berilishi kutilayotganligini ma'lum qilamiz.

❗️Shu o'rinda barcha milliy ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlardan tasdiqlanmagan ma'lumotlarni tarqatmasliklarini va har qanday xabar, yangiliklarni davlat korxonalarining, shu jumladan, "Toshshahartransxizmat" AJning mutasaddi xodimlari yoki axborot xizmati orqali taqdim etilgan, asoslangan ma'lumotlarni e'lon qilishlarini so'raymiz.
#rasmiy_maʼlumot

Avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi yo‘lning qatnov qismiga tushganligi yuzasidan RASMIY MA'LUMOT !

Joriy yilning 1-may kuni, 24-sonli "King Long" rusumli avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi yo‘lning qatnov qismiga tushganligi aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarini ma'lum qiladi:
Mazkur holat soat 9:00 da "2- Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01 850 LKA, saroy raqami 533-bo`lgan "King Long" rusumli, 24-sonli "Yunusobod-6” - “TTZ ASHB" yo'nalishda harakatlanayotgan avtobus (haydovchisi T.N, 1964-yilda tug'ilgan, 37 yil ish stajiga ega) Yunusobod tumanida joylashgan "Billur" to'yxonasining ro'parasida avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘lakda harakatlanib ketayotgan vaqtda, yo‘lning qatnov qismiga shakl bo‘lib o‘sgan katta diametri taxminan 50-60 sm bo‘lgan daraxt avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasiga tegishi natijasida mazkur himoya qoplamasini qo‘porib yuborgan. Hodisa natijasida avtobusning tom qismi texnik shikastlanib, gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplama shikastlangan. Holat natijasida tan jarohati olganlar mavjud emas. Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasiga murojaat qilinib, kamchiliklar bartaraf etilganligini ma'lum qilamiz.

📌Aziz yo`lovchilar! Avtobuslar faoliyati yuzasidan taklif va murojaatlaringiz bo`lsa, "Toshshahartransxizmat" AJ ning qisqa raqamli 1062 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingizni so`raymiz.

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
#rasmiy_maʼlumot

Avtobuslar yo’lning qarama-qarshi yo’nalishida harakatlangani yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 4-may kuni soat 17:30 larda, yo’lovchi tashish bilan shug’ullanuvchi avtobuslar yo’lning qarama-qarshi yo’nalishi tomon harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqga joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma`lum qiladi:
Yangihayot tumani, 3- va 4-metro bekati oralig’ida yo’l qurilish ishlari olib borilayotganligi sababli, Yo’l harakati xavfsizligi inspektorlari tomonidan yo’lovchi tashish bilan shug’ullanuvchi jamoat transporti avtobus yo’nalishlariga bir taraflama yo’l bo’lagidan harakatlanishga ruxsat etilganligini hamda ushbu harakat yo’l harakati xavfsizligi inspektorlarining nazorati ostida tashkil etilganligini ma’lum qilamiz.


❗️Hurmatli haydovchilar! Siz transport vositasini boshqarayotgan vaqtingiz nafaqat o‘zingizning balki, yo‘lovchilarning ham hayotiga javobgar ekanligingizni unutmang.Yo’l harakati qoidalariga rioya qilgan holda harakatlaning!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#HAFTA_DAVOMIDA

🗓 2023-yil 1-maydan 7-may holatiga

💠
Avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi yo‘lning qatnov qismiga tushganligi yuzasidan RASMIY MA'LUMOT !
💠Elektrobuslarni quvvatlovchi stantsiyalar yetishmayotganligi haqida tanqidiy post yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!
💠Yangi avtobusni boshqarishda yo'l qo'yilgan kamchilik yuzasidan RASMIY MUNOSABAT!
💠Elektrobuslarni quvvatlash jarayonlarini to‘g‘risida videolavha.
💠“Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Djurayev Toshkentda avtobus tomidagi qoplama nega qoʻporilgani haqida - OAV BIZ HAQIMIZDA
💠Toshkent telekanali, "Gap chiqdi" tok-shousi | Jamoat transporti: Tirbandlik yechimi!
💠Shahar yo'lovchilar transportidan bepul foydalanishi uchun ayrim toifadagi fuqarolarga imtiyozli transport kartalarini berish tartibi joriy etildi.
💠Sevimli telekanali, "Zamon" informatsion dasturi |Yangi avtobusning tom qismi nega ajralib tushdi?
💠Sevimli telekanali, "Zamon" informatsion dasturi |Jamoat transporti avtobuslar uchun ajratilgan yo'laklarda va avtobus bekatlari atrofida reyd tadbirlari o'tkazilmoqda
💠28-sonli avtobus yo'nalishi haydovchi va yo'lovchilarining fikri
💠MY5 telekanali, "Markaziy studiya" dasturi | Transport karta orqali to’lov qilganlarga chegirma beriladi
💠“Yangi O’zbekiston” nashri | Jamoat transporti tariflari o’zgaradi
💠Avtobuslar yo’lning qarama-qarshi yo’nalishida harakatlangani yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!
💠Poytaxt bo'ylab harakatlanuvchi 14 ta avtobus yoʻnalishlarida xizmat ko'rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida tashkil etilmoqda
💠Xabardor.uz | Jamoat transportida narxlar oshadi, lekin yo'lovchilarga ham qulayliklar bor - OAV BIZ HAQIMIZDA
💠Yangi joriy etilayotgan tarif rejasi haqida.
💠Yangi joriy etilayotgan tarif rejasi yuzasidan ijtimoiy so’rovnoma
tashkil etildi.
💠Kechki tig’iz vaqtda avtobusda harakatlanishda qulayliklar haqida yo’lovchilar fikri.
💠Kun.uz axborot nashrida e'lon qilingan maqola yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT !
💠Saz Le-60 rusumli avtobus ishtirokida sodir bo’lgan yo’l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Saz Le-60" rusumli avtobusda tutun chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 14-may kuni, 17:15 larda, 70-sonli avtobusda tutun hosil bo`lgani va harakatni davom ettirayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqga joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
2023-yil 14-may kuni , "7-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "SAZ LE-60" rusumli, saroy raqami 008 bo'lgan, 70-sonli-"M. Yusuf ASHB - Chilonzor 20-daxa" avtobus yo'nalishi haydovchisi T.N soat 06:18 da ishga chiqib, jadval asosida 11 ta qatnovni bajargan. 2023-yil 14-may kuni soat 17:15 larda haydovchi T.N 70-sonli avtobusda Muhammad Yusuf ko'chasidan harakatlanib borayotgan vaqtda, avtobusning turbonaduv qismidagi tirsakli vali sinishi oqibatida moy haydab glushitelda qora tutun hosil bo'lgan. Avtobus haydovchisi ushbu holatni ko'ra turib, avtobusni to'xtatish va yo'lovchilarni tushurish o'rniga harakatni davom ettirgan. Hodisa oqibatida yo‘lovchilarga zarar yetmagan.

O'z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, yo'lovchilar hayotini xavf ostida qoldirgani uchun, mazkur avtobus haydovchisi T.N bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma'lum qilamiz.

Hozirda “7
-Avtobus saroyi” filialining texnik xodimlar tomonidan avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilmoqda. Tez kunlarda ushbu avtobus yo’nalishda xizmat ko’rsatishni davom ettirishini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Saz Le-60" rusumli avtobusda tutun chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 19-may kuni, 08:01 da, 190-sonli avtobusda tutun hosil bo`lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqga joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
2023-yil 19-may kuni , "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "SAZ LE-60" rusumli, saroy raqami 065-bo'lgan, 190-sonli-"Yangibozor qo‘rg‘oni - Yangi O‘zbekiston bog‘i" avtobus yo'nalishi haydovchisi Mahtumquli ko'chasidan harakatlanib borayotgan vaqtda, avtobusning kollektor, turbonaduv qismidagi nosozlik sababli qora tutun qoplami chiqqan. Avtobus haydovchisi ushbu holatni ko'rib, avtobusni zudlik bilan “Toshavtota’mirxizmat” UKning ikkinchi filialiga olib borgan. “5-Avtobus saroyi” filialining texnik xodimlar tomonidan avtobusning texnik nosozligi tezkor bartaraf etilib, shu kunning o'zida qayta yo’nalishda xizmat ko’rsatish uchun chiqarilganligini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Mercedes-Benz" rusumli avtobusda yong'in sodir bo'lganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 21-may kuni soat 16:43 da, "2-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|158 HCA bo‘lgan, "Mercedes-Benz" rusumli, 96-sonli avtobusda yong'in hosil bo'lgani haqida xabar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu avtobus 2012-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 882 589 km masofani bosib o‘tgan. Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, avtobus haydovchisi B.Z (1990-yilda tug`ilgan), 96-sonli yo'nalishda Yashnobod tumani, "Ashxobod" istirohat bog'i chorraxasidan harakatlanib borayotgan vaqtda, avtobusning elektr simlarida qisqa tutashuv yuzaga kelib, elektr simlarining yonishi sodir bo'lgan. Ushbu holatni haydovchi birlamchi yong'in o'chirish vositasi (огнетушитель) yordamida zudlik bilan bartaraf etishga harakat qilgan, ammo yong'in kuchayganligi sababli, o'chirish imkoni bo'lmagan. Avtobus to'liq yonib ketgan.

Yong'in qutqaruv bo'linmalari voqea joyiga soat 16:45 da yetib borib, soat 16:50 da yong'in bartaraf etilgan.Hodisa natijasida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo'q. Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Yutong" rusumli elektrobus va "Cobalt" rusumli yengil avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

🔹Joriy yilning 6-iyun kuni soat 15:20 larda, Mirzo Ulug'bek tumanidagi “Do‘rmon yo‘li” va “G‘azalkent”ko‘chalari kesishmasi oldida 89-sonli “Qorasuv1-dahasi - Chorsu ASHB” yo‘nalishda harakatlanayotgan, “Yutong” rusumli, davlat raqami 01|365 NKA bo‘lgan elektrobus (haydovchi 31.01.1958 y.t., Lomanov Sergey Alekseyevich) Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan harakatlanib kelib, G‘azalkent ko‘chasiga chorrahadan chapga burilayotgan vaqtda, “Do‘rmon yo‘li” ko‘chasi bo‘ylab Tohir Malik ko‘chasi kesishmasi tomonga harakatlangan “Cobalt” rusumli, davlat raqami 01|L 126 OB bo‘lgan avtomobil (haydovchisi 2003 y.t. Yakubov Fazliddin Shodmon o‘g‘li) svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga harakatlanib kelib elektrobusning old yon qismiga to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, mazkur yo'l-transport hodisasi oqibatida "Cobalt" rusmli yengil avtomobil haydovchisi (2003-y.t. Yakubov Fazliddin Shodmon o‘g‘li) voqea joyida vafot etgan hamda yonida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez yordam mashinasida yuborilgan.

🔹Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site