"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.58K subscribers
34.7K photos
4.21K videos
16 files
17.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TexnikKorik
#NO_COMMENT

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI» MCHJ MAXSUS AVTOTRANSPORT VOSITALARINI TEXNIK KO‘RIKDAN O‘TKAZDI

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#elektr_energiyasini_tejang

Uyimizga osonlik bilan kirayotgan yorug‘lik ortida qancha insonlarning mehnati borligini bilasizmi?

Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz.

Elektr energiyasidan foydalanar ekanmiz, bu ne’matni iste’molimizga yetib kelguniga qadar qanchalar mashaqqatli mehnat va mablag‘ sarf etilishini anglashimiz lozim.


Elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaning!

🌐 Telegram
#PS_XADRA

⚡️ 35/10/6 KV KUCHLANISHLI «XADRA» PODSTANSIYASIDA MUKAMMAL TA`MIRLASH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi 259-son Qaroriga asosan Toshkent shahrida joylashgan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi podstansiyalarni modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish hamda mukammal ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari 35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasida olib borilmoqda.

«Xadra» podstansiyasida shu kunga qadar:

📌 Modernizatsiya dasturi doirasida «Ihdustrial contructions» MCHJ tomonidan kabel yotqizish uchun kanal quyish ishlari hamda Modul inshooti qurish ishlari yakunlanib RX va avtomatika panellari o‘rnatildi;

📌 Podstansiyadagi mavjud ORU-35 kV tomonida uskunalarni montaj-demontaj ishlari amalga oshirilib uskunlarga kuchlanish berilib ishchi holatiga qo‘yilgan;

📌 ZROM 10 kV qurilmasida montaj-demontaj ishlari yakunlanib tarmoqga ulanib kuchlnish berildi;

📌 35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasida mavjud barcha elektr qurilmalari mukammal taʼmirdan chiqarilib, ayni paytda mavsumga shay holatga keltirilib, KRUN 10 kV I-II shinalar seksiyasida montaj-demontaj ishlari yakunlandi.

Bugungi kunda KRUN 6 kV shinalar sektsiyasida demontaj-montaj ishlari olib borilmoqda.


Eslatib o‘tamiz: 35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasi 1967-yilda dastlab 6 kV kuchlanish bilan ishga tushirilgan boʻlib, 1971-yildan 10 kV yuqori kuchlanishli taʼminot tizimi ham ishga tushirilgan. Maʼlumki, ushbu podstansiya joylashgan hududning yon atrofidagi mahallalaridagi 9 860 dan ortiq aholi xonadonlari hamda 781 ta yirik va o'rta quvvatga ega bo'lgan iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. Hozirgi kunga kelib bu podstansiya muhim inshoatlarni elektr ta`minoti bilan ta`minlovchi podstansiyalardan biri hisoblanadi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#PS_XADRA

🔧 35/10/6 kV kuchlanishli "Xadra" podstansiyasida mukammal ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda!

⚡️ Hozirda podstansiyadagi barcha elektr qurilmalari to‘liq ta’mirdan chiqarilmoqda. Shu bilan birga, yangidan o‘rnatilgan KRUN yacheykalariga 10–6 kV kuchlanishdagi yuqori kuchlanishli kabellarni ulash ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Ushbu ishlar tarmoq ishonchliligini oshirish va elektr ta’minotini yanada barqaror qilishga xizmat qiladi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram