TOSHKENT VOHASI
23.5K subscribers
2.1K photos
573 videos
10 files
915 links
Toshkent viloyati hayotiga oid xabarlar.

Qiziqarli, foydali va sifatli kontent.

Aloqa uchun:
🤖BOT👉 @toshkent_vohasi_bot
👮‍♀️ADMIN👉https://t.me/toshkent_vohasi_admin
Download Telegram
#mitti_hikoya

Osmondan ikkita qor parchasi yonma-yonlikda tushib kelishar edi.
– Uchish qanchalar yaxshi, to’g’rimi? – deb so’radi ulardan biri.
– Yo’q, – dedi bunga javoban ikkinchisi.
– Uchmayapmiz, axir biz qulayapmiz!
– Lekin yaqinda qo’namiz va birodarlarimiz bilan bir butun qatlamga aylanamiz…
– Qo’ysang-chi… Pasda halok bo’lamiz, bizni oyoq-osti qilishadi!
– Oyoq osti bo’lmaymiz, kunlar iliganda oqar suvga aylanishimizni, hatto daryogacha oqib borishimiz mumkinligina o’ylab ko’rgin…
– Hecham – da! Suvga aylanarmishmiz!…
Erisak ham loyqa suvga aylanamiz, hamda behuda yo’q bo’lib ketamiz!…

Ular shunday baxs bilan yergacha yetib kelishdi. Keyin… keyin esa har ikkisi o’z tasavvuridagi taqdirni kutib oldilar.

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

OMADSIZLIK

O‘zimga kelganimda butun badanim qaqshab og‘riyotgandi. Ko‘zimni ochib tepamda egilib turgan hamshirani ko‘rdim.
— Janob Fujima, — dedi u, — omadingiz bor ekan. Ikki kun ilgari Xirosimaga atom bombasi tashlangandi, siz tirik qoldingiz.
Undan asta so‘radim:
— Hozir qaerdaman?
—Nagasakida.

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

GULZORDA

Qiz gulzorda turarkan, uning yugurib kelayotganini ko‘rdi.
— Tina! Gulim! Hayotim mazmuni!
Nihoyat u uzoq kutilgan so‘zlarni aytdi.
— O, Tom!
— Tina, gulim!
— O, Tom, men ham seni sevaman!
Tom uning yoniga yetib keldi, tiz cho‘kdi va qizni chetga surdi.
— Oh, gulim! Sen mening eng sevimli gulimni bosib olding!

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

TUGʻILGAN KUN

Telefonimga singlimdan SMS keldi. «Akajon, tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Uzoq umr ko‘ring», deyilgandi unda. Jahlim chiqib, ukamga qo‘ng‘iroq qildim.
– Bitta- yu bitta singlimiz akajonining tug‘ilgan kuni qachonligini bilmas ekan, – dedim. – Meni tabriklab, SMS yuboribdi. yozda tug‘ilganimni yetkazib qo‘y!
Ukam biroz sukut saqlab turdi- da, so‘ng javob berdi:
– Menga ham SMS yuboribdi, tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman, debdi.
– Nima? Senga ham yuboribdi?.. Nega?
– Tushunmadingizmi? – xo‘rsindi ukam. – Aslida men bilan sizning emas, singlimizning tug‘ilgan kuni ekan!
Hech nima deya olmadim. Uyatdan yuzlarim lovullardi.

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

O'lim yoqasidagi ayol eridan so'rabdi:
Men o'lsam qancha vaqt o'tib uylanasiz?
— Qabring qachon qurisa, o'shanda.
— Va’da berasizmi?
— Haa…

Ma’lum vaqtdan keyin ayol vafot etibdi. Er har kuni ayol qabriga borar, ammo qabr hech qurimas ekan. Er bir kuni tunda qabr oldiga borsa, ayolning ukasi qabrga suv solayotgan ekan. Nega bunday qilayotganini so'rasa:
"Opam har kuni qabrimga suv quygin" deb vasiyat qilganlar, — deb javob beribdi...

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

Sayyoh Portugaliyadan Rossiyaga jo‘nab ketayotganida kuzatuvchilardan biri unga qaltis savol berdi:

Otang, bobong hamda bobokaloning dengizda cho‘kib o‘lganligini bila turib, kemaga o‘tirishdan qo‘rqmaysanmi?
Kechirasan, o‘zingning ajdodlaring qay yo‘sinda olamdan o‘tishgan? — so‘radi sayyoh o‘z navbatida.
Issiq to‘shaklarida, tinchgina, — mag‘rur javob qaytardi suhbatdoshi.
Unday bo‘lsa, aytchi, azizim, — dedi mashhur sayyoh suhbatdoshiga, — o‘zing har kecha to‘shakka kirib yotishga qanday jur’at qilasan?

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

XATO


O‘g‘il halloslab kelib, onasining oyog‘iga yopishdi: "Endi hech qachon gap qaytarmayman, oyi! Oldingizda "uf" tortmayman! Ishdan kelganimda "Charchadim, oyi, oyog‘ingizni boshqa kuni uqalab qo‘ya qolay", demayman. Kech qolayotgan bo‘lsam ham, ertalab choyni siz bilan birga ichib ketaman. Xatoimni tushundim, oyi, meni kechiring!".

Qani, baravar ko‘taramiz!

Janozaga kelganlar ayolning tobutini ko‘tarishdi.

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

Boychechak


Ayol o‘g‘liga bir tarsaki tortdi.
Kech bo‘lganda qayerdan kelyapsan?!
Bolakay o‘ng qo‘lini ko‘ylagining ichiga tiqib olgandi. Yuzida ikkilanish zohir bo‘ldi.
Qirdan, — dedi u.
Men uydan chiqma, degandim-ku! Nimadir o‘g‘irladingmi? Ko‘rsat-chi.
Yana bir tarsaki tushgach, bolakay qo‘ynidan bir dona boychechak chiqardi.
Izlab-izlab bittagina topdim, — boychechakni uzatdi u. — Tug‘ilgan kuningiz bilan, oyijon.

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

Sevishganlar va jin

Sevishganlar kimsasiz sohilda sayr qilib yurib, Olovuddinning sehrli chirog’ini topib olishdi.
Meni ozod qilishlaring evaziga, – dedi jin, – har biringning bittadan tilagingni bajo keltiraman.

Qiz yigitga ko’z tashlab qo’yib dedi:
Istaymanki, biz bir-birmizni qiyomatgacha sevaylik.

Dengizga tikilgancha yigit:
Men esa o’sha qiyomat hoziroq kelishini istayman, – dedi.

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

OILA

- Bu hayotda hamma meni aldaydi...
- Nega? Onang va akalaringchi?
- Ular ham meni aldashadi...
- Axir qanaqasiga?!
- Onam "sen yeyaqol, meni qornim to‘q" deb, akalarim esa, oxirgi pullarini menga berib, "olaver, bizga hozir pul kerakmas" deb aldashadi...

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

Ovchi tog‘dan burgutning tuxumini topib uni tovuqning tagiga qo‘yibdi. Burgut tuxumdan chiqib tovuqning jo‘jalari bilan yashab ulg‘aya boshlabdi. Burgut xuddi tovuqlarday yashardi, ularday yerda yurar, axlatlarni, yerni titib, kavlab chuvalchang, don-dunlarni topib yer edi.

Oradan vaqt o‘tdi, u bilan birga ochib chiqqan tengdosh jo‘jaxo‘rozlar qichqira boshladi. Bir kuni u ham bo‘ynini baland ko‘tarib qichqirmoqchi bo‘lgan edi osmonda mag‘rur, qanotlarini keng yozib uchayotgan ulkan bir qushga ko‘zi tushdi. Hayratini yashira olmay ulkan qushga xavas bilan uzoq tikilib qoldi, o‘sha qushga o‘xshagisi keldi judayam...

So‘ngra yonidagi tovuqdan so‘rabdi.
- Vo ajab... Bu qandayin qush? Men ham u kabi uchishni xohlayman...
- Bu burgut, osmon hukmdoriku. Sen esa unga qarama. Xavas ham qilma, sen bilan biz oddiy tovuqlarmiz yerda yuramiz.- deb javob berdi tovuq.

Burgut bir xo‘rsinib qo‘yibdida yana axlat titishda davom etibdi...

Qissadan hissani o‘zingiz chiqaring. Hoxlaysizmi yo‘qmi atrofingizdagi muhit, odamlar sizga o‘z ta’sirini o‘tqazadi, lekin siz bunga ishonib, moslashib kolmang. Sizga sen "tovuqsan", "ucholmaysan" deyishsa ishonmang, balki siz BURGUTdirsiz... Uchishga harakat qilib ko‘ring.

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

Qizchani maktabga berishmoqchi bo‘lishdi. Qizaloq o‘qishni boshlashi mumkinligini tekshirish uchun u test topshirishi kerak edi.

Oddiy narsalardan boshlaymiz, — dedi ruhshunos va vazadagi mumdan yasalgan mevalarni olib stol ustiga qo‘ydi, — Olma, nok, apelsin, shaftoli. Bir so‘z bilan ular nima deb ataladi?
Qizaloq gapirmay ko‘zlarini yerga tikdi.
Davom etamiz. Mana bodring, pomidor, rediska, kartoshka va piyoz. Ular bir so‘z bilan nima deyiladi?
Qizaloq lablarini tishladi.
Qulupnay, malina, gilos… Ular qanday nomlanadi?
Yodimdan chiqdi, — pichirladi qizaloq, ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiyib,
Hali maktabga borishga erta, — dedi ruhshunos qizchaning onasiga, — Bir yilcha kuting, shug‘ullaning. U oddiy narsalarni ham bilmaydi.
Ona qiziga ajablanib qaradi:
Qizalog'im, shularni bir so‘z bilan aytilishini nahotki bilmasang?
Esladim, oyijon! — chehrasi ochildi qizaloqning. — Nusxa. Meva va sabzavotlarning mumdan yasalgan nusxalari.

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

Tasodif


— Menga hech kim bilan yurmagan, hayoli-iboli qiz kerak! — dedi yigit ammalariga. Qiz ham darrov topila qoldi. U ham birov bilan yurmagan mo‘mingina yigitni kutib yurgan ekan.
Ular uchrashuvga chiqishdi.
— Siz?! — dedi ikkisi ham baravar.

@toshkent_vohasi