📚Toshloq AKM 📖 📚
140 subscribers
16.9K photos
1.46K videos
19 files
1.99K links
📕Farg'ona viloyati Toshloq tumani "Axborot-kutubxona markazi"📔

Rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimiz ⤵️⤵️⤵️

Instagram.com/toshloq_akm

Facebook.com/Toshloq_AKM

http://youtube.com/@toshloqakm-2019

Twitter.com/toshloq_takm
Download Telegram
#kitobxonlik_haftaligi_2025
#beshinchi_kun

TOSHLOQ TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA “DAVLAT XIZMATCHISI – KUTUBXONADA BIR KUN” LOYIHASI AMALGA OSHIRILDI.

Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash hamda davlat xizmatchilari faoliyatini keng jamoatchilikka yaqinlashtirish maqsadida Toshloq tuman axborot-kutubxona markazida “Davlat xizmatchisi – kutubxonada bir kun” loyihasi amalga oshirildi.

Ushbu tashabbus doirasida tumandagi turli davlat tashkilotlarida faoliyat yurituvchi davlat xizmatchilari tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, u yerdagi faoliyat bilan yaqindan tanishdilar. Kun davomida ular kitobxonlar bilan muloqot qilib, o‘zlarining xizmat sohalari bo‘yicha maslahatlar berdilar, kitob o‘qish, bilim va tafakkurni boyitish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Davlat xizmatchilari kutubxona muhitining ahamiyati, ayniqsa yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr bildirib, kutubxonadagi kitob fondidan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflarini ham ilgari surdilar.

Loyiha doirasida o‘tkazilgan tadbirlar orqali aholi va davlat xizmatchilari o‘rtasida yaqin aloqalar mustahkamlandi. Bu esa nafaqat kitobga muhabbatni oshirish, balki davlat xizmatchilari faoliyatining ochiq va shaffofligini ta’minlashda ham muhim qadam bo‘ldi.
Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot -kutubxona markazida Pensiya jamg‘armasi Fargʻona viloyati boshqarmasi rahbariyati tomonidan "Yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy" uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Pensiya jamg‘armasi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Z.Akramov ishtirok etib, barcha ishtirokchi yoshlarni bugungi mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritdi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatidan kelib chiqib, Pensiya jamg‘armasi tomonidan ham yoshlar bilan ishlashda samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda yoshlarga katta ishonch bildirilgan holda ularning taklif-mulohazalari ham tinglanib, kelgusida amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuv so‘ngida Pensiya jamg‘armasi xodimlari uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kutubxona_OAV_nigohida
#kitobxonlik_haftaligi

⭐️Anons
26.04.2025

Kitobxonlik haftaligi, kitobsevar farg‘onaliklar, dunyoning sakkizinchi moʻjizasi.
Hayotning yorqin sahifalari, ziyo maskanidagi qaynoq jarayon.
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining jonkuyar xodimlari bilan muloqot.
O‘tkazib yubormang!

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM