TKTI Yoshlar Ittifoqi
2.46K subscribers
16.6K photos
1.64K videos
660 files
3.62K links
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkiloti telegram kanali

Tezkor !
Ishonchli !
Holis !

Yoshlarning sevimli axborot ulashuvchi kanali
Download Telegram
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations
#Xalqaro_konfrensiya

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

⚡️ Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yilning 20-25-may kunlari “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi bo'lib o'tmoqda. Bugun, 21-may kuni ilmiy haftalik ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida institut rahbariyati, xorijiy hamkorlar, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations
#Xalqaro_konfrensiya

👩‍🎓 Ilmiy haftalikni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berdi, shuningdek Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov so'zga chiqib  ishtirokchilariga tabrik yo'llab, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

🎗Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabrdagi Barqaror rivojlanish sammitining 70-sonli rezolyutsiyasining qator muhim vazifalari ijrosini ta’minlash, bu boradagi ishlarni izchillik bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi “2030-yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-son qaroriga muvofiq barqaror rivojlanish maqsad va vazifalarini amalga oshirish”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son Farmoni vazifalarini amalga oshirish maqsadida “Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning 2024-yilligi” tadbirlarini respublikada keng nishonlash. “Kimyo va biologiya yo‘nalishida uzluksiz ta’lim va fan sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, talabalarning texnik yo‘nalishlarga qiziqishini oshirish, fundamental fanlarni ommalashtirish va ilmiy sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tadbirlarni tashkil etish – ilmiy-tadqiqot ishlarini kimyo, biologiya va kimyoviy texnologiya sohasi rivojlantirishdir.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations
#Xalqaro_konfrensiya

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Fizik-kimyoviy tahlil va nanomateriallar laboratoriyasi"ni tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nanotexnologiyaga doir qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Ilm-fanni rivojlantirish fondi hamda Innovatison rivojlanish agentligi ko'magida qiymati 1.2 million yevro bo'lgan AQSHning Thermo Fisher Scientific kompaniyasi transmission elektron mikroskopi Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Fizik-kimyoviy tahlil va nanomateriallar laboratoriyasi"ga olib kelindi.

🎗 Bugun “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Fizik-kimyoviy tahlil va nanomateriallar laboratoriyasi" ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Yangi laboratoriyani Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tantanali ravishda ochib berdi.

✔️ Ushbu uskuna materialshunoslik hamda nanotexnologiyalar yo'nalishidagi eng zamonaviy uskuna bo'lib, u quyidagi vazifalarni bajaradi:

— nanozarralar morfologiyasini o'rganish, tadqiq etish;
— Elementar tarkibini aniqlash;
— Kristal tuzilishi-diffraktsiyasini aniqlash;
— atomlar joylashuvi hamda ularning tarkibini aniqlash;
— bu xossalarga bog'liq bo'lgan materialning qattiqligi, karroziyaga bardoshliligi, temperaturaga chidamliligi va boshqa xossalarni yaxshilash uchun izlanishlar olib borishga imkon beradi.

📊 Ushbu transmission elektron mikroskopni olib kelishdan maqsad, nanotexnologiyalar sohasida yosh mutaxassislarni yetishtirib chiqarish hamda materialshunoslik va nanotexnologiyalar sohasida yangi materiallarni yaratishdir.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations
#Xalqaro_konfrensiya

👍 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent kimyo-texnologiya institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va ilmiy ishlanmalar bilan tanishdi.

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yilning 20-25-may kunlari “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi bo'lib o'tmoqda. Ushbu haftalik ochilish marosimiga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tashrif buyurdi.

☄️ Tashrif doirasida Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkent kimyo-texnologiya institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, ilmiy xodimlar va doktorantlarning ilmiy ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations
#Xalqaro_konfrensiya

👩‍🎓 Ayni damda Toshkent kimyo-texnologiya institutida Akademik Malik Nabievich Nabiev tavalludining 111 yilligi munosabati bilan "Globallashuv sharoitida noorganik moddalar va materialar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiyasi boshlanish arafasida.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM