Tinchlik lokomotiv deposi
1.11K subscribers
26.2K photos
2.44K videos
135 files
10.1K links
Аziz hamkasblar ushbu kanal "Tinchlik lokomotiv deposi"ning rasmiy kanali.
Download Telegram
#tdt2022 #отг2022 #ots202

Samarqand shahrida O‘zbekiston tomoni raisligida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Vengriya va Turkmaniston TIV rahbarlari hamda TDT Bosh kotibi ishtirok etmoqda.

——

В г.Самарканде начало свою работу заседание Совета министров иностранных дел Организации тюркских государств (ОТГ) под председательством узбекской стороны.

В мероприятии принимают участие главы внешнеполитических ведомств Узбекистана, Азербайджана, Казахстана, Кыргызстана, Турции, Венгрии и Туркменистана, а также генеральный секретарь ОТГ.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati



mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#tdt2022 #отг2022 #ots202


Туркий давлатлар ташкилотига аъзо давлатлар ўртасида савдони осонлаштириш Стратегияси тасдиқланди, Соддалаштирилган божхона йўлагини шакллантириш тўғрисидаги Битим имзоланди.

«Шубҳасиз, Туркий инвестиция жамғармасини ташкил этиш бўйича келишувга эришиш катта ютуқ ҳисобланади», — ташқи ишлар вазири Владимир Норов.

———

Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida savdoni osonlashtirish Strategiyasi tasdiqlandi, Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagini shakllantirish toʻgʻrisidagi Bitim imzolandi.

“Shubhasiz, Turkiy investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishish katta yutuq hisoblanadi”, — tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati



mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#tdt2022 #отг2022 #ots202


«Туркий давлатлар ташкилоти саммити доирасида транспорт ҳамкорлиги соҳасидаги жуда муҳим ҳужжатлар – юкларни халқаро аралаш ташиш тўғрисидаги Битим ва транспорт соҳасидаги боғлиқлик Дастури имзоланади» — Норов.

———

“Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida transport hamkorligi sohasidagi juda muhim hujjatlar – yuklarni xalqaro aralash tashish toʻgʻrisidagi Bitim va transport sohasidagi bogʻliqlik Dasturi imzolanadi” — Norov.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#tdt2022 #отг2022 #ots202

«Бош мақсад – бизнинг қуруқлик ва денгиз портларимизни жаҳон бозорлари билан мустаҳкам боғлайдиган ягона транспорт маконини шакллантиришдан иборатдир.

Биргаликда Транскаспий “Ўрта йўлаги”ни келажакда Ташкилот давлатларининг ягона транспорт тизимига интеграциялашуви учун платформага айлантиришимиз мумкин», — ташқи ишлар вазири Владимир Норов.

———

“Bosh maqsad – bizning quruqlik va dengiz portlarimizni jahon bozorlari bilan mustahkam bogʻlaydigan yagona transport makonini shakllantirishdan iboratdir.

Birgalikda Transkaspiy “Oʻrta yoʻlagi”ni kelajakda Tashkilot davlatlarining yagona transport tizimiga integratsiyalashuvi uchun platformaga aylantirishimiz mumkin”, — tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati



mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |