TKTI Yoshlar Ittifoqi
2.42K subscribers
16.8K photos
1.66K videos
670 files
3.7K links
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkiloti telegram kanali

Tezkor !
Ishonchli !
Holis !

Yoshlarning sevimli axborot ulashuvchi kanali
Download Telegram
#Karyera_kuni

Bitiruvchi talabalarimiz uchun "Karyera kuni" boshlandi.

@TKTI_Official
#Karyera_kuni

"Karyera kuni" da Mehmonlarimiz-ish beruvchilar ro'yxati:

🔸 Oʼzbekneftegaz АJ Главный специалист отдела подбора и анализа персонала Ibragimova Munisa Mirraxmatovna, Ведущий специалист отдела подбора и анализа персонала
Yuldasheva Nigora Erkinovna;
🔸 Oʼztransgaz АJ Texnik siyosat boʼlimi yetakchi mutaxassisi Аzimov Saidamir, Personalni rivojlantirish boʼlimi mutaxassisi Maxmudov Rustam Mirzaqodirovich;
🔸 O‘z LITIneftgaz Начальник отдела управление персоналом и подготовка кадров Rasulov Islam Kudratovich;
🔸 HUDUDGAZTAMINOT Kadrlarni boshqarish boʼlimi boshligʼi Xayrova Natalьya Mixaylovna;
🔸 "Jizzakh Petroleum" MChJ QK Заместитель Генерального директора Shakirov Masrur Muminovich, Navruzov Ruslan Baxtierovich, Toshmatov Xabibulla Nurmatovich, Marupov Suxrob Sobirovich;
🔸 Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi boshqaruv raisi oʼrinbosari N.А.Аnnaev;
🔸 Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Menejer Raxmatov Farrux Kabuljanovich, Yetakchi mutaxassis Аkramov Аzizbek Baxrom oʼgʼli;
🔸 Uzbekistan GTL Kadrlar boʼlimi boshligʼi Elyor Moʼminov;
🔸 Shoʼrtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi Главный специалист отдела подбора и анализа персонала
Ibragimova Munisa Mirraxmatovna;
🔸 Shoʼrtangaz kimyo majmuasi Ведущий специалист отдела подбора и анализа персонала Yuldasheva Nigora Erkinovna;
🔸 А.Sultonov nomli Oʼzbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti OʼzKFITI, 4-laboratoriya katta ilmiy xodim Gʼulomov Shuxratqodir Tashmatovich;
🔸 Umumiy va noorganik kimyo ilmiy tadqiqot instituti Neft kimyosi laboratoriya k.i.x. Ganieva Sayyora Xurshidovna.

@TKTI_Official
#Karyera_kuni

Ertaga barcha talaba-yoshlarni bo'sh ish o'rinlari yarmarkasiga taklif qilamiz.

🕘 9:30
📍 Alisher Navoiy ko'chasi 32-bino

@TKTI_Official
#Karyera_kuni

Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi boshlandi

@TKTI_Official
#Karyera_kuni

Prezidentimizning 4-mart kuni ''Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlariga bag'ishlangan videoselektor yigʻilishi yuzasidan'' bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti karyera markazi, Shayxontohur tuman prokuraturasi hamda tuman bandlikga ko'maklashish agentligi bilan birgalikda bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi Karyera kunio'tkazildi.

Amaliy tadbirni dastlab institut rektori B.SH.Usmonov kirish so'zi bilan ochib berdi. Talaba-yoshlarni ish bilan ta'minlash yuzasidan bir qator amaliy loyihalar bo'yicha tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi.

Ushbu tadbirda 50 dan ortiq tashkilotlar va 400 dan ortiq talaba-yoshlar qatnashdilar.

@TKTI_Official
#Karyera_kuni

Tadbirning ikkinchi qismida institut talaba-yoshlari va ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.

Ochiq muloqot mobaynida ish beruvchilar bitiruvchilarni ishga joylashish bo'yicha shartlar bilan tanishtirdilar, vakant ish o'rinlari to'g’risida ma'lumot berdilar hamda tashkilotlarga yosh mutaxassislardan talab qilinayotgan kasbiy qobiliyat va ko'nikmalar, ta'lim dasturlarini yanada takomillashtirishga yo'naltirilgan fikr-mulohozalarini berish imkoniyati yaratildi.

Mazkur taqdimotga Respublikamizning bir qator vazirliklari, korxona va tashkilotlari, jumladan "Uzkimyosanoat''AJ, "Uzbekneftegaz"AJ, "Rozmetov ZM''MChJ, "Artel gruop"
, "Rauf and Ravilya textile", O’zbekiston Mikrobilog instituti, O’simlik moddalar kimyo instituti, "Toshkentdonmahsulotlari "AJ "Makro" supermarket tarmog'i va boshqa yirik tashkilotlardan vakillar tashrif buyurishdi.

