TOP_SCHOLAR
3.02K subscribers
1.52K photos
75 videos
32 files
1.59K links
Find scholarships from all around the World🌍

How to take🖊📋

Help students to prepare documents 📃📑

Win🏆🥇🎊🎉🎁

Participate🗼🗽🗻✈️

Kanal asoschisi 👉 @blogdilshoda 👈

http://Instagram.com/top_scholar1
Download Telegram
Magistratura bosqichida o'qiyotgan ayol-qizlar uchun Shveytasariyada 6 oy tadqiqot olish borish imkoniyatini taqdim etuvchi INSPIRE Potentials - MARVEL Masterʼs Fellowships dasturi

Talablar
— Hozirda ilmiy fanlar, texnologiyaga aloqador yo'nalishda magistratura bosqichida o'qiyotgan ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin;
— MARVEL laboratoriyasida o'z tadqiqotini amalga oshirish uchun yuqori motivatsiya va salohiyatini namoyish eta olishi lozim;
— Tadqiqot olib bormoqchi bo'lgan universiteti talablariga javob berishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— 6 oy davom etuvchi ushbu dasturda ishtirokchilarga oylik 12,000CHF (~$13,000) stipendiya beriladi;
— Safar xarajatlari uchun qo'shimcha 500CHF (~$545) mablag'ga ega bo'ladi;
— MARVELda o'qish to'lovlari va tibbiy sug'urta xarajatlari moliyalashtiriladi.

Oxirgi muddat
15.04.2023

Batafsil
https://grantgo.uz/go/08809

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #Shvetsariya

Telegram | Facebook | Instagram


Obuna boʻling 👇⬇️
@top_scholar
O'zbekistonlik bloger, jurnalist va muharrirlar uchun Telegram jurnalistikasi bo'yicha Qozog'istonda maxsus trening!

Talablar
— Barcha o'zbekistonlik professional internet jurnalistlari, blogerlar va muharrirlar qatnashishi mumkin;
— Yosh va til talabi mavjud emas, darslar o'zbek tiliga sinxron tarjima qilinadi.

Foydali tomonlari
— Qatnashchilar oziq-ovqat, turar-joy bilan ta'minlanadi;
— Transport xarajatlari qoplanadi;
— Asosiysi, trening davomida ishtirokchilar mavjud standartlar va usullar bilan har xil turdagi va formatdagi materiallarni yaratish, fotosuratchi, operator va dizaynerlar yordamisiz vizual kontentni muvaffaqiyatli yaratish, marketing va kanalni boshqarish sirlarini o'rganishadi.

Oxirgi muddat
07.05.2023 23:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/26265

#onlayn_va_offlayn_kurslar #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Obuna boʻling 👇⬇️
@top_scholar
AQSHda yetakchilik mahoratini oshirishga qaratilgan 3 oylik Hurford Youth Fellowship dasturi

Talablar
Dasturda 30 yoshdan oshmagan va demokratik faollika chuqur qiziqish bildiruvchi barcha qatnashishi mumkin. Dastur ingliz tilida bo'ladi.

Foydali tomonlari
— Yashash xarajatlari (turar joy, oziq-ovqat va boshqa muhim harajatlar) uchun oylik stipendiya;
— Vashingtongga borish-kelish xarajatlari;
— Tibbiy sug'urta va b. qoplanadi.

Oxirgi muddat
31.07.2023

Batafsil
https://grantgo.uz/go/08742

#hamdoʻstlik_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram


Obuna boʻling 👇⬇️
@top_scholar
Jurnalistikaga qiziquvchilar uchun Qirg'izistonda barcha xarajatlari qoplanadigan 4 kunlik trening-dastur

Talablar
— Ushbu dasturda fuqarolik jamiyatining kichik va o'rta darajadagi mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat tashkilotlari, shuningdek, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, O'zbekiston va Mo'g'ulistonlik jurnalistlar, tadqiqotchilar, faollar va ekspertlar ishtirok etishi mumkin;
— Ijtimoiy fanlar yoki boshqa tegishli sohalar bo'yicha bakalavr yoki magistr darajasini tamomlagan bo'lish kerak.

Foydali tomonlari
— Dasturda qatnashish bepul;
— Turarjoy va oziq-ovqat bilan bog'liq xarajatlar qoplanadi;
— Qirg'izistonga borish va kelish xarajatlari to'lab beriladi.

Oxirgi muddat
07.08.2023 11:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/39887

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Qirgʻiziston

Telegram | Facebook | Instagram


Obuna boʻling 👇⬇️
@top_scholar
Yetakchi talabalar uchun AQShda to'liq moliyalashtiriladigan 3 haftalik intensiv yozgi trening dasturi - Hansen Leadership Institute 2024

Talablar
— Bakalavr darajasining kamida 2 yilini tamomlagan yoki xalqaro munosabatlar, diplomatiya, xalqaro iqtisodiy rivojlanish va boshqa tegishli sohalardagi magistratura, PhD talabasi bo'lishi lozim;
— Dastur boshlangan vaqtda 20-25 yoshda bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini bilish darajasini

Foydali tomonlari
— Xalqaro aviachiptalar;
— Turar-joy xarajatlari;
— Boshqa dasturga oid to'lovlar qoplanadi.

Oxirgi muddat
16.01.2024 11:30

Batafsil
https://grantgo.uz/go/65474

#hamdoʻstlik_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram


Obuna boʻling 👇
@top_scholar
Qabul ochildi!

Bir semestr davomida AQSHda to'liq moliyalashtirlgan holda o'qish — Global UGRAD xalqaro talabalar almashinuvi dasturi

Talablar
— Dasturdan keyin o'z o'quv yurtida kamida bir semestr o'qishi shart. Shu sababli bitiruvchi kurs bo'lmasligi kerak;
— Qo'shma Shtatlarga safar qilayotgan vaqtda 18-24 yoshda bo'lish;
— Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak, lekin IELTS talab qilinmaydi.

Foydali tomonlari
— Bir semestr davomida AQSh oliygohlaridan birida o'qish uchun kontrakt puli qoplanadi;
— Turar-joy (universitet yotoqxonasidan) ajratiladi;
— AQShga borish-kelish uchun chipta xarajati qoplanadi va b.

Oxirgi muddat
15.12.2023 20:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/22889

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

@samandarsaraev


Obuna boʻling 👇
@top_scholar
Ayol va qizlar uchun AQShda 5 hafta davomida tajriba orttirish imkonini beruvchi TechWomen amaliyot dasturi

Talablar
— Dasturda STEM (matematika, muhandislik, texnologiya va ilmiy fanlar) sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo'lgan ayol-qizlar ishtirok eta oladi;
— Kamida bakalavr (yoki ekvivalent) darajasiga ega bo'lishi lozim;
— Ingliz tilida erkin gapirish va yozish qobiliyatiga ega bo'lish.

Foydali tomonlari
— Borish-kelish xarajatlari to'liq moliyalashtiriladi;
— San-Fransiskodan Vashington shahriga ichki aviachipta beriladi;
— Bepul turar joy, ichki transport, oziq-ovqat va mehmonxona xarajatlari qoplab beriladi.

Oxirgi muddat
10.01.2024 22:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/11550

#amaliyotlar #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram


Obuna boʻling 👇🏻
@blogdilshoda
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan barcha talabalar uchun “WikiOromgoh"

Talablar
— Oʻzbekiston Respublikasi oliygohlarida tahsil olayotgan barcha faol talabalar oromgohda ishtirok etish huquqiga ega;
— Oromgohda ishtirok etishni istovchilar Vikipediya haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va universitet yoki institutidagi ijtimoiy hayotda faol boʻlishi talab etiladi.

Foydali tomonlari
— Oromgohda talabalar madaniy hordiq chiqarib, turli dasturlar orqali o‘zlarining iqtidorlarini namoyish etishlari mumkin;
— Oromgoh xarajatlari tashkilot tomonidan qoplab beriladi.

Oxirgi muddat
Iloji boricha tez

Batafsil
https://grantgo.uz/go/38867

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube


Obuna boʻling 👇
@top_scholar
Kanadada boʻlib oʻtadigan One Young World sammitida toʻliq moliyalashtirilgan holda ishtirok etish uchun bp kompaniyasi tomonidan grant — Net Zero Scholarship dasturi

Talablar
— Dasturda 18-30 yosh orasida bo'lgan istalgan davlat fuqarosi ishtirok eta oladi;
— Sohaga doir o'zgarishlarni amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishib kelayotgan bo'lishi kerak;
— Kuchli yetakchilik qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Monrealda bo'lib o'tadigan One Young World Summit-2024da bepul ishtirok etadi;
— Sammit kunlari (2024-yilning 17-21 sentyabr kunlari) Monrealda istiqomat qilish uchun turar-joy bilan ta'minlanadi;
— Borib-kelish xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
01.04.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/51874

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Kanada

Telegram | YouTube


Obuna boʻling 👇🏻
@top_scholar
OSCE akademiyasidan talabalar uchun Bishkek va Issiqko’lda barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi maktab

Iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik va shunga aloqador sohalar bo'yicha bakalavriatning oxirgi kurs talabalari va uni tugatganlar topshirishi mumkin. Dastur ingliz tilida bo'ladi.

Foydali tomonlari
— 4 hafta uchun 450 yevro stipendiya ajratiladi;
— Markaziy Osiyo davlatlaridan Bishkekkacha aviachipta xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
06.06.2024 17:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/19763

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Qirgʻiziston

Telegram | YouTube | Mentorlik


Obuna boʻling 👇🏻
@top_scholar
Ayol-qizlar uchun Qozog'istonda magistraturani to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyati — OSCE Scholarship Programme

Talablar
— Dasturda muhandislik, texnologiya va shunga yaqin sohalar bo'yicha bakalavr yoki magistrlik darajasiga ega yosh ayol-qizlar qatnashishi mumkin;
— Iqtisod va boshqaruv sohasi vakillari ham ishtirok etishi mumkin;
— Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (til bilish sertifikati majburiy emas).

Foydali tomonlari
— O'qish to'lovlaridan ozod etiladi;
— Oylik stipendiya beriladi;
— Yo'l xarajatlari, turarjoy va boshqa tegishli xarajatlar qoplanadi.

Oxirgi muddat
01.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/78894

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Qozogʻiston

Telegram | YouTube | Mentorlik


Obuna bo'ling ⤵️
@top_scholar
18-25 yosh oralig'idagilar uchun Turkiyaning Istanbul shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan dastur — Central Asia & Türkiye Youth Talks

Talablar
— 18-25 yosh oralig'idagi O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkiya yoki Turkmaniston fuqarosi bo'lish kerak;
— Jamiyatning faol a'zosi bo'lgan va Markaziy Osiyo (yoshlar) hududiy hamkorligiga qiziqishi bor nomzodlar dasturga ariza topshirishi lozim;
— Ingliz tilida bemalol soʻzlasha olish zarur.

Foydali tomonlari
— Nomzodlarning turar-joy, oziq-ovqat va yo'l xarajatlari dastur ma'muriyati tomonidan qoplanadi;
— Qatnashchilarning boshqa davlatdan Turkiyaga yetib kelish xarajatlari dastur tomonidan to'lanadi;
— Turkiyaning Istanbul shahriga tashrif buyurish, o'z tengdoshlari bilan bilim almashish hamda tajriba oshirish imkoniga ega bo'ladi.

Oxirgi muddat
03.07.2024 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/00152

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #Turkiya

Telegram | YouTube | Mentorlik


Obuna boʻling 👇🏻
@top_scholar
Amerikada to'liq moliyalashtirilgan holda ilmiy tadqiqot qilish imkoniyatini beruvchi Fulbright Visiting Scholar Program dasturi

Talablar
— Nomzodlar Oʻzbekiston fuqarosi/rezidenti boʻlishlari lozim;
— PhD/unga tenglashtirilgan darajaga ega boʻlish yoki tanlangan taʼlim sohasida kamida 10 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan tajribali mutaxassis boʻlish kerak;
Fulbright Junior Faculty dasturi uchun oliy oʻquv yurtida kamida 3 yillik toʻliq tajribaga ega ilmiy ish qilishni istaydigan oʻqituvchilar ariza topshirishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Amerikaga borish-kelish xarajatlari to'liq qoplanadi;
— To'liq moliyaviy yordam va tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi;
— Ilmiy ishlariga oid Amerika madaniy boyliklardan foydalanish imkoniyati.

Oxirgi muddat
16.09.2024 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/90731

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik


Obuna boʻling 👇🏻
@top_scholar
Bakalavr talabalari uchun Nyu-York shahrida xarajatlari toʻliq qoplanadigan xalqaro konferensiya — The International Conference

Talablar
— Nomzod bakalavriat talabasi bo'lishi lozim;
— Ingliz tilida erkin muloqot qila olishi kerak;
— Konferensiya davomida tadbirlarda to'liq qatnasha olish kerak.

Foydali tomonlari
— Safar xarajatlari qoplanadi;
— Nyu-York shahrida bepul turarjoy bilan ta'minlanadi;
— Oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
02.08.2024 09:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/56001

🔥 Xalqaro konferensiyalarga qiziqadigan do’stlaringizga ulashishni unutmang!

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik


Obuna boʻling 👇🏻
@top_scholar
18-35 yoshdagilar uchun Qozon shahrida bo'lib o'tuvchi to'liq moliyalashtiriladigan 3-IHT Yoshlar Ilmiy Kongressi

Talablar
— Dasturda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan yosh olimlar, tadqiqotchilar va innovatorlar ishtirok etishlari mumkin;
— Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini bilish kerak;
— Ishtirokchilar Kongress yo'nalishlaridan biri doirasida ilmiy tadqiqot bilan shug'ullanadi (1-2 sahifadagi maqola tezislari arizaga ilova qilinishi kerak)

Foydali tomonlari
— Dastur xarajatlari kongress ma'muriyati tomonidan to'liq moliyalashtiriladi. (Aniq grant miqdori tashkilotchilar tomonidan ochiqlanmagan).

Oxirgi muddat
01.08.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/82437

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Rossiya

Telegram | YouTube | Mentorlik

Obuna boʻling 👇🏻
@top_scholar
DAAD (All Academic Disciplines) — Germaniyada magistratura bosqichini istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

Talablar
— Bakalavr bosqichini tugatgan bo'lishi yoki dastur boshlangunga qadar (2025) tugatishi kerak;
— Tanlagan universiteti qabul talablariga javob berishi (til talablari shular jumlasidan);
— Germaniyada ariza topshirish vaqtida 15 oy va undan ortiq vaqt davomida yashab kelayotgan bo'lmasligi kerak.

Foydali tomonlari
— Oylik €934 stipendiya;
— Germaniyaga borish va qaytish uchun sayohat xarajatlari + sug'urta qoplanadi;
— O'qish boshlagan paytda bir martalik yordam puli beriladi va b.

Oxirgi muddat
31.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/87989

DAAD mentorlik kursi
🎓 DAAD mentorlik kursi 3.0

DAAD Hamjamiyati
💬 @DAAD_Community

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik


Obuna bo'ling ⤵️
@top_scholar
18-30 yosh oralig'idagilar uchun Ozarbayjonning Boku shahrida 11 kunlik xalqaro konferensiya — COP29 dasturi

Talablar
— Qatnashchilar 18-30 yosh oralig'ida bo'lishlari lozim;
— Oʻz yurtida migratsiya va iqlim oʻzgarishi masalalarida yetakchi boʻlishi va bu borada turli faoliyatlarni amalga oshirgan boʻlishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— Dastur g'oliblarining barcha xarajatlari to'liq qoplanadi;
— Mavzu doirasida yangi insonlar bilan tanishish, yosh yetakchilar va tashkilotchilar bilan birga ishlash imkoni paydo boʻladi;
— O'z tajribalarini almashish, yoshlar, tajribalari mutaxassislar va soha bilimdonlari bilan fikr almashish imkoni tug'iladi;

Oxirgi muddat
21.08.2024 01:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/15345

🤝 Do‘stlaringiz ham bu imkoniyat haqida bilishi kerak: postni ulashishni unutmang!

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Ozarbayjon

Telegram | YouTube | Mentorlik


Obuna bo'ling ⤵️
@top_scholar
Oksford universitetida magistratura va doktorantura bosqichini istalgan sohada o'qish uchun 200 o'rinli to'liq moliyalashtiriladigan Clarendon granti

Talablar
— Nomzodlar 2025-yil 15-yanvarga qadar Oksford universitetidan o'zlariga tegishli yo'nalishni tanlab hujjat topshirishgan bo'lishlari lozim;
— Ishtirokchilar ingliz tilini bilishlari shart. Sertifikat bali nomzod topshiradigan yo'nalishiga bog'liq;
— akademik ko'rsatkichi yuqori, faol va harakatchan bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Kontrakt pulidan ozod qilinadilar;
— Talabalarga o'qish davomida stipendiya beriladi;
— O'qish davomidagi yashash xarajatlari ham grant tomonidan qoplab beriladi.

Eslatma: oxirgi muddat yo'nalishga qarab farq qilishi mumkin!

Oxirgi muddat
15.01.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/99877

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik


Obuna bo'ling ⤵️
@top_scholar
Bakalavriat, magistratura talabalari va o'qishni bitirganlar uchun Yaponiyada to'liq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi

Talablar
— Dasturda bakalavr yoki magistratura bosqichida o'qiyotgan yoki uni tamomlagan talabalar ishtirok etishi mumkin;
— Nomzod ushbu dasturga katta qiziqishga ega bo'lishi kerak;
— Akademik jihatdan faol bo'lishi va hozirda o'qiyotgan sohasi amaliyot dasturiga aloqador bo'lishi lozim va b.

Foydali tomonlari
— Amaliyot uchun kuniga 2,400 yen ($15) beriladi va soliqlardan ozod etiladi;
— Yaponiyaga borish-kelish safar xarajatlari qoplab beriladi;
— Amaliyot joyiga borish-kelish uchun Shuttle Bus Pass, ya'ni avtobus chiptasiga ega bo'ladi va b.

Oxirgi muddat
15.10.2024 19:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/62011

#amaliyotlar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Yaponiya

Telegram | YouTube | Mentorlik


Obuna bo'ling ⤵️
@top_scholar
Yaponiya qishki madaniyat oromgohi — 40 yoshgacha boʻlgan barcha millat vakillari uchun 6 kunlik madaniy sayohat

Talablar
— Nomzod 17-40 yosh oralig'ida bo'lishi lozim;
— Barcha millat vakillari qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar ingliz tilida erkin muloqot qila olishlari kerak.

Foydali tomonlari
— Xarajatlari toʻliq qoplanadigan (fully funded) grant dasturida safar xarajatlari, turarjoy, aeroportdan kutib olish va kuzatish bilan bogʻliq xarajatlar, ovqatlanish, ichki transport xarajatlari qoplanadi;
— Ketish oldidan 1 haftalik bepul yapon tili kursi;
— Osaka va Kioto boʻylab piyoda sayohat;
— Qatnashgan barchaga sertifikat beriladi.

Oxirgi muddat
31.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/40682

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Yaponiya

Telegram | YouTube | Mentorlik


Obuna bo'ling ⤵️
@top_scholar