Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
780 subscribers
4.87K photos
790 videos
5 files
2.42K links
Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasining (DAQ) yangi saylangan raisi Oleg Storchevoy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi parvozlar xavfsizligini ta’minlash, aviatsiya sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, 2023-yilning 17-29 may kunlari bo‘lib o‘tadigan ICAO auditiga tayyorgarlik va uni o‘tkazishda DAQ tomonidan amaliy yordam sifatida qo‘mita raisi o‘rinbosari A.Zaykoning konsultant sifatida auditda qatnashish masalasi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi o‘rtasida “Aviatsiya hodisalarini tekshirish va ularning oldini olish to‘g‘risida” hamkorlik memorandumi imzolandi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brutto_shartnoma

🔹 Joriy yilning 13-aprel kuni, "Toshshahartransxizmat" AJning "5-Avtobus saroyi" filialida, Transport vazirligi, Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi,  "Toshshahartransxizmat" AJ mutasaddilari hamda 8 ta avtobus saroyi rahbar va haydovchilari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

🔹Uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-59-son qaroriga asosan, poytaxt bo'ylab harakatlanuvchi avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi borasida so‘z yuritildi.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |Facebook|Instagram| YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 

📺 "Sevimli" telekanali, "ZAMON" informatsion dasturi | Avtobuslarda yoʻlovchilarni tashish brutto-shartnomasi asosida tashkil etiladi.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |Facebook|Instagram| YouTube
“Krasnogorsk” qo‘rg‘onini Parkent, Toshkent va Nurafshon shaharlari bilan bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar yo‘lga qo‘yildi

“Krasnogorsk” qo‘rg‘oni aholisiga qulay va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida bugun erta tongdan Krasnogorsk – So‘qoq – Changi – Parkent”, “Krasnogorsk – Yangibozor – Toshkent” hamda “Krasnogorsk – Yangibozor – Nurafshon” yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari qayta tiklandi.

Ushbu yo‘nalishlarda qatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida yurtdoshlarimiz uchun turizm qishlog‘i bo‘lgan Krasnogorsk (Qiziltog‘)ga Toshkent shahri Qo‘yliq mavzesidan, Toshkent viloyatining ma’muriy markazi Nurafshon shahridan hamda Parkent tumani markazidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobuslarda yetib olish imkoniyati yaratildi.

BATAFSIL


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#ob_havo

🔹Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, Farg’na vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10-15°, shimolda 7-12° bo‘ladi.

🔹Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° bo‘ladi.

🔹Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |Facebook|Instagram| YouTube|
#Rasmiy_munosabat

Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, jurnalist va blogerlar!

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi "8-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko'rsatilayotgan 43-sonli avtobus yo'nalishida yuz bergan holat ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Ushbu tushunmovchilikni bartaraf etish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati Sizlarga quyidagilarni ma'lum qiladi:

Mustaqil davlatimiz xalqaro huquqning umume'tirof etilgan talablaridan kelib chiqib o'z milliy qonunchiligida ayollar va erkaklar tengligi masalasiga jiddiy ahamiyat berib kelmoqda. Kundalik hayotiy tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, xalq farovonligida, jamiyat tinchligida hamda iqtisodiy barqarorlikda erkak va ayolning teng huquqliligi muhim o'rin tutadi. Gender tengligini ta'minlash bo'yicha davlat miqyosida ishlab chiqilgan qonunlar va dasturlar ham buning yaqqol isbotidir. Jumladan, 2019-yilning 2-sentyabrida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi qonuni mamlakatimizda gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan yaxlit va asosiy qonun hujjati hisoblanadi. Ushbu qonun bilan ilk bor milliy qonunchiligimizda «gender» tushunchasiga ta'rif berilgan.Mazkur asosning yana bir huquqiy kafolati bu O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar», deb belgilanganligidir. Demak, gender tengligining ham xalqaro huquqiy ham, konstitutsiyaviy huquqiy asosi kafolatlangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizlarga "Toshshahartransxizmat" AJ va uning tizim korxonalari o'z faoliyatini - Mustaqil davlatimizda olib borilayotgan odilona siyosat, ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta'minlash, davlatimiz qonunlari va bosh qomusimiz bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan ish yuritib olib borayotganligini ma'lum qilamiz.

Shuni inobatga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlarda turli xildagi asossiz axborot va ma'lumotlarga ishonib, ularni tarqatishdan saqlanishingizni so'rab qolamiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🚌 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi 59-sonli qaroriga asosan, poytaxtimizga 100 dona "YUTONG" rusumli elektrobuslar, 103 dona 12 metrli siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi "YUTONG" rusumli avtobuslar va 30 dona o‘ta katta sig‘imli "KingLong" rusumli avtobuslar olib kelingan edi. Gazeta.uz muxbiri ana shu yangi avtobus va elektrobuslarda yo'lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda avtobuslarning texnik holatlarini yaqindan o'rgandi.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |Facebook|Instagram| YouTube
E’lon

Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari

🔰Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yo‘lining II bosqichidagi Qo‘yliqdan Quruvchilar dahasigacha bo‘lgan 5 ta metro bekatida poyezdlarning sinov tariqasidagi harakati o‘z yakuniga yetkazilmoqda.

💠Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni I bosqichda barpo etilgan bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash maqsadida, joriy yilning 19-aprel sanasida Yer usti halqa yo‘lining 7-bekatida (Qo‘yliq) poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

📌Shu kunda poyezdlar harakati "Do‘stlik-2"—"6-bekat" oralig‘ida tashkil etiladi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun 6-bekatdan 7-bekatga qadar qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

🔹Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz.

Facebook | Instagram
Telegram  | YouTube
Website
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
E’lon Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari 🔰Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yo‘lining II bosqichidagi Qo‘yliqdan Quruvchilar dahasigacha bo‘lgan 5 ta metro bekatida poyezdlarning sinov tariqasidagi harakati o‘z yakuniga yetkazilmoqda. 💠Shu…
Объявление

Уважаемые жители и гости города Ташкента


🔰Тестовое движение поездов на 5 станциях метро II этапа "Надземной кольцевой линии" Ташкентского метрополитена от Куйлюк до "Строительный квартал"  завершается.

💠В связи с этим, в целях технического соединения этих новых станций со станциями, построенными на I этапе, 19 апреля текущего года будет прекращено движение поездов на "7-bekat" Надземной кольцевой линии (Qo'yliq).

В этот день движение поездов будет организовано между станциями начиная с "Do'stlik-2" до"6-bekat". Также для пассажиров будет организовано дополнительное автобусное движение с "6-bekat" и "7-bekat".


🔹Приносим извинения всем пассажирам за доставленные неудобства.

Facebook | Instagram
Telegram  | YouTube
Website
#ob_havo

🔹Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatida ertalab ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° bo‘ladi.

🔹Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° bo‘ladi.

🔹Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |Facebook|Instagram| YouTube|
Anqara – Toshkent – Anqara yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Bugun, 18 - aprel erta tong mahalliy vaqt bilan soat 05:11 da Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Anqara – Toshkent yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirgan aviakompaniyaning Boeing 737-800 havo kemasida 160 nafar yo‘lovchi Toshkentga keldi.

Mazkur yo‘nalishda aviaqatnovlar muntazam ravishda haftada bir marta dushanba kunlari, Anqaraga esa seshanba kunlari bajariladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda, shuningdek, O‘zbekison va Turkiya o‘rtasida Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Farg’ona – Istanbul, Urganch – Istanbul, Buxoro – Istanbul yo‘nalishlarida tayinlangan aviakompaniyalar tomonidan haftasiga 61 ta reys amalga oshirilmoqda.


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |