"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.56K subscribers
34.3K photos
4.17K videos
16 files
17.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#JARAYON
#PS_BEKTEMIR

⚡️YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYALARDA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi Qaroriga asosan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasi taminotini yaxshilash va istemolchilarni sifatli elektr ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida, joylardagi mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalarda modernizatsiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, mutaxassislar tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 35-110  kVli podstansiyalarda elektr qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish va o'z muddatida almashtirilishi kerak bo’lgan qurilmalar yangisiga almashtirilmoqda.

Ayni vaqtda, podstansiyalarda modernizatsiya ishlari davom etmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NO_COMMENT
#CHILONZOR_TETK

⚡️ QOZIROBODDA
YANGI TARMOQ TORTISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#JARAYON
#CHILONZOR_TETK 

⚡️ YANGI TARMOQ TORTISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🌱🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, joylarda elektr ta’minoti yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🌱🛠 Xususan, Chilonzor tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan tumanning «Qozirobod» MFY hududidagi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarilib, yangi zamonaviy SIP rusumidagi SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.

🌱🛠 Malumot o`rnida, tuman hududida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Yunusobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz

Uzilishlarning asosiy sababi — 35/10/6 kV boʻlgan «Astronomicheskaya» podstansiyasida olib borilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Podstansiyadagi elektr qurilmalari yillar davomida jismonan va maʼnan eskirgan. Ularni zamonaviy va xavfsiz uskunalarga almashtirish, tarmoqdagi yuklamani teng taqsimlash hamda kelgusida barqaror elektr taʼminotini bilan  ta’minlash maqsad qilingan.

Shu sababli bugun, Yunusobod hamda Mirzo Ulug'bek tumanidagi ayrim MFY larda qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Ta'mirlash ishlari soat 20:00 gacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 19-22 май кунлари расмий ташрифлар билан Венгрия ва Словения Республикасида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 19-22 мая посетит с официальными визитами Венгрию и Республику Словения.

#Mirziyoyev #tashrif #Vengriya #Sloveniya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚡️ Toshkent shahrining elektr tarmoqlari infratuzilmasini keng ko‘lamli modernizatsiya qilish haqida

💡Olib borilayotgan modernizatsiya natijasida 985 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi. Bu poytaxtning 130 dan ortiq mahallasidagi 200 mingdan ziyod iste’molchining elektr ta’minotini yaxshilash, tarmoqdagi yuklamani kamaytirish va avariyalar sonini o‘tgan yilga nisbatan 32 foizga qisqartirish imkonini berdi. Yangilangan uskunalar yozgi yuklama yuqori bo‘lgan davrda energiya ta’minotining barqarorligi va uzluksizligini ta’minlaydi.

💡 Shahar elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish maqsadida 37 ta podstansiyada (umumiy sonning 44 foizi) rejali rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

⚡️Loyiha doirasida:
• 5 ta yangi podstansiya qurilib, foydalanishga topshirildi: "Yangi hayot industrial" (Yangihayot), "Toshkent siti" (Shayxontohur), "Yangi O‘zbekiston" va "Olmos" (Yashnobod), "Yunusobod siti" (Yunusobod);
• yana 32 ta podstansiya modernizatsiya qilinmoqda, ulardan 18 tasida ishlar allaqachon yakunlangan;
• 35 va 110 kV kuchlanishli 269 km uzunlikdagi yuqori kuchlanishli kabel liniyalari yangilandi.
• Yunusobod, Olmazor, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa, Bektemir, Sergeli va Yashnobod tumanlarida joylashgan 19 ta podstansiyada modernizatsiya va quvvatlarni oshirish ishlari davom etmoqda. Shu sababli ayrim hududlarda texnologik qayta ulanishlar va ishga tushirish-sozlash tadbirlari bilan bog‘liq elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar yuz berishi mumkin.
• 50-60 yildan ortiq ishlatilgan 41 ta transformator va yordamchi uskunalar almashtirildi.

⚡️ Shahar energiya tizimining asosiy uzellariga, jumladan "Astronomik" podstansiyasi kabi muhim obyektlarga alohida e’tibor qaratildi. Ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• T-2-35 kV transformatorlarini demontaj qilish, yangilash va montaj qilish;
• T-1-35 kV transformatorni almashtirish va 35 kV kuchlanishni kiritish;
• kuchlanish transformatorlari (TN-35 kV), liniya ajratkichlari (LR-35 kV), qabul qilish portallari, himoya panellari va to‘siqlarni o‘rnatish;
• kabel liniyalarini qayta yotqizish, ochiq taqsimlash qurilmasi (ORU-35 kV) va taqsimlash kameralari (KRUN-10 kV) elementlarini almashtirish.

📆 Bir qator obyektlarda ishlar o‘tgan yilning kuzida boshlangan bo‘lib, hozirda yakuniy bosqichga yetmoqda. Tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Читать на русском языке 🇷🇺

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌷 Assalomu alaykum!

🌷 Shanba tongi muborak bo'lsin azizlar. Kuningiz mazmunli o'tsin☀️

🌷 Xush kayfiyat, omad kun bo'yi hamrohingiz bo'lsin.

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram