Trading darsliklari UZ
17 subscribers
67 photos
56 videos
49 files
25 links
Trading strategiyalar va darsliklar 📚

Billimdan o'zga najot yo'q 🧠
Download Telegram
❗️❗️AQShda 1 milliondan ortiq odam ishsiz qoldi❗️❗️

Gap shundaki 2025-yil boshidan beri AQShda 1,09 milliondan ortiq ish o‘rni qisqartirildi. Bu so‘nggi 20 yildagi rekord! 2003-yildan buyon bunday holat kuzatilmagan edi.

Xo'sh, bunga nimalar sabab bo'ldi. Keling buni birgalik korib chiqamiz.

1️⃣ Sun’iy intellekt - AI ofislar, marketing va tahlil sohalarini egallamoqda. Ilgari odamlar bajargan ishlarni endi modellar bajarmoqda.
2️⃣ Federal zaxiraning yuqori stavkalari - kreditlar qimmat, biznesga qiyin, shuning uchun ular xarajatlarni qisqartirmoqda.
3️⃣ Inqiroz qo‘rquvi - kompaniyalar ehtimoliy pasayishga tayyorlanmoqda va yangi xodimlar yollashni to‘xtatmoqda.
4️⃣ Optimallashtirish - pandemiyadan so‘ng ko‘pchilik tuzilmalarini qayta tashkil etmoqda, takroriy lavozimlarni tugatmoqda, masofaviy ish va autsorsingga o‘tmoqda.


Ushbu xolatda eng ko‘p zarar ko‘rganlarga kelsak bular:

Texnologiya kompaniyalari - 260 000 dan ortiq qisqartirishlar (Google, Amazon, Meta va boshqalar).
Moliya va sug‘urta.
Ishlab chiqarish, ommaviy axborot vositalari va logistika.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, agar FZT(ФРС) stavkalarni pasaytirsa - mehnat bozori biroz jonlanishi mumkin. Biroq avtomatlashtirish va AI allaqachon o‘yin qoidalarini butunlay o‘zgartirayotganiga guvox bolmoqdamiz.

Nodirxo'ja Mannonov - Uranus markazi eksperti

Shuning uchun tradingni zo'r o'rganila
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ancha yaxshi stream bo'ldi !

Ko'pchilikdan ko'p tavsiya bilim ulashildi !
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bitta strategiyani ko'rilarchi ko'p ishlataman ozim !

Eslab qoling shunchaki organgan odamda ishlamaydi qunt qiling siz foida qilasiz !
1 * 3 =?
Anonymous Quiz
11%
1
89%
3
0%
0
🥇 GOLD - 8% 🪫
📈 Diqqat!
Agar men joylagan barcha darsliklarni diqqat bilan ko‘rib chiqsangiz va eng muhimi, amalda qo‘llasangiz, ishonch bilan aytaman — tradingda daromad qilish imkoniyatingiz bo‘ladi. 💪

📌 Bu yerda faqat nazariya emas, real yondashuv va tajribaga asoslangan bilimlar beriladi. Faol bo‘ling, o‘rganing va harakat qiling — natija albatta keladi. 🚀
To‘g‘ri trade ham zarar bilan yopilishi mumkin

⚡️ Ko‘pchilik yangi treyderlar shunday o‘ylaydi:

“Agar bitim zararda yopilsa, demak xato qilganman.”

⚡️ Professional treyder bo'lsa, boshqacha fikrlaydi:

“Agar qoidaga mos bo‘lsa - demak, bu to‘g‘ri trade.”

Bozor hech kimga kafolat bermaydi.
Hattо eng kuchli setup ham ba’zan stop oladi.


Misol sizda aniq trend, kuchli daraja va ideal entry bor. Siz bitim ochdingiz va bitimingiz stop oldi.

⚡️ Shu paytda yangi treyderda:
▪️ o‘ziga ishonchi tushadi
▪️ keyingi trade da qoidani buzadi


⚡️ Professional treyder esa:
▪️ jurnalga yozadi
▪️ “bu statistik loss” deydi
▪️ keyingi trade ni xotirjam kutadi


Xulosa: yaxshi trade - foyda bergani emas, qoidaga mos bo‘lganidir.


Axmadjonov Doniyor
☄️Биткоин нархи қулади- 69 000 $.😨

5-6 ой аввал 130 000 $ эди.
isc1.0 uz.pdf
355.4 MB
Mix qilingan strategialar
👇
⭐️MSNR
⭐️ICT
⭐️SMC
⭐️LIT


99$ dan sotilgan kitob siz uchun tekin

Tabrikleman siz (🔥) olovcha evaziga 99$ pulingizni tejab qoldingiz😎
🔥2👍1
AI (suniy intellekt) bilan trade qilishni bilasilarmi?

Ha👍
Yo'q🤣
Dars bo'lsa tashen🔥
🔥1🤣1
📊 Бозорлар “музлаган” ҳолатда - ҳаракат деярли йўқ

Кечагидан буён молиявий бозорларда сезиларли ҳаракат кузатилмаяпти. Скриншотда ҳам кўриниб турибди - асосий валюта жуфтликлари ва индекслар амалда жойида турибди.

💱 Қисқача рақамларга эътибор қаратамиз:
⚡️ EUR/USD - тахминан +0.1%
⚡️ GBP/USD - тахминан +0.1%
⚡️ USD/JPY - деярли ҳаракатсиз
⚡️ USD/CAD - минимал ўзгариш
⚡️ USD/CHF - нисбатан фаолроқ, тахминан 0.3–0.4% атрофида
⚡️ AUD/USD - 0.2% атрофида
⚡️ NZD/USD - 0.4% га яқин ҳаракат
💸 DXY (Доллар индекси) - амалда жойида
🥇 XAUUSD (Олтин) - деярли ҳаракатсиз

🧐 Нега бундай бўлди?
Бозор ҳозирча аниқ йўналишни танламаган. Волатиллик паст, импульс йўқ, катта иштирокчилар эҳтимол кутув режимида.

⏺️Бундай ҳолат одатда муҳим макроиқтисодий янгиликлар олдидан, бозор йирик ҳаракатга тайёрланаётган пайтда ёки объем йиғилаётганда кузатилади.
⏺️Паст волатиллик кўпчилик трейдерларни чалғитади. Чунки ложный пробойлар кўпайиши мумкин, импульссиз ҳаракатлар кўп бўлади ва интрадей стратегиялар самарасиз ишлаши эҳтимоли ортади.

📉 Айниқса скальпер ва қисқа муддатли трейдерлар учун бу давр осон эмас. Бозор ҳаракат қилмаганда фойда эмас, балки комиссия ва ортиқча киришлар кўпайиши мумкин.

📊 Ҳозирги шароитда энг тўғри ёндашув бу сабр қилиш, савдо ҳажмини қисқартириш, фақат аниқ сигнал ва структура бўлганда савдога кириш ва кутув режимини тўғри қабул қилиш.

Бозор ҳар доим ҳаракат қилади. Лекин ҳаракат бўлмаётган пайтда мажбурий савдо қилиш - профессионал ёндашув эмас.

📈 📉 Ҳозирча вазият - нейтрал. Йўналиш танланмаган. Куч йиғиляпти. Шундай пайтларда энг катта устунлик - ҳаракат қилиш эмас, балки кутишни билишдир!

Расмдаги барча Time Frame - Daily
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 Lingo Lift – so‘zlarni o‘rganish endi oson!

Lingo Lift — so‘zlarni tez va qiziqarli o‘rganishga yordam beradigan ilova. Unda turli o‘yinlar, testlar va flashcardlar orqali so‘zlarni eslab qolish ancha oson.

Ilovada siz:
🎮 O‘yinlar orqali so‘zlarni yodlaysiz
🧠 Testlar bilan bilimni tekshirasiz
🃏 Flashcardlar bilan mashq qilasiz
📶 Internet bo‘lmasa ham foydalanishingiz mumkin

📥 Ilovani yuklab olish:
https://play.google.com/store/apps/details?id=dev.mrbehruz.vocab_vault
📊 Tradingda haqiqat qanday?

📚 Teoriya – taxminan 10–20%
🛠 Praktika – taxminan 30–40%
Xatolar va ulardan o‘rganish – taxminan 40–50%

Ko‘pchilik 100 ta dars ko‘radi, lekin baribir yaxshi trader bo‘lolmaydi.

Sababi oddiy:
❗️ Bilim ko‘p, lekin amaliyot kam.

🎯 Tradingda muvaffaqiyat uchun 100 ta strategiya bilish shart emas.
Bitta strategiyani tanlab, uni chuqur o‘rganib, amalda ko‘p ishlatish yetarli.

💡 Kamroq o‘rgan, ko‘proq mashq qil.
Shunda natija keladi.
Trading darsliklari UZ
Photo
📈 Tradingdagi Eng Katta Sir
Ko‘pchilik odamlar tradingda muvaffaqiyatsizlikka uchraganda strategiyani ayblaydi.
Lekin aslida muammo ko‘pincha strategiyada emas.
Rasmga qarang:
1️⃣ Trading plansiz odam
Bu odam yer ostida tasodifan qaziyapti.
U qayerda oltin borligini bilmaydi.
Bugun indikator almashtiradi, ertaga boshqa strategiya sinaydi, keyin signal guruhiga qo‘shiladi.
Natija?
Vaqt ketadi
Pul ketadi
Ishonch yo‘qoladi
2️⃣ Trading plani bor, lekin mindset yo‘q
Bu eng xavfli holat.
Bu odamning strategiyasi bor.
U qayerga kirishni biladi.
SL qayerdaligini biladi.
TP qayerdaligini ham biladi.
Lekin...
Zarar ko‘rsa qo‘rqadi.
Foyda chiqsa erta yopadi.
SL ni joyidan olib tashlaydi.
Revenge trade qiladi.
Sabr qilolmaydi.
Natijada u oltinga juda yaqin keladi, lekin to‘xtab qoladi.
Strategiya ishlaydi. Lekin psixologiya ishlamaydi.
Shuning uchun rasmda u "I'm a loser" deb turibdi.
Aslida u yutqazuvchi emas.
U faqat mindsetni rivojlantirmagan.
3️⃣ Trading plan + mindset + action
Eng yuqoridagi ekskavatorga qarang.
Uning 3 ta kuchli quroli bor:
Trading Plan
Trading Mindset
Action
Shuning uchun u yer ostida qo‘lda qazimaydi.
U tizimli ishlaydi.
Har kuni bir xil qoidalarga amal qiladi.
Bir treyd zarar bilan yopildimi?
Muammo emas.
Chunki u bitta treydga emas, yuzlab treydlarga qaraydi.
Natijada u "Unlimited Potential" — cheksiz imkoniyatlar tomon harakat qiladi.
💡 Men olgan dars
Tradingda odamlarni bozor emas, o‘z hissiyotlari mag‘lub qiladi.
Strategiya sizni bozorga kiritadi.
Mindset esa sizni foydagacha olib boradi.
Agar sizda yaxshi strategiya bo‘lsa, lekin:
qo‘rqib foydani erta yopayotgan bo‘lsangiz,
SL ga yetmasdan bitimdan chiqayotgan bo‘lsangiz,
rejani buzayotgan bo‘lsangiz,
demak muammo strategiyada emas.
Muammo mindsetda.
🎯 Tradingdagi haqiqiy mahorat — grafikni o‘qish emas, o‘zingizni boshqarishdir.
Forwarded from Best Applications 💎
WhyPlayChess_EN_UZ.pdf
21 KB
🇺🇿 UZ:
Shaxmat o'ynashingiz uchun 6 ta aql bovar qilmas sabablar

🇬🇧 EN:
6 Mind-Blowing Reasons Why You Should Play Chess
Best Applications 💎
WhyPlayChess_EN_UZ.pdf
Shaxmat o'ynaydigan odam tradingda deyarli qiynalmaydi. Bu PDFda shaxmatning foydalarini aytib o'tdik. Faqat texnik bilimlar emas, balki soft skills uchun ham shaxmat — tradingda g'alaba qozonishga yordam beradi.