Forwarded from Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
#kitobxonlik_haftaligi
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida zamonaviy Rishton kulollik maktabining yirik vakili, O‘zbekiston BA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Yusupov Sharofiddin Isomiddinovich tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan axborot daqiqasi va kitob-rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobxonlar uchun Sharofiddin Yusupov hayoti va ijodiga oid videorolik namoyish etildi hamda axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan kitob-rasmli ko‘rgazmasi sharhlab berildi.

#kitobxonlik_haftaligi_2025
#beshinchi_kun
TOSHLOQ TUMANI HOKIMINING KITOB TAVSIYASI
Har bir yurt ravnaqi, avvalo, uning el-yurt ongi, tafakkuri va bilimga bo‘lgan intilishida namoyon bo‘ladi. Rivojlanish sari intilayotgan mamlakatimizda zamonaviy fikrlash, to‘g‘ri islohot va oqilona rahbarlikning ahamiyati beqiyosdir.
Shu ma’noda, Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev yoshlar, rahbarlar va keng jamoatchilikni dunyoning yetuk siyosiy arboblaridan biri — Singapurning asoschisi Li Kuan Yuning “Uchinchi dunyodan Birinchi dunyoga: Singapur tarixi 1965–2000” nomli asarini mutolaa qilishga da’vat etadi.
Bu kitobda Li Kuan Yu Singapur kabi kichik, tabiiy boyliklarga muhtoj bir davlatni qanday qilib dunyodagi eng taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan joy olgan zamonaviy davlatga aylantirgani haqida hayotiy misollar, o‘tkir tahlillar va amaliy tajribalar asosida so‘z yuritadi.
Asar nafaqat davlat boshqaruvi, balki shaxsiy rivojlanish, intizom, oqilona qaror qabul qilish kabi ko‘plab sohalarda ibrat bo‘ladi.

Forwarded from O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg'ona viloyat Kengashi | Rasmiy kanal
"Zakovat" bahsi kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag‘ishlandi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi hamda Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi hamkorligida yosh kutubxonachilar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Dastavval ishtirokchilarga bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi nishonlanishi munosabati bilan kasaba uyushmalari tarixi va bosib o‘tgan shonli yo‘li haqida maʼlumot berildi.
Kutubxonachilar bilim maydonida kuch sinashar ekan, intellektual o‘yin qizg‘in muhitda davom etib nafaqat javoblar, balki tezkor fikr, jamoaviy hamjihatlik va zukkolik sinovdan o‘tkazildi.
Savollar sermazmun, raqobat shiddatli, ammo ishtirokchilarning bilimga bo‘lgan chanqoqligi bundan-da kuchli edi!
Har bir jamoa zafar uchun astoydil kurash olib bordi.Yakunda g‘olib va faol jamoalar munosib taqdirlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Facebook | Telegram | Sayt