ToshPTI Talabalar kengashi 🇺🇿
32 subscribers
88 photos
22 videos
5 files
37 links
ToshPTI Talabalar kengashining 🇺🇿 o'zbek tilidagi RASMIY kanali


Bog'lanish uchun:
@studentsuniontashpmi_bot

Facebook: facebook.com/sctashpmi/
Instagram: instagram.com/sc.tashpmi
YouTube: youtube.com/channel/UCfpAJ_JD2xNJyluvofXt8ZA
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Вакцина қабул қилиш - энг тўғри қарор

Соғлиқни сақлаш вазирлиги ташаббуси билан бошланган #мен_вакцина_олдим акцияси бутун мамлакат бўйлаб қулоч ёймоқда.

Акция доирасида ҳукумат вакиллари, вазирлар, ҳокимлар, тиббиёт муассасалари ва олий таълим муассасалари раҳбарлари, профессор-укитувчидари, эл ардоғидаги санъаткорлар ва бошқа аҳоли вакиллари коронавирусга қарши эмланмоқда.

Акциянинг давомида сифатида #биз_вакцина_олдик шиори остида Тошкент педиатрия тиббиёт институтининг Асаб касалликлари, болалар асаб касалликлари ва тиббий генетика кафераси ходимларининг коронавирус инфекциясига қарши эмланиши жараёнларидан лавхалар баён қилинади.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Dunyo bir bog'dir mevasi inson,
Insonning mag'izi e'tiqod iymon,
Iymonga quvvatdir hur-u salovat,
Ahli islom shodligi "Hayit" muborak
TOSHKENTDAGI КOVID MARKAZLARIGA ICHIMLIK SUVI KERAK❗️

COVID-19 yuqtirgan bemorlar uchun shifoxonalar, ya'ni Zangiota-1, Zangiota-2, "O'zekspomarkaz" dagi tarqatish markazlari, shuningdek "Yoshlik" va "Universal" sport majmualari ichimlik suvi yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda.

Muassasa byudjetiga suv xarajatlari kiritilmagan. Homiylar tomonidan beriladigan suv miqdori bemorlar oqimining ko'paygani sababli yetarli emas.

Biz ushbu ma'lumotni bemorlar va shifoxona xodimlariga yordam qo'lini cho'zmoqchi bo'lgan insonlarni xabardor qilmoqchimiz!

ToshPTI ko'ngillilari✋🏻
👇👇👇
https://t.me/joinchat/VdeKVvlHw05YHHi8
TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTIDA “ONLAYN POLIKLINIKA” O'Z FAOLIYATINI BOSHLADI

«Onlayn poliklinika» pandemiya vaqtida aholiga masofadan turib kerakli tibbiy maslahatlarni, tavsiyalarini hamda mutaxassislarga yo'naltirish orqali sifatli tibbiy xizmat ko'rsatadi.

Mazkur poliklinikada tibbiy xizmat oilaviy shifokorlar bilan bir qatorda tor mutaxassislar, shu jumladan pediatr, terapevt, pulmonolog, pulmonolog-ftiziatr, kardiolog, endokrinolog, akusher-ginekolog, reanimatolog, infeksionist, oftalmolog, otorinolaringolog, dermatovenerolog, bolalar va kattalar jarrohlaridan iborat shifokorlar guruhi ham jalb qilingan.

«Onlayn poliklinika»ning maxsus Telegram boti yaratilib unda yurtdoshlarimiz o'zini qiynab kelayotgan savollarga ishonchli va kerakli tibbiy tavsiyalarni olishlari mumkin.

«Onlayn poliklinika»ga Telegram bot orqali murojaat qilish mumkin:
http://t.me/OnlinePolyclinic_bot

Onlayn poliklinika xizmatidan horijda bo'lib turgan yordamga muhtoj yurtdoshlarimiz ham foydalanishi mumkin.

▶️ @daminovbotirturgunpulatovich
▶️ @tashpmi_press
Bizga sizning yordamingiz kerak

❤️Biz yordam qo'lini ko'rsatganlardan
minnatdormiz❤️

Yana shuni ma'lum qilamizki, yaqin kunlarda biz kovid markazlariga suv sotib olishni va etkazib berishni boshlaymiz!

Bizga suvni olish va ularni kovid markazlari omborlariga tushirishda yordam beradigan ko'ngillilar kerak! Avtomobili bor ko'ngillilar bo'lsa nur ustiga nur bo'lar edi.

📆 Rejalashtirilgan kunlar:
27.07
29.07
🕰Vaqti aniqlashtiriladi

Batafsil ma'lumot olish va ko'ngillilar qatoriga qo'shilish uchun siz murojaat qilishingiz mumkin
👤 @asadullaevasadbek
👤 @Umarov_1025
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2020-21 O'QUV YILI QANDAY O'TDI?

Albatta, ushbu o'quv yil biz uchun oson bo'lmadi va hammangiz buni bir necha bor eshitdingiz. Ammo, shunday gap bor, qiyin paytlarda kuchli odamlar tug'iladi. Shunday vaziyatda ToshPTI Talabalar Kengashi vujudga keldi.

Bizning kengash birin-ketin loyihalari bilan talabalarning kundalik hayotiga yorqin ranglar va unutilmas taassurotlar olib keldi. Har bitta loyihaga kengashimizning a'zolari mas'uliyat bilan yondashdilar desak to'g'ri bo'ladi.

Lekin bir kun, bizga ishongan bu inson, bularning barchasini amalga oshirdi. Gap birinchi raisimiz Sobitov Izzatullo haqida ketmoqda. Barcha nomidan rahmat sizga, Izzat❤️

Xulosalar yangiliklarni e'lon qilish vaqti keldi.

Yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan biz sizning e'tiboringizga ToshPTI Talabalar Kengashining yangi logotipini taqdim etib, yangi davr boshlanayotganini e'lon qilmoqchimiz.
Talabalar hayotini rivojlantirish uchun xohish va g'oyalaringiz bormi?

Unda biz aynan sizni izlamoqdamiz! Biz Talabalar Kengashiga QABULni ochdik🥳

Yaxshi bilsangiz kerak, tibbiyot oliygohlarida faqat ilm bilan shug'ullanish natijasida, institutdagi talabalik davrini esdan chiqarib qo'yishadi. Bizning kengash esa buning aksini isbotlaydi! Bizning umumiy maqsad va vazifamiz - talabalar va ma'muriyat o'rtasidagi to'siqlarni ko'rinmas holga keltirish va o'qishni iloji boricha qiziqarli va samarali qilish.

Agar siz shijoatli, iqtidorli va shunchaki faol bo'lishga va rivojlanishimizga yordam berishga tayyor bo'lsangiz, xush kelibsiz🤗
Buning uchun quyidagi anketani to'ldirish kifoya👇

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScQeWOLXD7-U2mOFBUiKl2zb8RNJ82a0tjSbu2jiYVhp1JxIg/viewform

Sizni oilamizda kutamiz❤️
Forwarded from BSMI news
UZ/RU:

🔴BuxDTIning bir guruh faol talabalari O‘zbekistonning barcha Tibbiyot oliygohlari talabalarini qamrab olgan "Public Health MUN—2021" konferensiyani tashkil qilmoqdalar.

Tadbir doirasida tibbiyotning xalqaro dolzarb muammolari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli miqyosida ko‘rib chiqiladi va yechimlar taklif qilinadi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti, Sog‘liqni Saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Buxoro viloyati hokimligi, Xalqaro BMT Modelining O‘zbekistondagi mahalliy vakillari Konferensiyani tashkillashtirishda ishtirok etmoqdalar.

〽️Umuman olganda, 8-9-oktyabr kunlari Buxoroda Tibbiyot talabalari uchun unutilmas voqealar bo‘lishi kutilmoqda.

Konferensiyada ishtirok etish BEPUL!
➡️ Hoziroq registratsiyadan o‘tishingiz mumkin: https://t.me/bukharaphmun/50

Deadline: 31.08.2021
_____________________

🔴 Группа активных студентов Бухарского государственного медицинского института организует конференцию «Public Health MUN-2021», которая охватывает студентов всех медицинских вузов Узбекистана.

На мероприятии будут рассмотрены текущие международные медицинские проблемы на уровне Типовой модели Организации Объединенных Наций и предложены решения.

Бухарский государственный медицинский институт, Министерство здравоохранения, Агентство по делам молодежи, администрация Бухарской области, местные представители Международной модели ООН в Узбекистане принимают участие в организации конференции.

〽️В целом 8-9 октября в Бухаре ждут незабываемые мероприятия для студентов-медиков.

Участие в конференции БЕСПЛАТНОЕ!
➡️ Вы можете зарегистрироваться сейчас: https://t.me/bukharaphmun/50

Deadline : 31.08.2021‌‌

© BSMI news
Telegram | Instagram | YouTube
БОТИР ДАМИНОВ: КОРОНАВИРУСГА ҚАРШИ ЭМЛАНИШ - ҲАР БИР ИНСОННИ УШБУ КАСАЛЛИКДАН САҚЛАНИШИНИНГ ЯГОНА ЙЎЛИ ЭКАНЛИГИ ТЎҒРИСИДА БАРЧАНГИЗ БИЛИШИНГИЗГА АМИНМАН

Ҳурматли талаба-ёшлар!

Кейинги вақтда дунё аҳолиси саломатлигини катта ҳавф остига қўйиб, миллионлаб одамлар ҳаётида фожиа келтирган коронавирус пандемиясининг жиддий асоратларини кўриб туриб, бошимиздан ўтказиб, жабрини чекаётган бўлсак-да, эмланиш борасида иккиланяпмиз.

Бугун коронавирус касаллигининг янги штамми аҳолининг энг фаол, ҳаракатчан қатлами бўлган болалар ва ёшлар орасида ҳам кўп аниқланмоқда, бу эса ўз навбатида касалликни аҳоли орасида янада тезроқ тарқалишига сабаб бўлмоқда. Шунингдек, оҳирги кунларда коронавирусга чалиниб, касалхоналарга ётқизилганларнинг деярли барчаси эмланмаганлардир.

Азиз талабалар!

Короновирусга қарши вакцина билан эмлаш - ҳар бир инсонни ушбу касалликдан сақлашини, аҳоли орасида жамоавий иммунитет ҳосил бўлишини, коронавирус тарқалиш занжирини узиш орқали эпидемиологик барқарорликни таъминлашни аъсосий ва ягона йўли эканлиги тўғрисида барчангиз билишингизга аминман.

Келинг ҳалқимиз билан бир бўлиб, короновирусга қарши эмланиб, касалликни бирга енгайлик!

Бугун биз янги 2021/2022 ўқув йили бошланиши арафасида турибмиз, ва албатта ушбу ўқув йилда барчангизга соғлиқ ва саломатлик тилаган ҳолда, эпидемиологик барқарорликни таъминлашда ўз ҳиссангизни қўшиб коронавирусга қарши эмланишингизга чақираман. Зеро эмланиш орқали нафақат ўзингиз балки оила аъзоларингиз ва сиз учун қадрли бўлган инсонлар соғлиғини сақлашга ҳисса қўшган бўласиз. Эмланишга қарши бўлиб ўзингизга, яқинларингизга ва бутун мамлакатга зарар етказманг.

Шу муносабат билан, азиз талаба-ёшлар, илтимос, ижтимоий масъулиятни ҳис қилган ҳолда 2021 йил сентябр ойида барчангиз коронавирус касаллигига қарши вакцина билан эмланган ҳолда ўқишга чиқишингизи сўраймиз.

Қадрли ёшлар!

Ўз саломатлигигингизга ўзингиз масъул бўлиб коронавирус касаллигига қарши вакцина билан эмланинг, тиббий ниқобдан мунтазам фойдаланинг, одамлар гавжум бўлган жойларга бормасликка харакат қилинг ва, албатта, карантин қоидаларига риоя қилинг! Шубҳасиз, биз бугунги эпидемиологик вазиятни бартараф этиб, жонажон институтимизда ўқишни давом эттирамиз.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Forwarded from sc.medical
IJTIMOIY MUHOFAZA VA VOLONTYORLIK BO'LIMI
"Maktab portfeli" aksiyasini o'tkazmoqda va kam ta'minlangan oilalar maktab o'quvchilari uchun to'plamlarni e'lon qildi:
• maktab formasi (ko'ylak, kurtka, shim, yubka, kolgotka)
• sumka ( ryukzaklar)
Siz yuborishingiz mumkin bo'lganlar:
• kurtkalar, yomg'irga qarshi kiyimlar, har qanday bolalar kiyimlari yaxshi holatda!

📆 3 sentyabr juma
🕙 10: 00-12: 00
"Mehrli qo'llar" (Pushkin metrosi)

Qo'shimcha ma'lumot uchun @dr_aziza_a ga murojaat qiling.
❤️Qadrli birinchi kurs talabalari❤️

Sizlarni chin dildan Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutiga kirganingiz hamda bizning katta va ahil oilamiz a'zosi bo'lganingiz bilan tabriklaymiz!

Ohirgi kunlarda sizlarga qanchalik qiyin bo'lganini bilamiz. Biroq, institutga kirish - bu uzun va qiziqarli yo'lning boshi xalos va albatta uning o'ziga yarasha qiyinchiligi va zavqi ham bor. Aytishadi-ku, talabalik - oltin davrim deb.

Sizlarga yangi hayotga ko'nikishda yordamimiz tegsa xursand bo'lardik. Shuning uchun har qanday savollaringizga javob berishga tayyormiz

ToshPTI Talabalar Kengashi
“Машенниклар“😅

❗️Ҳазил тагидаги ҳақиқат
Трединг, онлайн қимор ўйинларга бор-будини тикиб ҳонавайрон бўлаётганлар ҳақида
👇🏻👇🏻

❗️Дача, ижара шартномаси ва етказиб бериш шартномаси (даставка)га олдиндан тўлов қилишга шошилманглар.   Ижтимоий тармоқларда олдиндан заклад тўлаб қўйишга шошилманг, арзон буюмларга алданиб қолманг.

❗️Телеграмда ссилкаларни босиб қўйиш, овоз бериш, инстаграм ва файсбоокда номаълум шахсларга ишониб қолиш холатлари жуда кўп. 

❗️ Уважаемые граждане, остерегайтесь мошенников. Никому не сообщайте код вашей пластиковой карты и не верьте всему, что есть в интернете. Будьте бдительны!

💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter