TKTI.UZ | Rasmiy kanal
5.96K subscribers
28.3K photos
1.67K videos
419 files
6.28K links
Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт

71-244-79-18
info@tkti.uz
https://tkti.uz
instagram.com/tktiuz
fb.com/tktiuzrasmiy
youtube.com/@tktiuzrasmiy
linkedin.com/company/tktiuz

Murojaat uchun: @TKTIMX
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Munosabat

⚡️Oliy taʼlim muassasalarida qishki taʼtildan keyingi oʻqish onlayn shaklda boʻlishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan

Soʻnggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari koʻpaygani sabab jamoatchilik oʻrtasida qishki taʼtildan keyingi oʻqish onlayn shaklda boʻlishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Xabaringiz bor, rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga masʼullar uchun joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etilishi munosabati bilan oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilgan edi.

Shu oʻrinda, belgilangan tartibga koʻra, koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi hamda barcha idora va tashkilotlar, shu jumladan, oliy taʼlim muassasalari ham mazkur qaror asosida ish yuritadi.

Bu borada Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qilgan taqdirda vazirlik rasmiy manbalari orqali qoʻshimcha maʼlum qilinadi.

Shu sababli barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan asoslanmagan xabarlar tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻrab qolardik.

Vazirlik axborot xizmati rasmiy maʼlumot olishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun hamisha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi. Bunda @eduuzaxborotxizmati_bot telegram boti yoki 71-207-15-86 raqami orqali murojaat qilishlari soʻraladi.

Fuqarolar 1006 ishonch telefoni va 71-230-64-64 call-markazi orqali oʻz murojaatlarini yoʻllashlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
19-04.pdf
1.6 MB
#tarqatamiz
#munosabat

📰"Xalq so'zi" gazetasining 19-apreldagi sonida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Botir Shukurillayevich Usmonovning "Kimyo sanoati: strategik vazifalarning innovatsion yechimi" mavzusidagi maqolasi e'lon qilindi.
Hurriyat gazetasi 20 aprel.pdf
1.6 MB
#tarqatamiz
#munosabat

📰"Hurriyat" gazetasining 20-apreldagi sonida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Botir Shukurillayevich Usmonovning "Oliy ta'limning istiqbolli qadamlari yoki tizimni yangi sifat bosqichiga ko'tarish, zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallagan har tomonlama yetuk avlodni yetishtirish borasidagi muhim vazifalar xususida" mavzusidagi maqolasi e'lon qilindi.
Forwarded from Manaviyat.edu.uz (НАРГИЗА)
#munosabat
#bir_xalq
#bir_millat

Biz bir tanu bir jonmiz!
👉Batafsil

✍️Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor v.b B.N.Boborajabov

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Forwarded from Edu.uz
​​#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda 2-bosqich magistratura talabalari tomonidan bu yilgi oʻquv jarayoni uchun amalga oshiriladigan toʻlov shartnoma pullari borasida tushunmovchiliklarga asoslangan xabarlar tarqalmoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi holatni quyidagicha izohlaydi.

Prezidentimizning 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son va 2022-yil 15-iyundagi PQ–279-son qarorlarida davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilinganlarning toʻlov-kontrakt summasi bir talabaga toʻgʻri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanishi koʻrsatilgan.

Ularga koʻra, magistratura (klinik ordinatura)ga oʻtgan oʻquv yilida qoʻshimcha qabul qilingan talabalar belgilangan toʻlov-kontrakt summasini shartnomaga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida ham shu miqdorda toʻlashlari lozim.

Ammo ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tartibdagi toʻlov miqdori notoʻgʻri, yaʼni oshirilgan yoki tabaqalashtirilgan (super) kontrakt sifatida undirilayotgani talqin qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bu toʻlov miqdori oshirilgan yoki super kontrakt hisoblanmaydi.

Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan talabalar va ularning yaqinlaridan toʻlovlar borasida savol tugʻilganda rasmiy manbalarga tayanishlari, asossiz xabarlarga ishonmasliklarini soʻrab qolamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
​​​​#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bitta ko‘chat atrofida besh kishi ovvora! Beshinchi kishi sizga ko‘rinmayaptimi?!” deb nomlangan xabariga MUNOSABAT

🤝 Hurmatli Kompromatuzb sahifasi mualliflari, avvalo, sizga tashakkurimizni izhor qilmoqchimiz! Negaki, “Bitta ko‘chat atrofida besh kishi ovvora! Beshinchi kishi sizga ko‘rinmayaptimi?!” deb nomlangan chiqishingiz orqali davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan mamlakat miqyosida daraxtzorlarni ko‘paytirishga oid “Yashil makon” umummilliy loyihasining amalga oshirilishi jarayonlarida Oliy ta’lim vazirligi jamoa bo‘lib hamjihatlikda ishtirok etayotganliklarini ommaga namoyish qilib berdingiz.

☝️Qolaversa, do‘st achitib gapiradi, deganlaridek, “...ko‘chat o‘tqazish to‘g‘risida tushunchaga ega emaslar, shekilli”, degan pichinglaringizni ham do‘stona qabul qildik. Ko‘chat ekish, bog‘ yaratish borasida tushunchalar Siz-u bizning, barchamizning qon-qonimizga singib ketgan qadriyat hisoblanadi. Har birimiz bolaligimizdanoq ota-bobolarimiz bilan hech bo‘lmaganda bir marotaba hamjihatlikda ko‘chat ekib, kitoblarda yozilmagan tushunchalarni olganmiz.

👉 Masofatalim sahifasi yozgan “Uyalinglar-e”, degan joyingizda esa uyalgimiz kelmadi. Axir nega uyalamiz? Biz uyaladigan ish qilayotganimiz yo‘q. Atrof-muhitni zararlaydigan chiqindi tashlaganimizda, hamma ishlab, biz qo‘limizni qovushtirib turganimizda yoxud yashnab turgan dov-daraxtlarni kesib tashlayotganimizda edi uyalsak o‘rinli bo‘lardi.

🌱 Hurmatli @kompromatuzb va @masofatalim sahifasi mualliflari! Ma’lumingizkim, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari yurtimiz bo‘ylab hali davom etadi. Ushbu loyihada ko‘chat ekishning “tushunchasi”ni emas, hadisini sizlardan o‘rganib olarmiz, degan maqsadda sizlarni keyingi ko‘chat ekish jarayonlarida hech bo‘lmaganda ko‘rinmay turadigan beshinchi kishi sifatida biz bilan hamjihatlikda ishtirok etishingizni do‘stona taklif qilib qolamiz.

©️Hurmat bilan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi direktori Fozilbek Farhodov

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#munosabat

Taʼtil davrida talabalarga sharoit yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov
respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlariga uzaytirilgan taʼtil yakuniga kelmay oliygohga kelgan talabalarga tegishli shart-sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Ayni damda qishki taʼtil uzaytirildi, ammo yotoqxonaga ertaroq kelib, oʻqishga tayyorgarlik koʻrish yoki boshqa maqsadli ishlarni koʻzlab hududlardan taʼlim muassasalariga kelib boʻlgan talabalarga qishki qoʻshimcha taʼtilni oʻz yaqinlari bilan birga ota-onalari bagʻrida samarali oʻtkazishlari tavsiya qilinadi va bunga barcha sharoitlar yaratish boʻyicha individual ishlar olib borilmoqda.

Havo haroratining keskin tushishi natijasida mavsumiy yuqumli kasalliklarning avj olishi yuqori ekanligi tushuntirilib, har bir talabaga real vaziyatdan kelib chiqib, xohishlariga koʻra zarur sharoit yaratib berish choralari koʻriladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan mazkur topshiriq barcha taʼlim muassasalari rahbarlariga berilgan. Shuningdek, talabalarning taʼtillarini samarali tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Shu oʻrinda, oʻz yashash hududlarida qolgan talabalarga oʻz ustilarida ishlash, kitob mutolaa qilish, onlayn darslar orqali oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlari tashkil etiladi.

Talabalar har qanday muammoli vaziyatlarda oʻzlari tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi rektoratiga murojaat qilishlari soʻraladi.

Bu choralarning barchasi havo haroratining keskin tushishi natijasida talabalar sogʻligiga jiddiy zarar yetkazmaslik maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu oʻrinda OTMlar rahbariyatiga har bir talaba uchun qoʻshimcha qishki hordiqni samarali tashkil qilish va bunda insoniylik tamoyillariga rioya qilib, masalaga yechim topish qatʼiy belgilandi. Mazkur topshiriq vazirning shaxsiy nazoratida ekanini eslatib oʻtamiz.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Ijtimoiy-siyosiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi Hamroyev Sanjar Samiyevich tomonidan kuni kecha AQSHda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi Davlatimiz rahbarining nutqiga #MUNOSABAT

📹 HD Formatda ko'rish ➡️ https://youtu.be/vH1MPEoL7zM

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 👍 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Rektorining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Aripova Gulnora Shuxratullayevna tomonidan kuni kecha AQSHda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi Davlatimiz rahbarining nutqga #MUNOSABAT

📹 HD Formatda ko'rish ➡️ https://youtu.be/WsFbZ6z2zjw

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 👍 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_Biz_haqimizda
#Munosabat

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Usmonov Botir Shukurillayevich kuni kecha davlatimiz rahbari boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishdan so'ng o'z oldiga qo'yilgan vazifalar yuzasidan so'z yuritdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_Biz_haqimizda
#Munosabat

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo’yicha prorektor Qodirov Bobiromon Bekmurodovich hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich kuni kecha davlatimiz rahbari boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishdan so'ng o'z oldiga qo'yilgan vazifalar yuzasidan so'z yuritdi.

🔝 Shuningdek Muhandis kadrlar tayyorlashda Toshkent kimyo-texnologiya institutida amalga oshirilayotgan ishlari haqida so'z bordi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM