TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI ANDIJON FAKULTETI
1.49K subscribers
1.21K photos
215 videos
1.28K files
567 links
Download Telegram
Forwarded from Nozimjon Roʻzimatov
Joriy yilning 25-aprel sanasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakultetida
ertalabgi badantarbiya davom etmoqda!!
Bugun 26-aprel Andijon farzandi, shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.


TALABALAR MADHIYASI

Alp o‘g‘lonlar o‘lkasi bu ko‘hna Turon
Qalqonlari, qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang!

Taxtdan tushganda ham otdan tushmay yurgan,
Ajdodingiz uy qurmagan Davlat qurgan.
Yurti uchun yelkasida tog‘lar surgan,
Rustamlari, Farhodlari, ilm istang.

Ko‘z ochgandan kezib yetti bahri ummon,
Yetti tilda so‘ylashgan biz tili biyron.
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton
Boburlari, Behzodlari, ilm istang.

Haq yo‘lida siz ilmning ummatlari,
Xalq yo‘lida hidoyati, himmatlari.
Madad bo‘lsin Yassaviyning hikmatlari,
Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang.

Ilm istang, izingizdan ibrat yog‘sin,
Ixlosingiz, shahdingizdan shiddat yog‘sin.
Ortingizdan mag‘rur-mag‘rur millat yog‘sin
Mulki Turon najotlari, ilm istang!

Alp o‘g‘lonlar o‘lkasidir O‘zbekiston,
Erkli elning qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.

Muhammad Yusuf
Uorren Baffetga savol berishdi:
– Siz dunyodagi eng boy odamlardan birisiz. Nega hamma siz kabi boʻlolmaydi?
Baffet javob berdi:
– Chunki hech kim asta-sekin boyib ketishni xohlamaydi.

Uorren Baffet tarixdagi eng yirik sarmoyadorlardan biri bo‘lib, uning boyligi bugungi kunda 165 milliard dollardan oshadi. Ammo cho'qqiga olib boradigan yo'l uzoq edi:

26 yoshida - 140 ming dollar
30 yoshida - 1 million dollar
39 yoshida - 25 million dollar
50 yoshida - 300 million dollar
60 yoshida - 3,8 milliard dollar
70 yoshida - 36 milliard dollar
89 yoshida - 82 milliard dollar
94 yoshida - 165 milliard dollar

Baffetning siri – bu vaqt, intizom va sabr. U tez pul qidirmadi, balki murakkab foiz tamoyiliga amal qilgan holda kapitalini yildan-yilga oshirib bordi.
Forwarded from ○ |~Bilarmidingiz?| (𝓞𝔃𝓸𝓭𝓫𝓮𝓴 𝓜𝓪𝓼𝓾𝓭𝓳𝓸𝓷𝓸𝓿​)
Arnold Sommerfeld nazariy fizik va fizika bo‘yicha Nobel mukofotini olgan to‘rtta fizikning, shuningdek boshqa sohada mukofotga sazovor bo‘lgan yana ikkita olimning ilmiy rahbari bo‘lgan. Sommerfeldning o‘zi 81 marta Nobel mukofotiga nomzod bo‘lgan va lekin hech qachon mukofotni qo‘lga kiritmagan.

💡@Bilarmidingiz_aa
Forwarded from Muhammadabdulaziz
Kelajakka qaqdam.pptx
1.5 MB
TDIU Andijon fakulteti Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tyutorlari va professor oʻqituvchilar,talabalar birgalikda kitobxonlik kuni munosabati bilan Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Yoshlar kutubxonasiga tashrif buyurdilar.
Хурматли Кундузги таьлим 3 курс ва Сиртки таьлим шакли 5-курс талабалари. 2025 йилнинг 29 апрель куни соат 10.00 да факультет фаоллар залида корхона ва ташкилотлар ходимлари билан "Карьера куни" га багишланган Презентациялар ўтказилади. Барчани таклиф этамиз.
Forwarded from ○ |~Bilarmidingiz?| (𝓞𝔃𝓸𝓭𝓫𝓮𝓴 𝓜𝓪𝓼𝓾𝓭𝓳𝓸𝓷𝓸𝓿​)
✍️ Aqlli insonlar odatda tez o‘ylashadi va ularning fikrlash tezligi yozish tezligidan juda yuqori bo‘ladi. Shuning uchun aqlli insonlarning husnixati odatda xunuk bo‘ladi.

💡@Bilarmidingiz_aa