TKTI Yoshlar Ittifoqi
2.4K subscribers
16.9K photos
1.67K videos
670 files
3.73K links
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkiloti telegram kanali

Tezkor !
Ishonchli !
Holis !

Yoshlarning sevimli axborot ulashuvchi kanali
Download Telegram
#NMKTF

Talaba-yoshlarni teatr sanʼatiga muhabbat ruhida tarbiyalash va maʼnaviy kamolotga yoʻnaltirish orqali fakultetda olib borilayotgan madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga oʻz imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish maqsadida Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida "Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari" tanlovining fakultet bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlovda Aydinlar jamoasining "Onam bilmasin", TMJ yulduzlari jamoasining "O'tgan kunlar", To'maris qizlari jamoasining "Ota" spektakllari namoyish etildi.

Tanlovda fakultet dekani Shuxrat Buxorov, sirtqi bo'lim boshlig'i Yodgor Safarov, dekan o'rinbosari Nigora Zulyarova hamda fakultet xotin-qizlar ishlari bo'yicha dekan maslahatchisi Muxtarrama Bekmuratovalar hakamlik qilishdi.

Tanlov natijalariga ko'ra:
🥇o'rin "O'tgan kunlar" spektakli, TMJ yulduzlari jamoasi
🥈o'rin "Onam bilmasin" spektakli Aydinlar jamoasi
🥉o'rin "Ota" spektakllari To'maris qizlari jamoalari egallashdi.

Bundan tashqari "Eng yaxshi erkak roli uchun" nominatsiyasida Tursunov Farhod va "Eng yaxshi ayol roli uchun" nominatsiyasida Oqilova Feruzalar g'olib deb topildi.

Tadbir yakunida jamoalar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
#TKTIYI
#Saylov2022
#NMKTF

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultet yetakchisi Normurodov Olmos Dilshod o’g’li.

Murojaat uchun: +998902874241

@TKTI_Official
#NMKTF
#Sport_klubi

Institutimizda sport klubi faoliyatidan xabardormisiz?

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida talaba-yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon etishlari hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida reja asosida sportning 🤼‍♂"Milliy kurash" turi bo'yicha sport klubi faoliyat olib bormoqda.

Sport klubida talabalar oʻrtasida kurashni yanada ommalashtirish bu orqali ularning jismoniy rivojlanishini takomillashtirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportga, milliy sportimiz kurashga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, kurashni umumxalq sporti sifatini keng targʻib etish asosiy vazifa etib belgilangan.

Sport klubida II kurs talabasi Abdulqosimov Mirtemir murabbiylik qilmoqda.

Ma'lumot uchun:
+99888 8478797
#NMKTF
#Sport_klubi

🤾‍♀️ Sport – salomatlik garovi. Sport bilan shug‘ullanish inson umrini uzaytirib, epchilligini oshiradi.

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommaviyligiga erishish maqsadida tashkil etilgan sport klubida futbol va voleybol sport musobaqalari doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday musobaqalardan biri sportning voleybol turi bo‘yicha tashkil etildi. Bunda Hindistonlik talabalar bilan sportning voleybol turi bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.

Jamoalar o‘rtasidagi murosasiz bellashuvlar qiziqarliligi va kutilmagan natijalari bilan alohida ajralib turdi.

O'rtoqlik uchrashuv yakunida 🇺🇿🇮🇳4:2 hisobida talabalarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishdi va bu kabi musobaqalarni doimiy ravishda o'tkazish rejalashtirildi.
#NMKTF
#Talabalik_bahori

Eshitdingizmi???

Bizga kelgan ma'lumotlarga ko'ra 15-mart kuni Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida “Navro’z” bayrami hamda “Talabalik bahori” festivali bo'lib o'tar ekan.

💃🕺Tayyorgarlik jarayoni avjida!!!

Tashkilotchilar barcha professor-o’qituvchi va talabalarni soat 13:00 da boshanadigan bayram tadbiriga taklif qilishmoqda!!!
#NMKTF
#Shaxmat_shashka

31-mart kuni Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida "Sport – bizni birlashtiradi" shiori ostida talaba-yoshlar o'rtasida sportning shaxmat-shashka turi bo'yicha musobaqasi tashkil etildi.

Sport musobaqasini fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari N.Sh.Zulyarova ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Musobaqadan ko'zlangan asosiy maqsad talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish shaxmat-shashka sport turini ommaviyligiga erishish, talabalarning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yoshlarni tanlash va ularni birlashtirishdan iborat.

Sport musobaqasiga shaxmat murabbiyi Xidirov Izzatbek hakamlik qildi.
#yoshlarittifoqi
#NMKTF

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida "Dekan va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda O’zbekiston yoshlar ittifoqi guruh yetakchilar ishtirok etishdi.
🔰Fakultet dekani Sh.Buxorov fakultetda ma'naviy-marifiy tadbirlar, talabalarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish o'quv jarayonlari, dars sifati haqida to'xtalib o'tib. Dekan muovini N.Zulyarova yoshlarni befarq bo'lmaslikga va faollikga chaqirdi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi IBT yetakchisi A.Adhamov va fakultet koordinatori O.Normurodov "O'zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang'ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qo’shma qaror hamda fakultet koordinatorlari, yoshlar kengashi, saylovlar, yetakchilar faoliyati haqida ma’lumotlar berishdi.

❇️ Uchrashuvning ikkinchi qismida guruh yetakchilari tomonidan talabalarni qiynayotgan muammolar, yangi loyihalar hamda takliflar berildi.

@TKTI_Official