#PS_XADRA
🔧 35/10/6 kV kuchlanishli "Xadra" podstansiyasida mukammal ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda!
⚡️ Hozirda podstansiyadagi barcha elektr qurilmalari to‘liq ta’mirdan chiqarilmoqda. Shu bilan birga, yangidan o‘rnatilgan KRUN yacheykalariga 10–6 kV kuchlanishdagi yuqori kuchlanishli kabellarni ulash ishlari ham amalga oshirilmoqda.
✅ Ushbu ishlar tarmoq ishonchliligini oshirish va elektr ta’minotini yanada barqaror qilishga xizmat qiladi.
✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
🌐 Telegram

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PS_XADRA
#NO_COMMENT
🔧«XADRA» PODSTANSIYASIDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA!
✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
🌐 Telegram
#NO_COMMENT
🔧«XADRA» PODSTANSIYASIDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA!
✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
🌐 Telegram
Kuchli yomg‘ir, shamol va chaqmoqdan qanday himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar.
—————
Рекомендации по защите от сильного дождя, ветра и молнии.
🌐 Telegram| Instagram

⚠️ Qattiq shamol va jazirama issiqda aholi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar
Yuqori harorat hamda shamolli ob-havo sharoitida elektr tarmoqlari va uskunalarning ishlashida uzilishlar, shikastlanish yoki yong‘in holatlari kuzatilishi mumkin. Shunday sharoitda aholi quyidagi tavsiyalarga amal qilishi zarur:
🔌 1. Yerga tushgan elektr simlariga yaqinlashmang
Simlarning uzilib yerga tushgan holatlarini ko‘rsangiz, ularga yaqinlashmang. Boshqalarni ham bundan ogohlantiring. Va darhol 1154 raqami orqali mutasaddilarga xabar bering.
🌡 2. Ishlatilmayotgan elektr jihozlarini tarmoqdan uzib qo‘ying
Xo‘jalik ehtiyojida mavsumiy foydalaniladigan elektr jihozlarini foydalanish talab etilmaydigan paytlarda tarmoqdan uzib qo‘ying.
⛈ 3. Tabiiy texnogen holatlarda vaqtinchalik elektr uskunalaridan foydalanmang
Qattiq shamol vaqtida muhim bo‘lmagan qurilmalar — televizor, elektr choynak, fen, konditsioner va boshqa elektr qurilmalarini tarmoqdan sug‘urib qo‘ying.
💧 4. Elektr qurilmalari ustiga suv yoki nam buyum qo‘ymang
Harorat yuqori bo‘lganda qurilmalar qizib ketishi mumkin. Ularga ho‘l mato yopish, suv sepish yoki ustiga namlantirilgan buyum qo‘yish xavflidir.
🔥 5. Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang
Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.
🧺 6. Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang
Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.
🧯 7. Uydagi elektr shchitini tekshirib turing
Uyingizdagi maishiy texnika qurilmalari sozligi va butligini saqlash uchun elektr avtomatlari va himoya uskunalari to‘g‘ri ishlayotganini tekshiring. Eski simlar yoki o‘chirgichlarni almashtirish lozim.
👶 8. Bolalarni elektr qurilmalariga yaqinlashmaslikka o‘rgating
Podstansiya, transformator punktlari, elektr uzatish tarmoqlari ostida va yaqinida o‘ynash hamda xonadondagi rozetka va avtomat qurilmalariga qo‘l yoki biror jism bilan teginish mumkin emas. Bolalarga elektr qurilmalaridan e’tiborsiz foydalanishning ayanchli oqibatlarini tushuntiring va nazorat qiling.
💡 9. Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi
Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqishi holatlarining oldini olish, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida ayrim havo uzatish tarmoqlari yoki transformatorlar avtomatik ravishda yoxud qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot chorasidir.
Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi hamda xavfsizlik kafolatidir.
🌐 Telegram | Instagram

#Shayxontohur_TETK
#Jarayon
⚡️ SHAHXONTOHURDA ELEKTR ENERGIYASI BARQARORLIGI OSHIRILMOQDA
🌿🛠 Yoritilgan ko‘chalar, ishonchli elektr ta’minoti va qulay yashash muhiti — bularning barchasi hayot sifatining ajralmas qismi. Shu bois “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan poytaxtimiz tumanlarida elektrqurilmalarini yangilash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🌿🛠 Jumladan, Shayxontohur tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning «Xadra» MFY hududidagi o‘ta zo‘riqish bilan ishlab kelayotgan TP-1962-sonli transformator punktidagi 400 kVAli transformator quvvati yangi 630 kVA quvvatga ega zamonaviy yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirildi.
🌿🛠 Mazkur jarayon hududdagi iste’molchilarning elektr ta’minotini sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi, uzilishlarning oldini oladi va aholining turmush sharoitlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
📈 Yangi quvvat – yorqin hayot sari yana bir qadam!