"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.87K subscribers
36.4K photos
4.5K videos
16 files
18K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Toshkent shahar Yunusobod tumanining «Xushnavo» 6 «B» hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bo`layotganligi haqidagi videomurojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 26-iyun kuni soat 17:05 da Yunusobod tumani hududidagi 110/35/10 kV kuchlanishli «Yunusobod» podstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasining shikastlanishi natijasida favqulotda avariya holatida elektr ta'minotida o'chishlar yuzaga keldi. Favqulotda yuzaga kelgan nosozlikni tezkor va xavfsiz bartaraf etish maqsadida mavjud kuch transformator to‘liq o‘chirilgan. Natijada, mazkur podstansiya orqali elektr energiyasi bilan ta’minlovchi Yunusobod tumanining ayrim hududlari elektr energiyasiz qolgan.

Shu kunning o`zidayoq tezkor brigadalar tomonidan zarur choralar ko‘rilishi natijasida holat to‘liq bartaraf etilib, hududlar bosqichma-bosqich qayta tarmoqqa ulanganligini ma`lum qilamiz.

Ayni vaqtda yuqorida keltirilgan hududlar toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Toshkentning markazida joylashgan Oliy sud binosida elektr ta'minoti bilan bogʻliq uzilishlar kuzatilganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 28-iyun kuni soat 07:25 da Shayxontohur tumani hududidagi «Shayxontohur» podstansiyasi orqali Turkiston taqsimlash punktidan ta'minlanuvchi fider Anhor-1, Anhor-2, TP-914-sonli transformator punktida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudning elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi.

Mazkur holat yuzasidan tezkor chiqish brigadalari tomonidan zudlik bilan voqea joyiga yetib borildi, uzilish sabablari o‘rganildi hamda bartaraf etish choralari ko'rildi.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida soat 09:30da elektr ta’minoti qisqa vaqt ichida to‘liq tiklandi, Oliy sud binosiga elektr ta'minoti uzluksiz yetkazib berilishi ta’minlandi.

Favqulodda yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va bunday holatlarning oldini olish maqsadida mavjud tarmoq va qurilmalar holati navbatdan tashqari to'liq ko'rikdan o'tkazilishini ma’lum qilamiz.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Toshkent shahrining Yunusobod, Mirzo Ulug'bek va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta'minoti bilan bogʻliq uzilishlar kuzatilganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 30-iyun kuni soat 14:15 da Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek hamda Mirobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kVli «Botanika» podstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulodda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi.

Mazkur holat yuzasidan tezkor chiqish brigadalari tomonidan zudlik bilan voqea joyiga yetib borildi, uzilish sabablari o‘rganildi hamda bartaraf etish choralari ko'rildi.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida soat 15:15da elektr ta’minoti qisqa vaqt ichida to‘liq tiklandi, yuqorida keltirilgan hududlarga elektr ta'minoti uzluksiz yetkazib berilishi ta’minlandi.

Favqulodda yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Toshkent shahrining Chilonzor tumanining ayrim hududlarida elektr ta'minoti bilan bogʻliq uzilishlar kuzatilayotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 1-iyul kuni soat 10:00 da Chilonzor tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi «Ges-9» podstansiyasi va «Umid» taqsimlash punkti oralig'idagi quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ining shikastlanishi natijasida yuzaga kelgan nosozlikni ta'mirlash hamda ushbu ishlarni xavfsiz olib borilishi sababli elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.

Ayni vaqtda, mazkur taʼmirlash ishlari yakunlangach soat 12:00da elektr ta’minoti qayta tiklanganligini hamda yuqorida keltirilgan hududlarga elektr energiyasi bilan ta'minlanganligini ma'lum qilamiz.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmoqlar orqali poytaxtda qurilish materiallari savdosi bilan mashhur bo‘lgan «Oʻrikzor» bozori faoliyati kutilmaganda to‘xtatilgani va bunga sabab — elektr energiyasining uzilishi bo‘lganligi haqidagi videomurojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Mazkur video murojaatda poytaxtning Uchtepa tumani hududida joylashgan «Oʻrikzor» savdo kompleksi «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Uchtepa tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan doimiy ravishda barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlanib kelingan. Joriy 2025 yilning 1- iyul kunidagi tadbirkorlar tomonidani yuzaga kelgan ichki muammolariga mazkur bozor ma'muriyati javob berishini ma'lum qilamiz.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Olmazor tumanining ayrim hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bo`layotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Malumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» MCHJ tomonidan poytaxt tumanlar hududida keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, Olmazor tuman hududini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, tuman hududidagi 110/35/10 kVA bo`lgan yuqori kuchlanishli «Sag`bon» podstansiyasida «Industrial Construction» MCHJ pudratchi tashkilot tomonidan qaror ijrosini ta`minlash maqsadida, podstansiyani to'liq modernizasiya qilinishi rejalashtirilgan bo`lib, ayni kunlarda qurilish-montaj ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning, 25-iyun kuni Olmazor tumani hududida joylashgan «Sag`bon» podstansiyasidan ta`minlanuvchi KL-35 kV L-Bog'zor-1-2 yer osti elektr uzatish kabel tarmog`ida yuklamani ortishi natijasida avariyaviy uzulish yuzaga kelgani sababli avariya holatida elektr ta'minotida o'chishlar yuzaga kelgan. Natijada, mazkur podstansiya orqali elektr energiyasi bilan ta’minlovchi Olmazor tumanining ayrim hududlari elektr energiyasiz qolgan.

Shu kunning o`zidayoq tezkor brigadalar tomonidan zarur choralar ko‘rilishi natijasida holat to‘liq bartaraf etilib, hududlar bosqichma-bosqich qayta tarmoqqa ulanganligini ma`lum qilamiz.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐
Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Sergeli tumanining ayrim hududlarida havo o`ta issiq bo`lishiga qaramay Xonobodda elektr energiyasidan uzilish sodir bolganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 27 - iyun kuni soat 07:15 da Sergeli tuman hududidagi yuqori kuchlanishli havo tarmog`ining shikastlanishi natijasida mazkur tumanning ayrim mahallalalari hududida yashovchi aholi xonadonlarida vaqtinchalik elektr energiyasidan uzilish holatlari kuzatilgan.

Sergeli TETKning tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilib, shu kunning o`zidayoq soat 12:20 da nosozlik bartaraf etilgan.

Ayni vaqtda yuqorida keltirilgan hududlar toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐
Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT
MUROJAATGA
RASMIY MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Sergeli va Yangihayot tumanlari hududlaridagi aholi xonadonlarida elektr ta`minotidan uzilish bo`layotganligi hamda elektr kuchlanishi me'yordan past ekanligi haqidagi murojaatlar eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xabaringiz bor, 110/35/10 kV kuchlanishli «Sputnik» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida Sergeli tuman elektr taʼminoti korxonasi hamda pudratchi tashkilot xodimlari tomonidan keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, isteʼmolchilarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan yuqoridagi Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Sergeli hamda Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi «Sputnik» podstansiyasida ham mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini yangilash, mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ta'mirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, joylarda elektr kuchlanishli vaqtinchalik me'yordan pasayishi hamda elektr ta`minotidan qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Tez orada mazkur taʼmirlash ishlari yakunlanib, elektr ta’minotidagi kuchlanish me'yor dararajasida berilishini ma'lum qilamiz.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐
Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Toshkent shahrining Chilonzor tumanining ayrim hududlarida elektr ta'minoti bilan bogʻliq uzilishlar kuzatilayotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 4-iyul kuni soat 16:00 da Chilonzor tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi «Ges-9» podstansiyasi va «Umid-2» taqsimlash punkti oralig'idagi quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ining shikastlanishi natijasida yuzaga kelgan nosozlikni ta'mirlash hamda ushbu ishlarni xavfsiz olib borilishi sababli elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.

Ayni vaqtda, mazkur taʼmirlash ishlari yakunlangach soat 19:45 da elektr ta’minoti qayta tiklanganligini hamda yuqorida keltirilgan hududlarga elektr energiyasi bilan toʻliq ta'minlanganligini ma'lum qilamiz.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Toshkent shahrining Olmazor tumani hududida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli «Sag‘bon» podstansiyasida yana avariya bilan bogʻliq uzilishlar kuzatilganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Kuni kecha, 5-iyul kuni soat 18:56 da Toshkent viloyati Toshkent tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi Toshkent viloyati hududiy filiali tasarrufidagi 35 kVli L-Bogʻzor-1 va L-Bogʻzor-2 tarmogʻida aniqlangan nosozlik sababli elektr ta'minoti qoʻlda oʻchirilgan. Natijada, Toshkent viloyati Toshkent tumanining ayrim hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan.

Yuzaga kelgan nosozlikni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent viloyati hududiy filialining avariyaga qarshi tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib bugun, bugun soat 09:15 da elektr ta’minoti qayta tiklangan hamda yuqorida keltirilgan hududlar toʻliq elektr energiyasi bilan ta'minlangan.

Mazkur holat yuzasidan aholini xabardor qilish maqsadida
mahalliy hokimlik va ta’minotchi korxona tomonidan e’lon berilgan.

Ma'lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, ayni kunlarda «Sag‘bon» podstansiyasida avariya holatida oʻchishlar kuzatilmaganligini, belgilangan reja - grafik asosida pudratchi tashkilot tomonidan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilayotganligini ma'lum qilamiz.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram