tolibation
36 subscribers
75 photos
20 videos
23 links
Yaxshilikdan yaxshisi yo’q…
Download Telegram
Hozir bu yerda harorat −1 daraja. Oʻz yurtimdagi oʻrtacha qish esa −10 atrofida boʻladi. Lekin ayni dam hayotimdagi eng sovuq qishni oʻtkazayotgandekman.

“Yaqin insonlar tafti issiq boʻladi“ degan gapni faqat maʼjoziy maʼnoda deb oʻylar edim. Bugun shuni tushundim:

Issiqlik haqiqatan ham yaqinlaring atrofida joylashgan. Ularning nafas olishi, kulgusi va umuman yoningda borligi termometr koʻrsatmaydigan, lekin butun vujuding bilan his qiladigan iliqlik beradi.
Baxt nima?

Seni tog’a deb chaqiradigan beshinchi inson dunyoga kelishi


Alhamdulillah!
tolibation
Baxt nima? Seni tog’a deb chaqiradigan beshinchi inson dunyoga kelishi Alhamdulillah!
Amaki deb chaqiradigan esa ikkinchi..

Xursandchilikdan izohlarni ochib yubordik. Tabriklarga ochiqmiz:
Shu kungacha sening bir so‘zing butun kunimni yoritishi mumkin degan ishonchda yashadim. Bugun esa, o‘sha so‘zni kutish butun hayotimni zulmatga aylantirganini angladim
Erkinlik — bu odam o‘zini o‘zi boshqara olish orqali erishiladigan narsa.

Ijtimoiy tarmoqda o‘tirib, istagan paytda kontent iste’mol qilayotgan bo‘lsangiz, erkin emassiz, iste’molchisiz.
Ular hozirda vaqtdan ham qimmat pul birligi hisoblanadigan e’tibor energiyangizdan foydalanmoqchi bo‘lishadi.

Mana shu e’tiborni qaysi tomonga qaratishni nazorat qila olish — bu erkinlik degani

Podkastdan
Tongdan beri sinov yuz tutdi takror.
Jang hovlisiga nafs yolg‘iz kelmasdi.
Qosh qorayganda bir anglaganim bor,
Och qolish yagona maqsad emasdi.

Ramazoni sharif muborak!

@tolibation
Begona zaminda o‘zbekona muhitni ko‘rsam, beixtiyor ichim yorishadi. Shundoqqina yurt “hidi” kelib turibdi
Sabr — bu faqatgina passiv chidash degani emas. Bu istaklar puchga chiqib, iztirob ichida yoʻlni yoʻqotib qoʻyganda ham, Allohning qadariga boʻlgan iymon bilan mustahkamlangan intizomdir.

Yurak dars ketgan, koʻzda nam boʻlgan vaqtda ham, bandaning Robbisiga boʻlgan ishonchi oʻzgarmaydi — koʻngil sinmaganidan emas, balki Unga boʻlgan yaqinlik har qanday foniy narsalardan ustunroq boʻlgani uchun
Faqat oddiy va kamtarin hayot orqali inson o'z maqsadini aniq belgilay oladi.
Faqat tinch va sokin holatda inson uzoq muddatli maqsadlarga erisha oladi.
Bugun hamma o’z mamlakati va milliy bayramlari haqida prezentatsiya qilish kerak edi.
Kiygan kiyiming — aytmoqchi bo‘lgan so‘zingning birinchi harfi. Bugun shu harfdan boshladim..
Rad etilish — bu falokat emas.

Rad etilmayapsizmi, demak, hech nima qilmayapsiz. Bir ishga qo‘l urganingizda juda ko‘p “yo‘q”larni ko‘rasiz. Ba’zan yuzingizga aytishmaydi, ba’zida shunchaki e’tiborsiz qoldirishadi. Maqsad — sizni to‘xtatish.

Boshqalarning shubhali nigohlari bilan yo‘lingizni xiralashtirmang. Kimdir sizni sevadi, kimdir yoqtirmaydi, yana kimdir umuman befarq. Hammasi tabiiy.

Muvaffaqiyat bir keladi va ketadi. Dunyo musobaqa emas. Boshqani yengishga majbur emassiz. O‘z yo‘lingizda keting.

Shoshmang, lekin to‘xtamang ham..
掩耳盗铃 - Quloqlarini berkitib qo‘ng‘iroq o‘g‘irlash

Bir vaqtlar bir odam bor edi, birovlarning yaxshi narsasini ko‘rsa, darhol o‘g‘irlashni xohlardi. Kunlardan bir kuni u bir uyning eshigida juda chiroyli qo‘ng‘iroqni ko‘rib qolibdi. Qo‘ng‘iroq nafaqat ko‘rkam, balki ovozi ham juda yoqimli ekan. Odam uni o‘g‘irlashga qaror qilibdi.

Ammo bir muammo bor edi: qo‘ng‘iroqqa tegsa, jiringlab ovoz chiqaradi, ovozni eshitgan uy egalari esa darhol payqab qolishadi. Shu haqda o‘ylanib, u o‘zicha bir fikrga kelibdi: “Qo‘ng‘iroq ovozini eshitmaslik qiyin emas-ku, quloqlarimni berkitib olsam, bas.”

Kechqurun u uyning oldiga kelib, quloqlarini berkitib, qo‘ng‘iroqni uzmoqchi bo‘libdi. Lekin qo‘l tekkazishi bilan qo‘ng‘iroq jaranglab yuboribdi. Uy egalari ovozni eshitib, yugurib chiqib, qo‘ng‘iroqni o‘g‘irlayotgan odamni qo‘lga olishibdi.

O‘g‘ri esa hayron qolibdi: “Men axir quloqlarimni berkitgan edim-ku, qanday qilib ular ovozni eshitishdi?”


Maqol “o‘zini aldab, boshqalarni ham aldamoqchi bo‘lgan odam” ni anglatadi. Ya’ni, biror ishni yashirish uchun qilingan ahmoqona harakat faqat o‘zini aldash bilan tugaydi, chunki haqiqat baribir oshkor bo‘ladi.
Uzatgan qo‘lingni tutmagan qo‘llardan hafamisan, yoki tutmaydigan qo‘llarga qo‘lingni uzatgan o‘zingdan g‘azabdamisan?
Bu asarni o‘qishdan oldin ko‘p joyda “bu kitobda kim baxtli?” degan savollarni ko‘rardim. Bugun tugatib javob topdim:
Bu kitobni o‘qimaganlar baxtli.
Endi sirlar saqlanmaydi, endi Telegram ham xavfsiz emas, endi ma’lumotlarimiz hammada bo’lishi mumkin..
AI dunyosiga tayyor turing!

Podkastni shu bugun yashayotgan har kimga tavsiya qilaman:

https://youtu.be/JF6jWkL4UFA?si=KutE0_p_apmy3kmG
Inson kichik istak bilan boshlaydi. Bir urug' yetadi, deb o'ylaydi. Keyin o'sha urug' unadi, gullaydi, ortidan bahorni olib keladi.
Shunda tushunadi: qancha ko‘p istasa, shuncha ko‘p mas’ul bo‘lib qoladi. Ammo shu mas'uliyatning o‘zi — qalbni tirik tutadigan narsa
Men hammani tashlab ketmoqchi boʻldim, lekin hech kim yoʻq ekan.
"Telba" kitobidan
O‘zingiz uchun diqqatli ish nima va nima emasligini belgilab oling.

Masalan:
Diqqatli ish — kechgacha uxlamay, duch kelgan ishlarni qilib, shunchaki band bo‘lib ko‘rinib o‘tirish emas.
Kimdir sizni qayergadir chaqirsa, ketib qolaverish emas.
Kafega borib, Macbookni ochib, Telegramdan kimnidir xabarini kutib, jiddiy ko‘rinib o‘tirish emas.
O‘qimaydigan kitoblaringizni polkaga terib qo‘yish emas.
Birdaniga 8 ta ishni qilish ham diqqatli ish emas — ayniqsa, ularni qilayotganda siz qayta-qayta chalg‘iyversangiz.

Diqqatli ishni rejalashtiring va uni himoya qiling.
Motivatsiya yoki “to‘g‘ri vaqt”ni kutmang — u kelmaydi.

Podkastdan
O‘zbekistonga qaytganimdan keyin “shu yerdamisiz yoki yana ketasizmi?” deb so‘raydiganlar, qolishimni xohlashadimi yoki ketishimni? ))
Bugun hamma muammolarni unuting. Oʻynang, kuling, yeb-iching. Shunchaki halol boʻlgan xursandchilik qiling, tamom.

Qolgan masalalarni keyingi kun hal qilasiz. Bugunni Alloh taolo bizlarga xursandchilik qilish uchun berdi. Bayram muborak azizlar!!!