TKTI Yoshlar Ittifoqi
2.47K subscribers
17.1K photos
1.69K videos
674 files
3.78K links
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkiloti telegram kanali

Tezkor !
Ishonchli !
Holis !

Yoshlarning sevimli axborot ulashuvchi kanali
Download Telegram
#BizHaqimizda

🇺🇿 O’zbekiston 1991-yil, 31-avgustda mustaqilligini e’lon qildi va
1-sentabr milliy bayram sifatida nishonlash belgilab qo’yildi.

🇺🇿Hudud kattaligi bo’yicha dunyoda 56-o’rinda bo'lib, mintaqaning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bo'lgan Markaziy Osiyodagi yagona mamlakat.

🇺🇿 Umumiy aholi soni bo'yicha O'zbekiston MDH mamlakatlari orasida uchinchi o'rinni egallaydi (Rossiya va Ukrainadan keyin) - 33 milliondan ortiq. Aholi dunyo reytinggi bo'yicha 42-o'rinda.

🇺🇿 Dunyodagi eng tinch mamlakatlar ro’yhatida beshinchi o’rinda.

🇺🇿 O’zbekistonda dunyodagi eng yaxshi qovun va tarvuzlar yetishtiriladi.

🇺🇿 O'zbekiston hududida eramizdan avvalgi II ming yillikda aholi joylasha boshlagan.

🇺🇿 Toshkent – gaz miqdori kamligi sababli yulduzli tunni ko’rish mumkin bo’lgan dunyodagi beshta shahardan biri.

🇺🇿 Oltin zahiralari bo'yicha O'zbekiston dunyoda to'rtinchi o'rinni egallaydi. (JAR, AQSh va Rossiyadan keyin), qazib olish bo'yicha - MDH mamlakatlari orasida ikkinchi o'rinda, Rossiyadan keyin.

🇺🇿 Paxtani ishlab chiqarish bo'yicha O'zbekiston jahonning to’tta yirik mamlakatlari - Xitoy, AQSh, Hindiston va Pokiston bilan birgalikda, paxtaning umumiy miqdoridan 65 % ni ishlab chiqaradi.

🇺🇿 Paxta tolasini eksport qilish bo'yicha O'zbekiston AQSh va Hindistondan keyin uchinchi o'rinda turadi.

🇺🇿 O'zbeklar - dunyodagi turkiyzabon xalqlar orasida soni bo'yicha uchinchi o'rinda. (turklar va ozarbayjonliklardan keyin)

🇺🇿 O’zbekistonning hech bir daryosi dengizga borib qo’yilmaydi.

🇺🇿 Markaziy Osiyodagi eng katta metro va dunyodagi eng chiroyli metro bekatlaridan bir nechtasi ham aynan O’zbekistonda joylashgan.

🇺🇿 Uning beshta shahri UNESCOning madaniy me’ros shaharlariga kiritilgan.

🇺🇿Tashkil topganiga 2750 yildan oshgan Samarqand va Buxoro kabi qadimiy shaharlari bor.

🇺🇿 Toshkent teleminorasi 1985-yilda qurilgan bo’lib, 375 metrni tashkil etadi va balandligi bo’yicha dunyoda 11-o’rinda, Markaziy Osiyoda birinchi o’rinda turadi.
#OAV
#bizhaqimizda

📺 Madaniyat va ma'rifat telekanali ijodkorlari tomonidan bizning jonajon 🏢Toshkent kimyo texnologiya instituti haqida maxsus "MENING OLIYGOHIM" ko'rsatuvini sur'atga olishdi!!!

🎥Ushbu ko'rsatuvni sizlarga havola etamiz.


Ko'rsatuvni ko'rish uchun
🎞 You Tube da tomosha qilish.
🎞 Instagram da tomosha qilish.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#bizhaqimizda
#bizning_faxrimiz

✍️2021-2022 o'quv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi, Yoqilg'i organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti IV bosqich talabasi Tirkasheva Xurshidaxon Otabek qizi
"Yoshlar" telekanali nigohida.

@TKTI_Official
#OAV
#bizhaqimizda

"Dunyo bo'ylab" telekanali tomonidan Toshkent kimyo texnologiya instituti haqida sur'atga olingan, 22-aprel kuni namoyish etilgan "Intellektual dunyo" koʻrsatuvini tomosha qila olmaganlar ushbu ko'rsatuvni You tube kanalimizga joyladik.

🖥Tomosha qilish uchun
https://youtu.be/d6Y1aqqHYbQ
#OAV
#bizhaqimizda

Innovatsion rivojlanish vazirligida «Oʻzbekiston yoshlar forumi – 2021» haftaligi doirasidagi «Startap tashabbuslari» yoshlarning innovatsion gʻoya va startap loyihalari tanlovida ishtirok etgan ishtirok etgan Neft-gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasining xorijdagi doktoranti Abdiraximov Mirzoxid Ibroxim o'g'li hamda kafedra professor-o'qituvchilari Azamatov O'tkirbek Rashidovich, Mashayev Eldor Ergashvoy o'g'li va Shapatov Feruz Utaganovich g'olib bo'lganliklari va 50 000 000 so'm miqdorida rag'lbatlantirilganlari haqida ma'lumot bergan edik...

Ustozlarimiz loyihalarining mazmuni, foydali tomonlari haqida qisqa video orqali javob berdilar.

https://youtu.be/u5PMK3-JHWc
#OAV
#bizhaqimizda

Toshkent kimyo-texnologiya institutida o'tkazilgan "Eng kitobxon talaba" ko'rik tanlovi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining UzA sayti nigohida

https://uza.uz/uz/posts/mamurzhon-tanlov-golibi-boldi_381673
#OAV
#bizhaqimizda

📺"Madaniyat va ma'rifat" telekanalida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Asosiy binosi bo'lgan A.Navoiy 32 binosi haqida tayyorlangan "Oydin ko'chalar" ko'rsatuvi.

https://youtu.be/4v5U3MUo-ME

Ps: tomosha qilishni tavsiya etamiz. Bilim olayotgan, faoliyat yuritayotgan va bizga jonajon bo'lib qolgan bino tarixi haqida "ko'p va ho'p" ma'lumotlarga ega bo'lisiz
#OAV
#bizhaqimizda

Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi bilan hamkorlikda "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda Biotexnologiyaning zamonaviy muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining UzA sayti nigohida

https://uza.uz/uz/posts/ekologiya-va-atrof-muhit-muhofazasiga-oid-ilmiy-amaliy-anzhuman_383314
Audio
#OAV
#bizhaqimizda
#radio

Avval xabar berganimizdek Toshkent kimyo-texnologiya instituti O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Yevroosiyo oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasiga
(EURAS)ga a’zo bo‘ldi.

Yevroosiyo oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasiga a'zolik institutga qanday afzalliklar berishi, a'zolikka qabul qilinish jarayonlari haqida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Botir Shukurillayevich Usmonov 🎙O'zbekiston 24 radiosiga intervyu berdi.
#inyervyu
#OAV
#bizhaqimizda

Toshkent kimyo texnologiya instituti, "Biotexnologiya" kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori Bobayev Isomiddin Davronovich Ilmiy rahbarligida Toshkent kimyo texnologiya instituti "Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi" kafedrasi magistranti Tursunova Dilnozaxon Isroiljon qizi loyiha muallifi sifatida ilmiy izlanish olib borishmoqda.

Ular olib borayotgan ilmiy izlanishlari haqida, kutilayotgan natijalar va kelajakdagi rejalar haqida C.A.T. Science Accelerator - O'zbekistonda ilmiy loyihalar uchun loyihasiga intervyu berishdi.

Intervyu bilan quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin.

https://cat-sa.uz/uz/feather-protein/ Feather Protein JAMOASI BILAN INTERVYU
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#bizhaqimizda

Oʻzbekiston telekanali orqali "Yangi O'zbekiston" ko'rsatuvida Toshkent kimyo-texnologiya instituti faoliyatiga bag'ishlangan maxsus ko'rsatuv efirga uzatildi.

💾 Ko'rsatuvda Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakuletida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilar, doktorant, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar olib borayotgan ishlanmalari, ilmiy yangiliklari haqida so'z bordi.

https://youtu.be/DwSa18TMU38
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#bizhaqimizda

Turkiya
da oʻtkazilayotgan Islom birdamligi oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan Jasmina Immayeva oʻzi tahsil olayotgan oliy oʻquv yurtida taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi Yoshlar telekanalining "Yangi davr" dasturida namoyish etildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#bizhaqimizda

🇺🇿8-dekabr — O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Sudya va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv MY5 telekanali orqali yoritildi.

Manba: @hududtv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#bizhaqimizda

📌 Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalariga sport bilan shug’ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport klublari faoliyati haqida Sport telekanali tomonidan "Talaba sporti" nomli ko'rsatuv tayyorlangan edi.

9-fevral kuni 14:30 dan boshlab ushbu ko'rsatuvni Sport telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.