TKTI Yoshlar Ittifoqi
2.49K subscribers
17.1K photos
1.69K videos
673 files
3.78K links
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkiloti telegram kanali

Tezkor !
Ishonchli !
Holis !

Yoshlarning sevimli axborot ulashuvchi kanali
Download Telegram
#kimyo_qóshimcha_mashğulot

Avval xabar berganimizdek Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida "
Kimyo" fanidan qoʻshimcha mashgʻulot darslari tashkil etilgan edi...

📚Dars jarayonlari qizgʻin tarzda davom etmoqda...
Darslar jarayonida talabalar takliflarini inobatga olgan holda NMKT fakultet laboratoriya xonasida qiziqarli kimyoviy reaksiyalar oʻtkazuvchi jamoa tashkil etish rejalashtirilgan.

Dars mashgʻulotlari NMKT fakulteti 115-xonada olib borilmoqda.

Murojaat uchun:
@Rashidov_D_M

@TKTI_Official
#Tanishamiz
#Kimyo_olimlari

Аkademik, kimyo fanlari doktori, professor Parpiev Nusrat Аzamovich (1931-yil Toshkent shahrida tavvullud topgan,2021-yil olamdan oʼtgan)

Koordinatsion birikmalar (kompleks tuzlar) kimyosi sohasi bo'yicha ilmiy maktab asoschisi.

- 1976-1977 yillarda Oʼrta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy tadqiqot instituti direktori.
- 1977-1989 yillarda Buxoro Oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti rektori.
- 1989-2010 yillarda OʼzMU (ToshDU) Kimyo fakulteti “Noorganik kimyo” kafedrasi mudiri.
- 1992-1994 yillarda OʼzMU ( ToshDU) birinchi prorektori.
- 1994-2001 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori.

Ilmiy tadqiqot ishlari : Koordinatsion birikmalarning biologik faol xossalarini oʼrganish natijalari vanadil, kobalt va mis ionlarini aminokislotalar, aminlar va gidrozonlar bilan birikmalarini kamqonlikda, vanadilni sarkolizin, glyutamin va kobalt, nikelni gidroksam kislotalari bilan birikmalari esa saraton kasalligiga hamda mis va ruxni tiozol va tiadiazol xosilalari bilan kompleks birikmalar turli viruslar, exinokokka qarshi qoʼllash tavsiya qilindi.

Mo, Re, W va Hg ni aniqlash hamda yuqori darajada toza holda Mo olishni termik usulini ishlab chiqdi.

Аkademik N.А.Parpiev rahbarligida 11 ta fan doktori va 35 dan ortiq fan nomzodi dissertatsiyalarini himoya qilingan.

Ma'lumotlar “Noorganik, analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi mudiri t.f.(PhD) dotsent Nabiyev Abduraxim Abduxamidovich to'plami.

@TKTI_Official
#TTJ_talabari_uchun
#Kimyo
#Viktorina_zakovat
#TTJ

Institutimizda so'nggi oylarda Zakovat turniri, musobaqalari jadallik bilan bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqalarda bilimdon yoshlarimiz aniqlanmoqda, yangi yulduzlar kashf etilmoqda.

Bugun yakshanba kuni soat 20:30 da Talabalar turar joyida "
Kimyo" fanidan
🖥Kahoot platformasida test imtihonlari bo'lib o'tadi.

Bilimini tekshirib ko'rish istagida bo'lgan talabalar jamoasini taklif qilamiz.

Qo'shimcha ravishda
Kimyo fanidan mantiqiy savollar bo'yicha musoboqa o'tkaziladi.

Murojaat uchun:
@rashidoff_dm
#TTJ_talabari_uchun
#Kimyo
#Viktorina_zakovat
#TTJ
#eshitishimizcha

Bugun 20:30 da Talabalar turar joyida "
Kimyo" fanidan 🖥Kahoot platformasida test imtihonlari bo'lib o'tadigan kichik musobaqada g'olib bo'lgan ishtirokchiga tashkilotchilar tomonidan 💵150 000 so'm miqdorida pul mukofoti taqdim etishar "emish"..

Murojaat uchun:
@rashidoff_dm
#TTJ
#Kimyo
#Viktorina

24-aprel kuni Talabalar turar joyida "
Kimyo" fanidan Kahoot platformasida test musoboqasi bo'lib o'tdi. Musobaqa 2 bosqichda o'tkazilib, "Kimyo" faniga aloqador bo'lgan mantiqiy savollar Zakovat intellektual o'yini ko'rinishida bo'lib o'tdi.

Birinchi test bosqichida jami 30 ta qiziqarli
Kimyo haqida savollar berildi.

2 bosqichda ishtirokchilar jamoa bo'lib ishtirok etishdi va yakunda 6 jamoa 6 ta savol uchun bellashishdi.

Yakuniy final bosqichida 20 talik umumiy kimyodan savollar taqdim etildi
.

@TKTI_Official
#Kimyo
#Kahoot_2022_kimyo

🔥
Kimyo fani bilimdonlari uchun yaxshi yangilik!!!

#Chemical nomli turnirga start berilmoqda.

#Kahootga qatnashish uchun nima qilish kerak?
⚡️Bu juda oddiy!

❗️Yakkalik bahs - ushbu loyihada barcha hoxlovchi bilimdonlar qatnashishi mumkin.

❗️ Oʻyin kuni va vaqti:

3 - may
21:00

Bu turnirimizda 30 ta Kahoot savollari o'ynaladi.

30 ta Quiz savollari va 10 ta Chemical_Zakovat savollari mavjud.

I II III oʻrin uchun 💸 PUL MUKOFOTI MAVJUD

Savol va murojat uchun 👨‍💻:
https://t.me/tkti_kurs

😎Barchangizni kutib qolamiz
#natijalar

3-may kuni o'tkazilgan -Onlayn KIMYO III bosqichli turnirining yakuniy natijalari!!!

I bosqich-Quizbot testi natijalari.
🥇 Ibragimova E'zoza
🥈 Ravshanbek Mamasoliyev
🥉 Gulchiroy Rustamova

II bosqich-Kahoot platformasida onlayn test natijalari
🥇Bobur Toshtemirov
🥈Oyatullo Haydarov
🥉Gulmatova Shohista

III bosqich-"Kimyodan mantiqiy savollar" bosqichi natijalar
🥇Oyatulloh Haydarov
🥈Gulmatova Shohista
🥉Ziyodullayeva Zarnigor.

UMUMIY NATIJALAR:
🥇Oyatulloh Haydarov-M19-20 guruh
🥈 Gulmatova Shohisa- B21-06u OO4 guruh
🥉Ibragimova E'zoza-Abituriyent


Ps: tashilotchilar ushbu turnirni har hafta yakunida doimiy o'tkazib turishni taklif qilishmoqda...

🔥Hurmatli talabalar ushbu turnir doimiy o'tkazilishiga munosabatingiz?


📝Fikrlaringizni izohlarda qoldiring

@TKTI_Official
#kimyo
#respublika_olimpiadasi

24-iyun kuni Toshkent
kimyo-texnologiya institutida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufidagi Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari o'rtasida "Kimyo" fanidan respublika olimpiadasi bo'lib o'tadi.

Manzil: Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti binosi, Mirzo Ulug'bek ko'chasi 41 uy.

https://goo.gl/maps/Qsnz4XWsdujgzBBN9

@TKTI_Official
#Kimyo
#ajoyib_yangilik

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida tashkil etilgan "Kelajak Yoshlari" yoshlar ilmiy-ijodiy jamiyati tomonidan talabalar uchun qo'shimcha
📚Kimyo to'garagi va 🧪🧫laboratoriya mashg'ulotlari tashkil etilgan edi.

Qo'shimcha sifatida shuni ma'lum qilamiz-ki, talabalar bilimini yanada oshirish va fikrlashni oshirish maqsadida "Kelajak yoshlari" jamoasi tomonidan TAUBE, E.I.RUDENKO ning 📚"От водород до..." (Vodoroddan... gacha) nomli kitobi
#òzbek_tiliga #tarjima qilindi.

Kitob hajmi 250 bet.
Ushbu kitobda kimyoviy elementlar haqida qiziqarli ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kitobning .pdf variantini "Kelajak Yoshkari" jamoasining telegram kanalidan olishingiz mumkin:
@kelajak_yoshlari_official
#Student_fest
#Kimyo

➡️11-noyabr kuni 📢Fanlar bo'yicha online Testlar start oladi.
Birinchi fan -
KIMYO

Test boshlanish vaqti:
20:00

📍Manzil:
@TKTI_Official telegram kanali.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Student_fest
#Kimyo

⚡️Fanlar bo'yicha online Testlar start olmoqda.

Birinchi fan - KIMYO
🗞Savollar soni - 20 ta
Savollarni yechish uchun ajratilgan vaqt - 30 daqiqa

Test boshlanish vaqti - 20:00
Test tugash vaqti - 20:30
Javoblar 20:35 ga qadar @AdhamovAziz manzilida qabul qilinadi.

🖊Javoblar quyidagi tartibda qabul qilinadi.

1. FISH - Aliyev Vali G'ani o'g'li
2. Guruh - 22-71

1. A
2. C
3. A
.
.
.
20. D


✏️Savollar @TKTI_Official telegram kanalida e'lon qilinadi.

💡Barchaga omad!!!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kimyo
#zakovat

🤵‍♂️ Talabalar turar joyida Kimyo fanidan “Zakovat” intellektual musobaqasi boʻlib oʻtdi.

🇺🇿 Musobaqani O'zbekiston yoshlar ittifoqi IBT yetakchisi Azizjon Adhamov ochib berdi. Musobaqa tartibi, savollar haqida institutimiz bitiruvchisi Davron Rashidov batafsil tushuntirib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

⭕️ Musobaqa 2 bosqichda boʻlib oʻtdi:
1-bosqich Saralash
- 15 ta savol
2-bosqich Final
- 10 ta savol o'ynaldi.

Musobaqada TITAN, MENDELEYEV, AURUM, PREMIUM, ALKIMYO, ATOM, GELIY, ARSENAL, AL-XIMIK, FUDBOLISTLAR, EVRIKA
jami 11 ta jamoa ishtirok etdi.

Shundan 3 ta eng koʻp savolga javob bergan jamoalar Finalga yoʻl olishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra quyidagi
🥇oʻrinni FUDBOLISTLAR
🥈oʻrinni PREMIUM
🥉oʻrinni EVRIKA
jamoalari sovrinli oʻrinlarni egallashdi.


Musobaqa yakunida talabalar tomonidan institut miqyosida Kimyo fanidan "UzQuiz" intellektual o'yini o'tkazilishi bo'yicha tashabbus ko'rsatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#StudentFest2023
#kimyo

Student fest-2023 haftaligi doirasida Kimyo fan olimpiadasi bo'lib o'tdi.

Olimpiadani Umumiy
kimyo kafedrasi mudiri Abduraxim Nabiev, koordinatorlar Xabibulloxon Qodirxonov hamda Otabek Tursunboyev ochib berishdi.

Umumiy
kimyo kafedrasi o'qituvchilari fakultet koordinatori Moxinur Pardayeva Student fest-2023 haftaligi va olimpiada tartib qoidalari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Olimpiada shartlariga ko'ra 25
ta ochiq va 5 ta yopiq test talabalarga taqdim etildi.

Natijalar tez orada e’lon qilinadi.

Ps:
Kimyo fan olimpiadasini o’tkazishdagi ko’magi uchun Umumiy kimyo kafedrasi jamaosiga minnatdorchilik bildiramiz.
#StudentFest2023
#kimyo
#natija

Student fest-2023 haftaligi doirasida o’tkazilgan
Kimyo fan olimpiadasi natijalari.

🥇Pardayev Asadbek - 4-20 guruh talabasi 54,5 ball
🥈Boboqulova Asila - B21-01 KT 5 guruh talabasi 50,5 ball
🥉Umarov Hasan - 22-05 guruh talabasi 47- ball

Fan olimpiadasini o’tkazishdagi ko’magi uchun Umumiy
kimyo kafedrasi jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz.