TKTI.UZ | Rasmiy kanal
6.58K subscribers
29.3K photos
1.76K videos
437 files
6.53K links
Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт

71-244-79-18
info@tkti.uz
https://tkti.uz
instagram.com/tktiuz
fb.com/tktiuzrasmiy
youtube.com/@tktiuzrasmiy
linkedin.com/company/tktiuz

Murojaat uchun: @TKTIMX
Download Telegram
#hamkorlik

17-19-may kunlari O‘zbek tili va professional ta'lim kafedrasi dotsenti G.N.Tavaldiyeva 🇰🇬Qirg'iziston Respublikasi O‘sh Davlat universiteti Tilshunoslik tadqiqotlari markazi direktori, “Qirg‘iziston qiyosiy lingvokonseptologiyasi” maktabi asoschisi, filologiya fanlari doktori, professor Zulpukarov Kapar Zulpukarovich tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan “Qirg'iziston lingvoetnomadaniy makonida nazariy va amaliy tilshunoslikning ustuvor yo'nalishlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi.

Konferensiyaning birinchi kunida yalpi majlisida Qirgiz Respublikasi, Rossiya, O‘zbekistondan taniqli tilshunos olimlar, akademiklar qatnashib, ma’ruza qildilar. Yalpi majlisda G.Tavaldiyeva so‘zga chiqib, institutimiz va O‘shDU o‘rtasidagi o‘zaro
hamkorlik, K.Zulpukarov faoliyat yuritayotgan kafedra bilan olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida gapirdi. G.Tavaldiyeva anjumanda “A.Navoiy ijodi misolida o‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar qatlami haqida” mavzuida ma'ruza qildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Shayxontohur tumanida “Ayollar balansi”ni shakllantirishda tuman mahalla xotin-qizlar faollari mahallalardagi hokim yordamchilari bilan hamkorlikda shtab tashkillashtirildi.

Bunda mahalla xotin-qizlar faollariga hokim yordamchilari yaqindan koʻmak berib kelmoqdalar.

Shuningdek ushbu jarayonlarni tashkillashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatori Gulnora Marufova, Shayxontohur tumani hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan biriktirilgan Respublika vakillari, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi rahbarlari yaqindan yordam berdilar.
#hamkorlik
#VTSUF

Sankt-Peterburg politexnika universiteti Biotexnologiya va oziq-ovqat ishlab chiqarish oliy maktabi direktori Bazarnova Yuliya Genrixovna Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti, Biotexnologiya fakultetiga tashrif buyurdi.

Biotexnologiya kafedrasi mudiri hamda professor oʻqituvchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Kafedradagi ilmiy laboratoriya va bajarilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Xamkorlikda memorandum imzolashga hamda oʻquv va ilmiy stajirovkalarni amalga oshirish boʻyicha kelishildi.
#hamkorlik

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga
🇨🇦Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Alison Leyler tashrif buyurdi.
Uchrashuvdagi jarayonlar haqida video orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

https://youtu.be/JjntZXbnWaM
#hamkorlik
#OTM_MFY

8-iyun kuni Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti tyutorlari hamda
"Ijtimoiy siyosiy fanlar: kafedrasi tashabbusi bilan “Eshonguzar” MFY yoshlari hamda institut xodimlari o'rtasida sportning shaxmat-shashka, stol tennis turlari boʻyicha o'rtoqlik bahslari tashkil etildi.

Bahslarda faol ishtirok etgan mahalla yoshlari fakultet jamoasi nomidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
#hamkorlik
#ishbilantàminlash

"Merit Chemical" korxonasi bilan hamkorlik davom etmoqda!!!

7 iyun kuni "Merit Chemical" korxonasi tomonidan “OTMlar bilan ishlash” loyihasi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari mutaxassislik, IQ va EQ testlarini topshirishdi.

Sinov test jarayonlari kompaniyaning bosh ofisi majlislar zalida boʻlib oʻtdi.
Sinov testlaridan oʻtgan talabalar yakuniy bosqichga yoʻllanma oladi.
#qòshmatàlim
#hamkorlik

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi mudiri A.N.Shernayev va Innovatsiyalar va tijoratlashtirish bo'limi boshlig'i N.R.Mardonovlar ayni kunlarda 🇹🇷Turkiya davlatining Anqara shahrida joylashgan Ostim texnika universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif Germaniyaning GIZ kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan boʻlib, bunda Oʻrta Osiyo davlatlari Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning universitetlaridan vakillar ishtirok etishmoqda.

Vakillarimiz tomonidan xizmat safari davomida Ostim texnika universiteti bilan
hamkorlik memorandum tuzilib, shartnomasi imzolandi.

Memorandumda professor-oʻqituvchilarni malakasini oshirish, talabalar almashinuvini qilish va qoʻshma taʼlimni tashkil etish boʻyicha institutimiz bilan
hamkorlik masalalari koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari Qoʻshma taʼlim boʻyicha alohida shartnoma tuzilib, 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” hamda “Kompyuter injeneriya taʼlimi” boʻyicha Turkiyaning Ostim texnika universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim 2+2 taʼlim dasturlarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi. 

Tashrif davomida kunning ikkinchi yarmida Ostim texnika universiteti yonida joylashgan Ostim Texnopark bilan tanishildi. Ostim Texnoparkda yangi laboratoriyalar va amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, lohiyalash ishlari, spinop markazlari, tijoratlashtirish markazlari bilan tanishildi. 

Tashrif davom etadi.
#tashrif
#hamkorlik

22-iyun kuni “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi va “Enologiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish" kafedrasi tomonidan aholiga xizmat koʻrsatuvchi eng mashhur brend kompaniya “EVOS” korxonasiga bitiruvchi va ishlash istagini bildirgan talabalar tashrifi tashkil etildi. 

Tashrifning birinchi qismida talabalar korxona bilan toʻliq tanishtirildilar va korxona rahbariyati talabalar bilan ochiq suhbat oʻtkazdilar.

Korxona ishlash istagi boʻlgan talabalarga boʻsh ish oʻrinlarini taklif etishdi. “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimi boshchiligida “EVOS” korxonasi bilan
hamkorlik shartnomalari imzolandi.
#hamkorlik

🇹🇷Turkiyaning Ostim texnika universiteti o‘rtasida Хalqaro qo‘shma ta'lim dasturlarini tashkil etish hamda ilmiy – tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha onlayn Zoom platformasi orqali uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Usmonov, prorektorlar T.Safarov, X.Po‘latov, bo‘limi boshliqlari - A.Shernayev, X.Bo‘tayevlar, Turkiyaning Ostim Texnika universiteti rektori Murat Yulek, prorektor Unsal Sigri, Muhandislik fakulteti dekani Demiral Akbar, Bosh kotib Zeki Shimshek, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshligi Baxtiyar Najafov, Xalqaro aloqalar boshqarmasi koordinator Selim Girayalp, Ostim texnikumi direktori O‘zgo‘r Tekaslanlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Turkiyaning Ostim texnika universiteti o‘rtasida 2+2 bakalavriat ta'lim shaklida “MATERIALS SCIENCE AND ENGINEERING”, COMPUTER ENGINEERING (English and Turkish) hamda 428478-Computer Engineering (English and Turkish) Master’s Degree magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta'lim dasturlarini tashkil etish, OTMar o‘rtasida o‘quv, ilmiy tadqiqot ishlarida hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, OSTIM texnoparki bilan
hamkorlik masalasi, OSTIM universiteti qoshidagi texnikum bilan hamkorlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Yakunda O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada mustahkamlash, o‘zbek yoshlarini Turkiyada tahsil olishlariga shart – sharoitlar yaratish, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab 2+2, 1+1 ta'lim shakllarida bakalavriat va magistraturada mutaxassislarni tayyorlashga kelishib olindi. Hamkorlikda o‘quv rejalarni ishlab chiqish, TKTI professor-o‘qituvchilari malaka oshirishlari va qisqa muddatli stajirovkalar, talabalar almashinuvi va ilmiy tadqiqot ishlarini o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish rejalari kelishildi.
#hamkorlik
#ichki_turizm

Samarqand viloyatidagi mahalla fuqarolar yig'ini raislari uchun tashkil etilgan o'quv seminarlarida trener-moderator sifatida ishtirok etgan Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov Samarqand viloyatiga tashrif davomida Urgut tumani "G'ovsul Azam bobo" ziyoratgohida bo'ldi.

Ushbu ziyoratgoh tarixi, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Ziyoratgoh rahbariyati bilan uchrashib, kelgusida ushbu ziyoratgohda professor-o'qituvchilar, talabalar uchun ichki turizm doirasida sayohatlar tashkil etishga kelishib olindi.
#Mahalla
#hamkorlik

👩‍🎓 Bugun Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekan o'rinbosari Nigora Zulyarova, xotin-qizlar ishlari bo'yicha dekan maslahatchisi Muxtarrama Bekmuratova, Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Ayna Omarova, tyutorlar Bekzod Bekchanov va Murod Bo'riyevlar Mirzo Ulug'bek tumanidagi Yuzrabot mahallasiga tashrif buyurishdi.

🇺🇿 Tashrif davomida Yuzrabot MFY raisi Shoabdiyev Shorustam hamda hokim yordamchisi Atoyev Otabeklar bilan uchrashib rejalar belgilab olindi.

🔥 Bundan tashqari Yuzrabot mahallasida joylashgan 210-maktabda prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus doirasida "Sport bizni birlashtiradi" shiori ostida sportning voleybol turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

🏆 Musobaqada institutning Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Ayna Omarova hakamlik qildi. Musobaqa g'oliblari esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.


🌐 Sayt | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 Twitter | 📱 VK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from XAB TCTI International Relations Department
#halqaro
#hamkorlik

🇺🇿🇷🇺🇺🇿 МЕЖДУНАРОДНЫЙ ФЕСТИВАЛЬ В ТХТИ

🌺ОТКРЫВАЯ РОССИЮ OТ МОСКВЫ ДО САМЫХ ДО ОКРАИН
НА ИНТЕРАКТИВНОМ КОВРЕ-САМОЛЕТЕ 🌺

Время проведения: 10 ноября, 10.00-13.00
🏢Место проведения: Ташкентский химико-технологический институт
Организатор: Московский государственный университет пищевых производств МГУПП совместно с ТХТИ.

Участники: студенты, школьники, преподаватели

‼️Регистрация (обязательная, до 5 ноября 2022 г.) :
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfV3DYfUI-AGllt1ormXRMAMWZWjtiBVyobQlq1aVe6UiYQEw/viewform

ВАЖНО ‼️ Для получения сертификата заполните форму (обязательная, до 5 ноября 2022 г.):
https://forms.gle/hxy6EK7hkYQEeJPx8

Количество мест - ограниченное.

⚡️УЧАСТИЕ В ФЕСТИВАЛЕ БЕСПЛАТНОЕ
Вам нужно зарегистрироваться и получить задания.
💰Победители получают ценные призы. Все участники получают сертификат.

🔥Для преподавателей ТХТИ запланированы курсы повышения квалификации с выдачей сертификата.

💥Более подробно о Фестивале: https://edu.mgupp.ru/or
Фестиваль "Открывая Россию: от Москвы до самых до окраин на интерактивном ковре-самолёте "-это серия интерактивных образовательных и просветительских ресурсов для иностранных граждан.

💥💥💥В программе Фестиваля: игры, онлайн викторины, квесты, мастер классы.
Forwarded from TKTI Yoshlar Ittifoqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali o'rtasida tajriba almashildi.
#HAMKORLIK
#OOMTF

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishi ma’lum qilindi.
Shu munosabat bilan “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida 27-mart kuni OOMTF Muhandislik grafikasi va Mexanika asoslari kefedrasiga biriktirilgan Shayxontohur tumanida Zangi ota mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mavjud muammolar o‘rganildi va ularni yechimlari haqida mahalla faollari bilan suhbatlashdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 👍 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

🧃 “Natural Juice” korxonasi mutaxassislari tashrif buyurdilar.

30-mart kuni Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakultetiga Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i A.Mirkomilov taklifiga binoan Natural Juice OOO korxonasi vakillari tashrif buyurdilar.

Tashrifdan maqsad korxona bilan institut o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va talablarni amaliyotga yuborish. Korxonani kadrlar zaxirasi bilan ta'minlashdir.

Korxona mutassadi xodimlari "Enologiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish" va "Biotexnologiya" kafedralari talabalari bilan uchrashdilar. Korxona haqida ma’lumot berdilar. Qiziqishi bor talabalarni amaliyotga taklif etdilar. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 👍 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HAMKORLIK
#OOMTF

⚡️ Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

❗️ Yig‘ilishda mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishi ma’lum qilindi.

👩‍🎓 Shu munosabat bilan “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida 12-fevral kuni Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti Muhandislik grafikasi va Mexanika asoslari kefedrasiga biriktirilgan Shayxontohur tumanida Zangi ota  mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mavjud muammolar o‘rganildi va ularni yechimlari haqida mahalla faollari bilan suhbatlashdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 👍 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #halqaro

🇺🇿🇷🇺 23-fevral kuni Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya institutida Rossiya ilm-fan kunini va buyuk rus olimi D.I.MENDELEEV tug'ilganining 190 yilligi nishonlashga bag'ishlangan "Rossiya fanlar kuni" tadbirida institutitmizning Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Z.Babaxanova, Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig’i J.Isamatova, Magistratura bo'limi boshlig'i F.Hudoyberdiev va 30 nafar doktorantura, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi hamlorlikning ilmiy-texnologik yo'nalishlari, jumladan qishloq xo'jaligi va yashil kimyo, atom energetikasi va yangi materiallar, bioinjeneriya va sog'liqni saqlashni raqamlashtirish sohasidagi ilm-fanning zamonaviy yutuqlari muhokama qilindi.

❗️ Xalqaro tadbirlar 23-24 fevral kunlari RKTU Toshkentdagi filialida tashkil etiladi.

✔️ 24-fevral kuni (10.00-17.00) Ilmiy anjuman va tadbirlar davom etadi, magistrant va doktorantlarning dolzarb mavzular bo'yicha taqdimotlari tashkil etiladi.

23-fevral kuni 10.00-17.00
24-fevral kuni 10.00-17.00

TKTI talabalari va professor-o'qituvchilari ILMIY FORUMga taklif etiladi.


Manzil: TTZ-1, 47 UY. RKTU TOSHKENTDAGI FILIALI.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM