πŸ“šπŸ“šπŸ“šMILLIY SERTIFIKAT( ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI) πŸ“šπŸ“šπŸ“š
443 subscribers
1.24K photos
241 videos
1.03K files
727 links
MILLIY SERTIFIKAT VA ATTESTATSIYA SINOVLARIGA TAYYORLANAYOTGAN USTOZLAR HAMDA ABITURIYENTLAR UCHUN MO'LJALLANGAN ENG KERAKLI KANAL.

Maqsadingiz sizni yuksaltiruvchi kuchdir.

Murojaat uchun @GulnozaJalilovaa yoki +998919731188
Download Telegram
#TEST VAQTI

Qaysi gapda sifat va fe'l turkumiga oid yasama sΓ΅zlar qatnashgan?
A) Darhaqiqat , shoirning yuragi pok tuyĝulardan oziqlanadi .
B) Qizni bu qΓ΅rqinchli shubhalar qiynardi .
C) QΓ΅lining harakatlari bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi .
D) Shoir bilimsiz tabiblarni jallod shogirdiga Γ΅xshatadi .
Javobini bu yerda belgilang.
Anonymous Quiz
13%
A
81%
B
0%
C
6%
D
#TEST VAQTI

Qadimda bir badavlat kishining yolĝiz áğli bálib , u uquvsiz va mol -davlatni foydasiz ishlarga sarflaydigan bola edi.
Ushbu gapda ismlar guruhiga oid nechta sodda yasama sΓ΅z bor?
A) 3 ta B) 2 ta
C) 5 ta D) 4
ta
Javobini bu yerda belgilang.
Anonymous Quiz
43%
A
7%
B
7%
C
43%
D
#TEST VAQTI
Qaysi gapda yasama otdan yasalgan sifat qatnashgan ?
A) Bir vaqtlar sen turtkilagan yigit bugun senga rahbar bΓ²lib kelmoqda .
B) Alisher Navoiy bilimsiz tabiblarni jallodga Γ΅xshatadi .
C) U beĝubor yaylov havosida ulĝaygan kamgap va qaysargina bir bola ekan .
D) Maqtanchoqliging tufayli sen dΓ΅stlaringning e'tiboridan qolding.
Javobini bu yerda belgilang.
Anonymous Quiz
0%
A
92%
B
0%
C
8%
D
✍ 1-rasm ✍.
Sodda so'zning tarkibiga ko'ra turi.
✍ 2 - rasm ✍.

So'zlarning yasalish usullari.
1.ASOS + SO'Z YASOVCHI QO'SHIMCHA = SODDA YASAMA SO'Z (AFFIKSATSIYA yoki MORFOLOGIK usul).

Gul + la, e'tibor + siz...

2.ASOS + ASOS = QO'SHMA SO'Z (SINTAKTIK yoki KOMPOZITSIYA usuli)

Qo'l + qop, ish + yoqmas...
πŸ“š QO'SHMA FE'LLAR

β–ͺ️ Ikki asosdan tashkil topgan fe'llar QO'SHMA FE'LLAR deyiladi.

β–ͺ️ Qo'shma fe'llarning tarkibiga ko'ra ikki turi mavjud:
1. Fe'l bo'lmagan so'z + fe'l shaklidagi qo'shma fe'llar.
Masalan:
β–ͺ️ Ot+fe'l: havas qilmoq, taklif qilmoq
β–ͺ️ Sifat+fe'l: norozi bo'lmoq, yaxshi ko'rmoq
β–ͺ️ Taqlid so'z+fe'l: chirs etmoq, taq etmoq
β–ͺ️ Undov so'z+fe'l: oh urmoq, dod solmoq

2. Fe'l + fe'l shaklidagi qo'shma fe'llar.
Masalan: olib bermoq, sotib olmoq, kelib ketmoq...

β–ͺ️ Bunday qo'shma fe'llarning ikkinchi qismi o'z ma'nosida qo'llanmaganda (atash ma'nosini yo'qotganda) ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi hosil bo'ladi.
Masalan: o'qib chiqdi (o'qidi, lekin chiqmadi, yig'lab yubordi (yig'ladi, lekin yubormadi).

β–ͺ️ Qo'shma fe'llar quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Asoslari hamisha ajratib yoziladi.
2. Bitta so'roqqa javob bo'ladi.
3. Ikki asosdan iborat bo'ladi.
4. Bitta sintaktik vazifa bajaradi.
5. Ikkala asosi ham ma'no mustaqilligiga ega bo'ladi.
6. Asoslari orasida boshqa so'z va qo'shimchalarni qo'llab bo'lmaydi.
7. Asoslari bitta urg'uga ega bo'ladi.
πŸ’₯πŸ’₯πŸ’₯Kanalimiz kuzatuvchilari uchun ajoyib yangilik!

⭐️⭐️⭐️ Barchangizni ertaga 21.00 da bo'ladigan darsimizga taklif qilaman.

πŸ”₯πŸ”₯πŸ”₯Dars mavzusi : she'riy san'atlar.

πŸ’¦πŸ’¦πŸ’¦ Darsimiz sizga foydali bo'ladi degan umiddamiz.

βœ…Yaqinlaringizni ham taklif qilishni unutmang.Safimiz kengayishiga o'z hissangizni qo'shsangiz,xursand bo'lar edik😍.

https://t.me/Til_va_adabiyott
✍✍Tashxis ✍✍