TOSHKENT VOHASI
42.3K subscribers
1.97K photos
461 videos
7 files
778 links
Toshkent viloyati hayotiga oid xabarlar.

Qiziqarli, foydali va sifatli kontent.

Aloqa uchun:
🤖BOT👉 @toshkent_vohasi_bot
👮‍♀️ADMIN👉https://t.me/toshkent_vohasi_admin
Download Telegram
9-MAY QO'LLANMA.pdf
458.1 KB
#tavsiya

Maktablar ma'naviyatchilari, tashkilotlardagi ma'naviy-ma'rifiy ishlarga mas'ul xodimlar uchun tavsiya.

“Jasorat — millat g‘ururi va iftixori!” shiori ostida 9 may — xotira va qadrlash kunini joylarda keng nishonlash bo‘yicha tavsiyaviy qo‘llanma.

@tashkent_vohasi
#kun_iqtibosi

Kimki azob va mehnatdan o‘zini olib qochsa, u hech narsaga erisha olmaydi.

Jon Milton

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

OMADSIZLIK

O‘zimga kelganimda butun badanim qaqshab og‘riyotgandi. Ko‘zimni ochib tepamda egilib turgan hamshirani ko‘rdim.
— Janob Fujima, — dedi u, — omadingiz bor ekan. Ikki kun ilgari Xirosimaga atom bombasi tashlangandi, siz tirik qoldingiz.
Undan asta so‘radim:
— Hozir qaerdaman?
—Nagasakida.

@toshkent_vohasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Sharaf_lentasi

🇺🇿Vatan uchun,  tinchlik uchun mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarni sharaflash har birimizning insoniy burchimizdir!

#9mayXotiravaqadrlashkuni

@toshkent_vohasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash

Kun mavzusiga mos qoʻshiq.

📹 Sardor Mamadaliyev - Unutmoq osonmas sizlarni

@toshkent_vohasi
#kun_iqtibosi

Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang.

Robin Sharma

@toshkent_vohasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Vatan ozodligi, yurt tinchligi, xalq farovonligi yoʻlida jon fido qilganlarning xotirasi qalbimizda mangu yashaydi!

@toshkent_vohasi
#kun_iqtibosi

Bu hayotda har kim bo‘lishing mumkin, ammo eng muhimi inson bo‘lmog‘ingdir.

Shams Tabriziy

@toshkent_vohasi
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mitti_hikoya

GULZORDA

Qiz gulzorda turarkan, uning yugurib kelayotganini ko‘rdi.
— Tina! Gulim! Hayotim mazmuni!
Nihoyat u uzoq kutilgan so‘zlarni aytdi.
— O, Tom!
— Tina, gulim!
— O, Tom, men ham seni sevaman!
Tom uning yoniga yetib keldi, tiz cho‘kdi va qizni chetga surdi.
— Oh, gulim! Sen mening eng sevimli gulimni bosib olding!

@toshkent_vohasi
#kun_tarixi

BUGUN G'AFUR G'ULOM TAVALLUD TOPGAN KUN

O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng «Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi.

G‘afur G‘ulom urushdan keyingi yillarda ham adabiyot janrlarining ko‘pgina turlarida samarali qalam tebratib, yuksak badiiy asarlar yaratdi, publitsistika va adabiyotshunoslikka oid qator ajoyib maqolalarini e’lon qildi. Uning ijodi xalq hayotining shu davrdagi o‘ziga xos yilnomasi o‘laroq namoyon bo‘ldi. Agar G‘afur G‘ulom bu davrda she’riy asarlari bilan faylasuf shoir darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, «Shum bola» qissasi, «Mening o‘g‘rigina bolam» singari hikoyalari bilan xalq turmushi va ruhini yaxshi biluvchi mohir nosir ekanligini namoyish etdi.

G‘afur G‘ulom o‘zbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girgan.

G‘afur G‘ulom O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (1943) edi. Unga 60 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berilgan (1963).

Shoirning ko‘pgina asarlari Osiyo va Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan.

O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

@toshkent_vohasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#innankeyinchi

"Shum bola" filmi G'afur G'ulomning shu nomli asariga asosan suratga olinganini yaxshi bilasiz. Filmning ushbu sahnasi qayerda suratga olinganinichi, buni bilasizmi?

@toshkent_vohasi
Qaysi biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
25%
Muallax
75%
Muallaq
#kun_iqtibosi

Nega qulog‘imiz ikkita, og‘zimiz bitta? Oz gapirib, ko‘proq tinglash uchun.

Xurshid Doʻstmuhammad

@toshkent_vohasi
#kun_iqtibosi

Kelajakni bashorat qilishning eng yaxshi yoʻli – uni barpo etishdir.

Avraam Linkolin

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

TUGʻILGAN KUN

Telefonimga singlimdan SMS keldi. «Akajon, tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Uzoq umr ko‘ring», deyilgandi unda. Jahlim chiqib, ukamga qo‘ng‘iroq qildim.
– Bitta- yu bitta singlimiz akajonining tug‘ilgan kuni qachonligini bilmas ekan, – dedim. – Meni tabriklab, SMS yuboribdi. yozda tug‘ilganimni yetkazib qo‘y!
Ukam biroz sukut saqlab turdi- da, so‘ng javob berdi:
– Menga ham SMS yuboribdi, tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman, debdi.
– Nima? Senga ham yuboribdi?.. Nega?
– Tushunmadingizmi? – xo‘rsindi ukam. – Aslida men bilan sizning emas, singlimizning tug‘ilgan kuni ekan!
Hech nima deya olmadim. Uyatdan yuzlarim lovullardi.

@toshkent_vohasi
#kun_iqtibosi

Sen tug‘ilmaguningga qadar ota-onang bunaqa zerikarli va ko‘rimsiz bo‘lmaganlar. Ular sening baxtli bolaligingni yaratish jarayonida shunday ahvolga keldilar.

Bill Geyts

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

O'lim yoqasidagi ayol eridan so'rabdi:
Men o'lsam qancha vaqt o'tib uylanasiz?
— Qabring qachon qurisa, o'shanda.
— Va’da berasizmi?
— Haa…

Ma’lum vaqtdan keyin ayol vafot etibdi. Er har kuni ayol qabriga borar, ammo qabr hech qurimas ekan. Er bir kuni tunda qabr oldiga borsa, ayolning ukasi qabrga suv solayotgan ekan. Nega bunday qilayotganini so'rasa:
"Opam har kuni qabrimga suv quygin" deb vasiyat qilganlar, — deb javob beribdi...

@toshkent_vohasi
#soʻzlovchi_surat

"Boshqa ilojim yo‘q" — bu bahona yoki kuchsiz insonlarning so‘zidir.

Toki tirik ekansan hamisha iloji bor!

@toshkent_vohasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#viloyatda_nima_gap

CHIRCHIQ SHAHRIDA MA'NAVIYAT XIYOBONI TASHKIL ETILDI

Kecha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida, viloyatdagi tuman va shaharlar hokimlari, jamoat faollari hamda OAV vakillari ishtirokida xiyobon foydalanishga topshirildi.

@toshkent_vohasi