TKTI Yoshlar Ittifoqi
2.49K subscribers
17.1K photos
1.69K videos
673 files
3.78K links
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkiloti telegram kanali

Tezkor !
Ishonchli !
Holis !

Yoshlarning sevimli axborot ulashuvchi kanali
Download Telegram
#ekspeditsiya

📆Bugun 20-sentabr kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqi IBT yetakchisi Azizjon Adhamov va Institut matbuot kotibi Behzod Poyonovlar institutimizga biriktirilgan adib 🖋Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodini yanada chuqurroq o'rganish, izlanishlar olib borish va adib yashagan xudud, faoliyat yuritgan maskanlari va ularning oila a'zolari bilan yaqindan tanishish maqsadida 🌎Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shaxriga yo'l olishdi.

📍21-sentabrdan boshlanadigan ijodiy #ekspeditsiya 24-sentabrga qadar davom etadi.

3⃣ kun mobaynida turkum tadbirlar, uchrashuvlar rejalashatirilgan.

🎥 "Voqealar" rivojini sizga yetkazib boramiz!!!

Ps: Qoraqapog'iston Respublikasida istiqomat qiluvchi talabalarimizni "xamkorlik" va hamrohlikka chaqirib qolamiz😉

Murojaat uchun:
@AdhamovAziz
#ekspeditsiya
#Ibroyim_Yusupov

Bugun erta tongdan Nukus shaxriga yetib keldik.

Tashkiliy masalalardan so'ng Nukus shaxridagi "Sho'rchi" qabristonida Ibroyim Yusupovning qabri ziyorat qilindi. Bizga ma'lum bo'lishicha ushbu qabristonga Qoraqalpog'iston Respublikasining xozirgi ko'rinishiga kelishiga ulkan xissa qo'shgan qoraqalpoq elining farzandlari dafn qilinar ekan.

Navbatdagi manzilimiz 2017-yil prezidentimiz tashabbuslari bilan ochilgan "IBROYIM YUSUPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI" bo'ldi.
Ushbu maktab birinchilar bo'lib ochilgan maxsus maktab xisoblanar ekan...

Ushbu maktabda juda adib haqida juda ko'plab ma'lumotlarga ega boldik. Bizga OO'MT vazirligi xuzuriagi Ma'naviy va ma'rifat boshqarmasi boshlig'i Otabek Xasanbayevich Bozorov xamrohlik qildilar.

Institutimizda tashkil etilishi
rejalashtirilayotgan muzey uchun ko'plab eksponatlarni ham olishga musharraf bo'ldik.
#ekspeditsiya
#2_kun

Ekspeditsiyamizning ikkinchi kunini Qoraqalpoq davlat universiteti professori Orazimbetov Quanishbay Kelimbetovich bilan bo'lgan suxbat bilan boshladik. Butun qoraqalopoq eli taniydigan Quanishbay og'a bizning qaxramonimiz bilan birga faoliyat yuritgan, Ibroyim Yusupov ularning diplom himoya ishlariga diplom raxbari bo'lgan, ularning barcha ilmiy-publististik maqolalariga taqrizlar yozib, ilmiy raxbari bo'lgan ekanlar. Bir so'z bilan aytganda Ibroyim Yusupov Q.Orazimbetovning ustozi bo'lgan ekanlar.

Navbatdagi suxbatdoshimiz Ibroyim Yusupovning kenja qizlari Oyjamol Yusupova bo'ldilar. Ular otalari haqida juda ko'plab ma'lumotlarni bizga bayon qildilar. Og'aning yoshliklari, ijodlari haqida eng aniq ma'lumotlarni aytib o'tdilar. Bir voqea orqali bizni biroz o'ylashga, fikrlashimizga sababchi bo'ldilar. Ushbu voqeaga batafsil yaratilayotgan filmda to'xtalib o'tamiz.
Shundan so'ng Nukus shaxridagi Ibroyim Yusupovning yashagan uylariga tashrif buyurdik. Uyda kichik muzey mavjud ekan.
#ekspeditsiya
#3_kun

Erta tongdan Qoraqalpoq davlat universitetiga yo'l oldik. U yerda I.Yusupovning ukasidek bo'lib qolgan 2ta eng yaqin insonlari
Baxtiyar Abdukamalov Abdirazaqovich va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrda 23 yil raxbarlik qilgan, adibning ko'plab pyesalarida ro'l ijro etgan Najimatdin Ansatbaev
bilan suxbatlashdik. Ulardan ham juda ko'p va xo'p ma'lumotlarni olishga muvaffaq bo'ldik.

Tushdan keyin biroz bo'sh vaqtimizdan foydalanib Berdaq nomidagi davlat muzeyi va dunyoga mashxur bo'lgan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san‘at muzeyiga tashrif buyurdik.

I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san‘at muzeyiga tashrifimiz davomida qiziq voqeaga duch keldik.

U yerda endigina 30 yoshni qarshi olgan Baxtiyor og'aning ko'rgazmalari bo'layotgan ekan. Ular bilan suxbatimiz davomida bizni nima maqsadda Nukusga kelganimizni aytganimizda, ular bizga bir portretni ko'rsatdilar. Ne ko'z bilan ko'raylikki ushbu portret bizning qaxramonimiz - IBROYIM YUSUPOVning portretlari edi.
Ular bizga ushbu portretni chizayotganlarida qanday kechinmalar, xissiyotlarni xis qilganliklari haqida gapirib berdilar. Suxbatimiz yakunida bizning muzey uchun xam ushbu portretdan ham chizib berishlariga kelishib oldik.

Keyin esa adibning asarlari asosida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri kompozitori Qurbanbay Zaretdinov bilan suxbatlashdik. Ular og'aning "Ajiniyoz", "To'maris" asarlari asosida saxnalashtirilgan teatrlarga kompozitorlik qilgan ekanlar!!!

Bugun 24-sentabr kuni Senator Guliston Annaklicheva va Qoraqalpoq elining madxiyasi musiqasi muallifi Najimiddin Muxamedinov bilan suxbatimiz rejalashtirilgan edi....

Ammo ularning biroz toblari yo'qligi sababli ushbu suxbatimiz boshqa kunga, balki boshqa oyga qoldirildi.

Qoraqalpoq elida boshlagan ilk ekspeditsiyamiz o'z nihoyasiga yetdi...

🚀Bugun Toshkentga qaytamiz!!!

Toshkentda ko'rishguncha...
#ekspeditsiya

📆Bugun 3-may kuni
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich
boshchiligida O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qitivchilari, O'zbekiston yoshlar ittifoqi yetakchilari institutimizga biriktirilgan adib 🖋Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodini yanada chuqurroq o'rganish, izlanishlar olib borish va adib yashagan xudud bilan yaqindan tanishish va 5 may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida Ibroyim Yusupov tavalludining 92 yilligi munosabati bilan “TIL, MADANIYAT VA IJOD: ZAMONAVIY TAʼLIMDA YOShLAR
TARBIYASI MASALALARI”

mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o'tkazish uchun Nukus shaxriga yo'l olishdi.

Institut jamoasi ishtirokida
3⃣ kun mobaynida turkum tadbirlar, uchrashuvlar rejalashatirilgan.


🎥 "Voqealar" rivojini sizga yetkazib boramiz!!!

Ps: Qoraqapog'iston Respublikasida istiqomat qiluvchi talabalarimizni "xamkorlik" va hamrohlikka chaqirib qolamiz😉


Murojaat uchun:
@Ernazarov18
#ekspeditsiya

🗺 Kuni kecha Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich
boshchiligida bir guruh professor-o'qituvchilar hamda iqtidorli talabalar Orol dengizi hududida cherkez va qandim o'simliklarining ekib yetishtirish maqsadida izlanishlar olib borish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasiga yo'l olishdi.

🛰 Institut jamoasi ishtirokida 4️⃣ kun mobaynida Orol dengizining qurub qolgan hududidagi turpog'ining kimyoviy-biologik tarkibini o'rganish uchun namunalar olish, turpog'ning tarkibidagi organik qismlarni tahlil qilishadi.

🎥 🏞"Voqealar" rivojini sizga yetkazib boramiz!!!

@TKTI_Official
#ekspeditsiya

Orol dengizi hududida cherkez va qandim o'simliklarining ekib yetishtirish maqsadida, izlanishlar olib borish uchun kuni kecha Qoraqalpog'iston Respublikasi tomon yo'lga chiqqan institut jamoasi #16_soatlik yo'ldan so'ng Nukus shahriga yetib kelishdi.

@TKTI_Official
#ekspeditsiya
#jarayon

23-sentyabr kuni erta tongdan Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhit muhofazasi davlat qo'mitasi bilan birga tashkil etilgan "Biotexnologiya va ekologiya"
ekspeditsiya a'zolari Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumaniga yo'l oldilar.

Yo'l davomida ustozlarimiz Biotexnologiya kafedrasi mudiri Normatov Anvar Mirzayevich, Biotexnologiya kafedrasi professori Bobayev Isomiddin
Davronovich
, Umumiy kimyo kafedrasi katta
o‘qituvchisi Eshboriyev Tursunali boshchiligida tuproqdan va o'simliklardan na'munalar olindi.


@TKTI_Official
#Ekspeditsiya

23-24 sentyabr kunlari Orol dengizi hududida sho‘rlanishni kamaytiruvchi va erroziya darajasini pasaytiruvchi cherkez va qandim o‘simliklarining yangi navini yaratish, hududga yangi innovatsion biotexnologik texnologiyalarni jalb qilish orqali ekologik tizimni shakllantirish, Orol dengiziga yaqin va atmosferik yondosh hudud aholisi orasida keng tarqalgan ankologik, teri tanosil, gipertoniyaning turli ko‘rinishlari, nefrologik hamda gastroentorologik kasalliklar profilaktikasini ekotizim, hudud flora va faunasini tiklash orqali amalga oshirish texnologiyasini yaratish uchun kerakli na'munalarni to‘plash, ekspeditsiyaning asosiy maqsadi etib belgilangan edi.

Ekspeditsiya a'zolari dastlab "dengiz"dagi o'simlik, tuproq, suvlardan na'muna oldilar.

@TKTI_Official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ekspeditsiya

Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Sanoat ekologiyasi" kafedrasi hamda Toshkent davlat texnika universiteti "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi" kafedrasi jamoalari hamkorlikda Jizzah viloyatidagi Aydar-Arnasoy, Tuzkon ko'llar tizimiga ekspeditsiya uyushtirildi.

Ekspeditsiya doirasida ko'llar tizimining beshta nuqtasi bo'yicha suvdan, tuproqdan namunalar olindi.

Ayni damda o'rganish jarayonlari davom etmoqda.