Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.22K subscribers
46.3K photos
16.2K videos
384 files
28.3K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SЕMINAR
🔰Umumta’lim maktabi direktorlari uchun seminarlar tashkil etilmoqda

🗓 Joriy yilning 3-4-may kunlari "Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi o‘quv-seminarining ikkinchi bosqichi tashkil etildi.

🌀 Ushbu seminarda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Mudiri Akrom Alisherovich, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘limi rahbari Saida Tashmatova, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti professorlari, Mufofaa va Milliy gvardiya bo‘limlari mas’ul xodimlari hamda umumta’lim maktablari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, amaliyotchi psixologlar ishtirok etdilar.

🔰 Seminarda ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari, o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga doir ma’ruzalar tinglandi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#SЕMINAR
🔴"Barcha bolalar muvaffaqiyatli"

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Barcha bolalar muvaffaqiyatli" loyihasida BBM tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Boshlang‘ich ta’limda standartlashtirilgan baholash tizimini yo‘lga qo‘yish,eng yahshi amaliyotlar va namunalarni kiritish,o‘qish savodxonligi va matematika uchun Butunjahon malaka talablari bilan hamkorlikda faoliyat olib borish taklifi kiritildi.

➡️Seminarning asosiy maqsadi : Standartlashtirilgan baholash tizimini turli ma’muriyat va test topshoruvchilar o‘rtasida izchil bo‘lib,natijalarning adolatliligi va taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun ishlab chiqarilishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SЕMINAR
🔴UMUMTA’LIM MAKTABI DIRЕKTOR O‘RINBOSARLARI UCHUN O‘QUV SЕMINARLARI TASHKIL ETILDI
Bekobod shahar


🔰Davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining majlisi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 17-apreldagi 122-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Bekobod shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Bekobod shahar bo‘limi hamkorlikda umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida 2024-yil 3-4-may kunlari 16-sonli umumiyta’lim maktabida o‘quv-seminari tashkil etildi.

📌Seminar davomida "Barkamol avlod" bolalar maktabining ko‘rgazma va raqs chiqishlari hamda "Turon" maktab teatri ko‘rik tanlovi g‘oliblari tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar Bekobod shahar hokimi, Ta’lim va jamoatchilik Kengashi raisi tomonidan sertifikat bilan taqdirlandilar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SЕMINAR
🔴Umumta’lim maktabi direktorlari uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi
📆2-kun
📍Zangiota tumani

➡️Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun "Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimdagi muammolar va ularni bartaraf etish istiqbol rejalari" mavzusidagi ikki kunlik seminar yakunlandi.

➡️O‘quv-seminari davomida ishtirokchilar mavzuga oid muhim masalalar, o‘quvchi yoshlarni milliy urf-odatlar ruhida tarbiyalash, umumtalim maktablarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida o‘zaro o‘rtoqlashdilar. Umumta’lim maktablarining amaliyotchi psixologlari tomonidan turli qiziqarli metodikalar haqida o‘zaro tajriba almashildi. O‘quv-seminari yakunida seminarda faol ishtirok etgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tuman hokimining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴#SЕMINAR
🔰Maktab psixologlari uchun seminar tashkil etildi

➡️Bugun O‘ta tezkor, informatsion kurashlar davrida yosh avlodni turli axborot tajovuzlaridan saqlash muhim va dolzarb masaladir. Bu borada oila, ota-onalar bilan bir vaqtda umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan psixologlarning ham alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, 12-15 yoshli o‘spirinlarning xarakterlaridagi o‘zgarishlarni tez ilg‘ash, ulardagi tushkunlik, tajovuzkorlik kabi psixologik holatlarni anglab o‘z vaqtida chora ko‘rish maktab psixologining asosiy vazifasi hisoblanadi.

➡️Ayni jarayonlarda mutaxassislarimiz qanday ishlarni olib borishi va boshqa bir qator masalalar doirasida joriy yilning 10-may kuni Bekobod va Piskent tumanlari umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan psixologlar uchun o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.

➡️Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan o‘tkazilgan mazkur seminarda,
“O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini
olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar”;
"Umumta’lim muassasalarida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish";
”Addiktiv xulq-atvor profilaktikasi (zararli odatlarga qaramlik)” mavzulari xususida nazariy ma’lumot hamda amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

➡️Вu kabi o‘quv amaliy seminarlarga viloyatda barcha umumta’lim maktablar psixologlari qamrab olinishi rejalashtirilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢#SЕMINAR
🔰Inklyuziv ta’lim


➡️Ma’ulmki, 2021-yil 12-oktyabrda Hukumatimiz tomonidan O‘zbekistonda alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlarni tasdiqlagan edi. Unga ko‘ra, umumta’lim maktablarida alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish tartiblari belgilangan edi.

➡️Ayni hujjat doirasida bugungi kunda joylarda sinflar tashkil etilib, alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar o‘qitilmoqda.

➡️Joriy yilning 10-may kuni Qibray tumanidagi 39-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish va ta’lim samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan tumandagi inklyuziv sinflarda faoliyat olib borayotgan boshlangich sinf o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

📸Jarayonlardan fotolavhalar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SЕMINAR
🌈“Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini sifatli tashkil etish”


💠Joriy yil maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini sifatli tashkil etish” borasida samaraliy ishlar amalga oshirilmoqda. Mavsum avvalida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Elyor Akbarov topshirig‘i bilan boshqarma mutaxassisi Marhabo Dadamatova ishtirokida hududlarda seminarlar tashkil etildi.

💠Seminarlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari, uslubchi va tarbiyachilari ishtirok etdi. “Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini sifatli tashkil etish” mavzusida o‘tkazilgan seminarning amaliy qismida 1-iyundan 31-avgustgacha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davri hisoblanadi.

💠Bu davrda bolalarni sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish haqida tushunchalar berildi.
➡️Seminarda turli chiniqtirish muolajalari, salomatlikni saqlash texnologiyalari, ya’ni ertalabki qabul, ertalabki badantarbiya, o‘yin faoliyati, nafas mashqlari, sayr jarayonlari, jismoniy mashqlar, tomoqni chayish, quyosh, suv bilan chiniqtirish, harakatli o‘yinlar to‘liq tarbiyalanuvchilar ishtirokida ko‘rsatib berildi.
➡️Seminarning nazariy qismida esa yozgi sog‘lomlashtirish mavsumining rejasi haqida, ya’ni huquqiy me’yoriy va metodik ta’minot, ta’lim-tarbiyaviy ishlar, metodik ishlar haqida slayd orqali tushunchalar berildi.

🔴Ayni kunlarda viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Yozgi sog‘lomlashtirish" mavsumi boshlangan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#SЕMINAR

🔴Joriy yilning 24-iyun kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i topshirig‘i doirasida hududlarda amaliy seminarlar tashkil etildi.

🔹Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining " Davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida "gi buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔹Mutassaddilar tomonidan taklif va tavsiyalar berildi.
➡️Seminarlar Angren shahar va Ohanganron tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi tashkilotlar doirasi o‘tkazildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢#SЕMINAR
🌐Muhim masalalar doirasida
📍Olmaliq shahar

🔴Joriy yilning 26-iyun kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i topshirig‘i doirasida Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 20-sonli IDUMda direktorlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.

➡️Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining " Davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida "gi buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Seminarda Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etib, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Xusniddin Turg‘unboyev so‘zga chiqib, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar haqida gapirib, shu bilan birga ushbu masalada har bir ta’lim muassasalarida umumiy yig‘ilishlar o‘tkazilishini hamda barcha pedagog-xodimlarga odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berilishini ta’kidladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SЕMINAR
📍Zangiota tumani

🔴Avval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i topshirig‘i doirasida hududlarda turli amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

🔷Joriy yilning 3-iyul kuni Zangiota tumani Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi barcha ta’lim tashkilotlari rahbarlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

🔹Seminarda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Shoira Hakimova ishtirok etib, yig‘ilganlarni mavzuga oid qarorlar, qonunlar bilan tanishtirdi. Qatnashchilar savollariga javoblar berildi. Yangi o‘quv yili oldidan mutasaddilar tomonidan taklif va tavsiyalar berildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SЕMINAR

Joriy yilning 10-iyul kuni Oqqo'rg'on tumani MMTBO'LIMI ta’limi tasarrufidagi 43-sonli umumta'lim maktabida maktab direktorlari, MMIBDO‘ va psixologlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlanish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Bolalarni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv ta'lim sho‘ba rahbari Shoira Hakimova ishtirok etib, yig‘ilganlarni mavzuga oid qarorlar bilan tanishtirdi. Yangi o‘quv yili oldidan mutasaddilar tomonidan tavsiyalar berildi.

@oqqorgon_hokimligi
#SЕMINAR_TRЕNING
🔰MUVAFFAQIYATLI ISLOHOTLAR-YUQORI NATIJALAR


🟢Fikrlar, mulohazalar, takliflar
📌https://fb.watch/tNrM8IrJqq/
📌https://fb.watch/tNrOPH13cu/

🌐Jarayonlarni onlayn tarzda kuzatishingiz mumkun.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SЕMINAR_TRЕNING
🔰“MUVAFFAQIYATLI ISLOHOTLAR - YUQORI NATIJALAR”
📆Uchunchi kun


➡️Toshkent viloyatida ilg‘or xorijiy tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan seminarning uchinchi kuni davom etmoqda.

➡️Eslatib o‘tamiz, mazkur seminarlarda viloyatimiz ta’lim muassasalaridan 200ga yaqin pedagoglar, xususan,
45 nafar umumta’lim maktablari direktorlari,
88 nafar o‘qituvchi-pedagoglar o‘quv amaliy ko‘nikmalarni olmoqda.


➡️Tinglovchilarga 22 nafar trenerlar tomonidan seminar soatlari o‘tkazilmoqda.

🔴Jarayonlar 9-avgustga qadar davom etadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴#SЕMINAR
💻AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI TA’LIMGA

🌐Chinoz tumani 14-sonli musiqa va san’at maktabida Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori va mas’ul xodimlari uchun AKT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish va BBIT.uz va nodavlat-bog‘cha.uz tizimida samaradorlikni yaxshilash maqsadida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SЕMINAR

💻KЕLAJAK FANLARI
🌐“Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim tizimidagi tutgan o‘rni” mavzusidagi viloyat o‘quv – seminari

🟢Joriy yilning 12-sentyabr kuni Angren shahridagi 21-sonli umumta’lim maktabida viloyatdagi maktab direktorlari va informatika fani o‘qituvchilari uchun “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim tizimidagi tutgan o‘rni” mavzusidagi viloyat o‘quv – seminari o‘tkazildi.

➡️Tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish sho‘basi mas’ul xodimlari Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim tizimidagi tutgan o‘rni haqida tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berib o‘tdi.

➡️Shuningdek, Angren shahridagi 21-sonli umumta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi I.V. Baymuratova maktab ta’limida elektron platformalardan keng foydalanish va uning imkoniyatlari to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.

➡️Jumladan, u o‘z ma’ruzasida to‘garak ishlarida interaktiv platformalardan foydalanish, Bepul veb-platformalarda ta’lim dasturlarini yaratish, 3D insonning anatomik tomonini vizualizatsiya qilish kabi mavzularni keng yoritdi.

❗️Tadbir so‘nggida bu kabi tadbirlar viloyatning boshqa hududlarida ham tashkil etilishi belgilab olindi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SЕMINAR
🔰MAKTABGACHA VA UMUMTA’LIM TASHKILOTLARIDA OVQATLANTIRISH TIZIMI
📍Qibray tumani

🔴Bolalarning sog‘lom ovqatlanishi ularning jismonan va aqlan rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

💠Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Qibray tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan seminarda, ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilarning to‘g‘ri ovqatlanishi uchun mahsulotlarning sifatini doimiy nazorat qilishda autsorsing korxonalari bilan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi.

💠Tumandagi maktabgacha va umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan hamshiralar ishtirok etgan seminarda, ta’lim tashkilotlarida belgilangan taomnomalar asosida mahsulotlarni tanlash va mavsumiy taomlar, xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida so‘z yuritilib, ishtirokchilarga zarur maslahatlar berildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SЕMINAR

🔰Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishdagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

🔴 Ayni damda, Zangiota tumani oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining tuzilgan bitim talablariga mosligi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkor va pedagoglarga uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.

➡️Jumladan, Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabida 57 nafar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tadbirkorlariga o‘quv seminari tashkil etildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SЕMINAR
🔰MAKTABGACHA TA’LIM
📍Toshkent tumani

🟢Bugun Toshkent tumani MMTB ga qarashli 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida uslubiy birlashmaning "Ma’naviyat va ma’rifat"yo‘nalishi bo‘yicha"davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish "mavzusida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.

💠Seminarda Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari hamda tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari ishtirok etidi. Tadbirda tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari ma’naviyat va ma’rifat buyicha masul xodimlar kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SЕMINAR
🔰Ta’lim tashkilotlari amaliyotchi psixologlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.


➡️Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktabi amaliyotchi psixologlari bilan joriy yilning 5-dekabr kuni seminar trening tashkil etildi.

➡️Seminarda 2024-yil 5-noyabr kuni qabul qilingan “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun haqida tushunchalar berildi.

➡️Shu bilan birga, o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchi orasidagi munosabatlar, psixologilarning malaka tavsiflari bo‘yicha qilinadigan ishlari, o‘quvchilarning ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ishlash, alohida psixologik nosog‘lom oila farzandlari bilan ishlash, maktablarda "Hayot go‘zal", "Kim bo‘lsam ekan", "Mehr ulashish" kabi aksiya va tadbirlarni kengroq o‘tkazish kerakli haqida tushunchalar berildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
🎚#SЕMINAR

🔰Tanlov fanlari tashkil etilgan umutalim maktab ukuv ishlari buyicha direktor urinbosarlariga viloyat seminari tashkil etildi

O‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish, yuqori sinf o‘quvchilarini fanlarga ixtisoslashuvini kengaytirish hamda ularni oliy o‘quv yurtlariga yo‘naltirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 12-iyuldagi 03-24-942-sonli xati bilan 2024-2025-o‘quv yilida viloyatimiz bo‘yicha jami 44 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tanlov fanlari (matematika – fizika, kimyo biologiya, ona tili – chet tili, matematika – chet tili yo‘nalishlari) asosida ta’lim jarayonini tashkil etilgan.

Kuni kecha 4-aprel sanasida Tanlov fanlari joriy etilgan umumta’lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida joriy yilning viloyatimizning Toshkent tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida o‘quv amaliy-seminari tashkil etiladi.

Seminarda tanlovda ishtirok etishi belgilangan 44 ta umumta’lim maktabining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM