#TUGʻILGAN_KUN_MUBORAK!
Bugun, 17-may – mehnatsevar, ziyrak va fidoyi inson, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Bosh muhandisi AHMEDOV ULUGʻBEK ABDULLAYEVICHning tavallud ayyomi!
Hurmatli, ULUGʻBEK ABDULLAYEVICH!
Sizni ushbu quvonchli kun – tavallud ayyomingiz bilan chin dildan muborakbod etamiz! Yana bir yilni ortda qoldirib, hayotingizda yangi bosqich sari qadam qo‘yayotgan fursatda, Sizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilaviy osoyishtalik va xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Umr yo‘lingiz doimo nurli va barakali bo‘lsin!
Farzandlaringizdan yutuqlaridan baxra olib yuring. Kasbiy faoliyatingizda qilayotgan xizmatlaringiz el-yurt ravnaqi yo‘lida yana-da samarali bo‘lishiga tilakdoshmiz. Sizdek fidoyi va halol insonlar borligi – biz uchun faxr va ibrat manbaidir. Orzularingiz ro‘yobga oshsin, qalbingizda esa doimo iliqlik va shukronalik hukm sursin!
TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!👏👏👏
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
🌐 Telegram

#RASMIY_MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlar (Tashkent_land) orqali Toshkent shahar Olmazor tumani Sag'bon-Chig'atoy chorrahasidagi svetofor ertalabdan beri ishlamayapti, ehtimol elektr ta'minotidagi uzilish tufaylidir nomli murojaat eʼlon qilindi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Bugun, 17-may kuni Olmazor tumani Sag'bon-Chig'atoy chorrahasidagi yoʻl patrul xizmatiga tegishli boʻlgan tarmoqda qisqa tutashuv natijasida mazkur svetoforni elektr energiyasi bilan ta'minlovchi TP-220-sonli transformator punktidan chiquvchi past kuchlanishli kebel tarmogʻining qizib ketishi natijasida nosozlik yuzaga kelgan. Ayni vaqtda, tuman elektr ta'minoti korxonasi hamda yoʻl patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda ushbu nosozlikni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur nosozlik yuzaga kelgan tarmoq tuman elektr ta'minoti korxonasi balansida emasligini maʼlum qilamiz.
✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

#DIQQAT_ELON
YUNUSOBOD TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
Joriy yilning, 18-may kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Yunusobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 35/6 kV kuchlanishli «Karamurutskaya» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr taminotida uzilishlar kuzatiladi.
Yunusobod tumanining: «Otchopar-1», «Otchopar-2», «Bodomzor», «Boʻzsuv», «Xiyobontepa», «Obod», «Posira», «Mingchinor», «Bogʻiboʻston», «Shivli», «Mirzo Ulug'bek» hamda «Firdavsiy» MFYlarining ayrim hududlarida soat 00:00 dan 06:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Kuchli yomg‘ir, shamol va chaqmoqdan qanday himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar.
—————
Рекомендации по защите от сильного дождя, ветра и молнии.
🌐 Telegram| Instagram

⚠️ Qattiq shamol va jazirama issiqda aholi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar
Yuqori harorat hamda shamolli ob-havo sharoitida elektr tarmoqlari va uskunalarning ishlashida uzilishlar, shikastlanish yoki yong‘in holatlari kuzatilishi mumkin. Shunday sharoitda aholi quyidagi tavsiyalarga amal qilishi zarur:
🔌 1. Yerga tushgan elektr simlariga yaqinlashmang
Simlarning uzilib yerga tushgan holatlarini ko‘rsangiz, ularga yaqinlashmang. Boshqalarni ham bundan ogohlantiring. Va darhol 1154 raqami orqali mutasaddilarga xabar bering.
🌡 2. Ishlatilmayotgan elektr jihozlarini tarmoqdan uzib qo‘ying
Xo‘jalik ehtiyojida mavsumiy foydalaniladigan elektr jihozlarini foydalanish talab etilmaydigan paytlarda tarmoqdan uzib qo‘ying.
⛈ 3. Tabiiy texnogen holatlarda vaqtinchalik elektr uskunalaridan foydalanmang
Qattiq shamol vaqtida muhim bo‘lmagan qurilmalar — televizor, elektr choynak, fen, konditsioner va boshqa elektr qurilmalarini tarmoqdan sug‘urib qo‘ying.
💧 4. Elektr qurilmalari ustiga suv yoki nam buyum qo‘ymang
Harorat yuqori bo‘lganda qurilmalar qizib ketishi mumkin. Ularga ho‘l mato yopish, suv sepish yoki ustiga namlantirilgan buyum qo‘yish xavflidir.
🔥 5. Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang
Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.
🧺 6. Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang
Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.
🧯 7. Uydagi elektr shchitini tekshirib turing
Uyingizdagi maishiy texnika qurilmalari sozligi va butligini saqlash uchun elektr avtomatlari va himoya uskunalari to‘g‘ri ishlayotganini tekshiring. Eski simlar yoki o‘chirgichlarni almashtirish lozim.
👶 8. Bolalarni elektr qurilmalariga yaqinlashmaslikka o‘rgating
Podstansiya, transformator punktlari, elektr uzatish tarmoqlari ostida va yaqinida o‘ynash hamda xonadondagi rozetka va avtomat qurilmalariga qo‘l yoki biror jism bilan teginish mumkin emas. Bolalarga elektr qurilmalaridan e’tiborsiz foydalanishning ayanchli oqibatlarini tushuntiring va nazorat qiling.
💡 9. Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi
Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqish holatlarini, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida avtomatik ravishda yoki qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot va xavfsizlik chorasidir.
Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi va xavfsizlik kafolatidir.
🌐 Telegram | Instagram

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Toshkent shahrida kuzatilayotgan noqulay ob-havo, kuchli shamol ta'sirida daraxt shoxlarining sinishi natijasida favqulotda yuqori ko‘lamli nosozliklar va yong‘in chiqishining oldini olish, shuningdek, elektr qurilmalarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida elektr energiyasi ta’minoti avtomatik yoki qo‘lda vaqtincha o‘chirish choralari koʻrilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar xavfsizlikni ta’minlash va texnik nosozliklarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, mazkur jarayon davomida xonadon va obyektlaringizda elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Shu sababli, barcha iste'molchilarni ehtiyotkorlikka va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga chaqiramiz.
Hurmatli iste’molchilar! Agar elektr uzatish havo tarmogi, simlarning uzilib yerga tushgan holatiga guvoh bo‘lsangiz, darhol 1154 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, bu haqda mas’ullarga xabar berishingizni so‘raymiz.

#TEZKOR
HUDUDLARDAGI BARCHA TEZKOR CHIQISH BRIGADALARI SHAY HOLATGA KELTIRILDI
Ayni vaqtda, Toshkent shahrining barcha hududlarida kuzatilayotgan kuchli shamol natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan elektr tarmoqlaridagi favqulodda uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, hududlardagi tezkor chiqish brigadalari shay holatga keltirildi.
Korxonaga kelib tushayotgan elektr ta'minotiga oid barcha murojaatlar to‘liq nazorat qilib borilmoqda.
Ayni vaqtda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalarining tezkor chiqish brigadalari barcha hududlarda ta'minot tiklangunga qadar o‘z ish faoliyatlarini olib borish choralari ko‘riladi.

HUDUDLARDA KUCHLI SHAMOL NATIJASIDA VUJUDGA KELGAN ELEKTR TA'MINOTIDAGI UZILISHLAR BARTARAF ETILMOQDA
Toshkent shahrida kuzatilgan noqulay ob-havo va kuchli shamol natijasida elektr tarmoqlarida bir qator avariyaviy holatlarni keltirib chiqarmoqda.
Mazkur favqulotda yuzaga kelgan avariyaviy holatlarni о‘z vaqtida tezkor bartaraf etish maqsadida, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJning barcha tuman elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigadalari tomonidan ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda.
Tez fursatda vujudga kelgan avariyaviy holatlar barataraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qilamiz.
Zarur holatlarda 1154 qisqa raqamli Call-markaziga yoki telegramdagi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot kanalidagi @HET_admin ga murojaat qilishlaringiz mumkin.