@TKTI_Official
#Karyera_kuni

Shuningdek, tadbir natijasi bo‘yicha Institut o'quv ishlar bo'yicha prorektor T.Safarov, institut talabalar amaliyoti va marketing bo'limi hamda "Karyera markazi" rahbari A.Mirkomilov, SHayxontohur tuman prokurori S.Mavlonov Toshkent shaxar prokuraturasi bo'lim prokurori A.A'zamov, tuman prokuraturasi bo'lim prokurori Y.Abdurahmonov, tuman prokuror yordamchisi S.Komiljonov tomonidan korxona mutasaddi idoralar rahbarlariga talaba-yoshlar bandligi yo‘nalishda ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda institut rahabriyatiga yoshlar yetakchilariga yoshlarni doimiy nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

Bu kabi tashkiliy ishlar talaba-yoshlarni ish bilan ta'minlash maslalarini hal etishda asosiy o‘rin egallashi, ayni haqiqat. Zero, yoshlar ertamiz egalari, olib borilayotgan sa’y-harakatlarimiz davomchilaridir.


@TKTI_Official
#karyera_kuni
#MKTF

“Menejment va kasb taʼlimi” fakultetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

5-aprel kuni “Menejment va kasb taʼlimi” fakultetida Karyera kuni mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda yuzlab bakalavriatura hamda magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi. Tadbirga fakultet bilan doimiy aloqalarni оʼrnatgan 10 tadan ziyod Respublika sanoat tarmogʻining asosi bоʼlgan zavod hamda xususiy korxonalaridan kadrlar masalalari bоʼyicha masʼul mutasaddilar tashrif buyurishdi.
#Karyera_kuni
#VTSUF

📌 "Karyera kuni" Mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirning maqsadi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 4-martda o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda institut talabalariga darsdan bo‘sh vaqtlarida ish bilan bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.

📆 14-aprel
🕙 14.00 da
📍Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti binosi

❗️Ro'yxatga olish 13:30 dan boshlanadi.


@TKTI_Official
#Karyera_kuni

Kuni kecha "Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi" fakultetida "Karyera kuni" bo'lib o'tdi

Batafsil

@TKTI_Official
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#Karyera_kuni

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “KARYERA KUNI” bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi bo’lib o’tdi.

🎗 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yilning 20-25-may kunlari “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi bo'lib o'tmoqda. Bugun ilmiy haftalik doirasida “KARYERA KUNI” bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi bo’lib o’tdi.

📊 Tadbirda 80 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari, “O‘zkimyosanoat” AJ hamda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarufidagi yirish ishlab chiqarish korxonlari vakilari va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali ma’sul xodimlari ishtirok etdilar. 2023-2024 o‘quv yilida institutimizda 1500 ziyod talaba yoshlar bitirishmoqda. Ularni ishga joylash maqsadida "KARYERA KUNI" tashkilashtirildi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#Karyera_kuni

🎙 Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.T.Safarov kirish so'zi bilan ochib berdilar. Yana bir yangiliklarda biri bo‘lgan Davlat tashkilotlariga ishga kirishning yangi tartibi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali Bosh inspektor Abdukarimov Utkir Xamzaevich vacancy.argos.uz sayti orqali ishga kirish tartibi bo‘yicha bitiruvchi talabalarga tushunchalar berdi.

🔥 Korxonalar o‘zlarining taqdimotlari bilan tadbirda ishtirok etdilar. Yurtimizdagi yuqori sifat bilan hamda o‘zining shirinliklari bilan mashxur bo‘lgan BON! kafesining ishlab chiqarish zavodidan ham HR mutaxassisi Zuxra Djurabaeva o‘zining taqdimoti hamda bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#Karyera_kuni

🎗 “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida Institutimiz bilan hamkorlikda Artel innovatsion o‘quv markazi, Artel konditsoner zavodi bilan birgalikda KARYERA KUNI-XAKATON tadbiri bo‘lib o‘tgan edi.

☄️ KARYERA KUNI-XAKATON tadbirida institutimizdan 125 nafardan ziyod talabalar ishtirok etgan bo‘lib ulardan 15 nafari yuqori natijalarga erishdilar. Institutimizning yaqin hamkorlari bo‘lmish Artel innovatsion o‘quv markazi va Artel konditsoner zavodidan 15 nafar talabalarimiz Artel zavodining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_Biz_haqimizda
#Video
#Karyera_kuni

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “KARYERA KUNI” bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi bo’lib o’tdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM