📚📚📚MILLIY SERTIFIKAT( ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI) 📚📚📚
457 subscribers
1.2K photos
212 videos
874 files
590 links
MILLIY SERTIFIKAT VA ATTESTATSIYA SINOVLARIGA TAYYORLANAYOTGAN USTOZLAR HAMDA ABITURIYENTLAR UCHUN MO'LJALLANGAN ENG KERAKLI KANAL.

Maqsadingiz sizni yuksaltiruvchi kuchdir.

Murojaat uchun @GulnozaJalilovaa yoki +998919731188
Download Telegram
Bugun soat 13.30 da ushbu kursimizning ilk darsi o'tiladi.Kimda grammatika noldan o'rganish istagi bo'lsa,kursimizga qo'shilishingiz mumkin.
Umar roziyallohu anhuga birov ,"Misrliklar yaxshi odamlar ekan",desa ,u kishi:"Xuddi shunday", debdilar.Keyin boshqasi kelib , " Misrliklar yomon odamlar ekan" desa ,unga ham "Ha,shunaqa",-debdilar.Shunda :"Taqsir,o'zi misrliklar yaxshimi yoki yomonmi?" deb so'rashibdi.U kishi :"Kim qanday bo'lsa,o'ziga o'xshaganlarni uchratadi",-debdilar.

🌸 Assalomu alaykum va rahmatullohi barokatuh !🌸

🌺Yangi kun muborak!🌺
KO’MAKCHI FE’LLI SO‘Z QO‘SHILMASIGA QO‘SHIMCHALARNING QO‘SHILISH TARTIBI
Fe’lning yetakchi fe’l qismi o‘zgarmas bo‘ladi. Nisbat va bo‘lishsizlik shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, ko‘makchi fe’l tarkibida ham kelishi mumkin:
Orttirma nisbat: keltirib bermoq;
o‘zlik nisbat: o’ylanib qolmoq;
majhul nisbat: o‘qib chiqdi;
birgalik nisbat: o‘qib chiqishdi

Bo’lishsizlik shakli:
Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasida bo’lishsizlik qo’shimchalari ikki qismning bittasiga (yo yetakchi qismga, yo ko’makchi qismga) yoki har ikki qismga qo’shilib, turli ma’nolarni ifodalaydi:
1) -ma shakli yetakchi fe’lga qo’shilganda bo’lishsiz shakl davomiy bo’lishsizlik ma’nosini ifodalaydi: o’qib qo’ydi – o’qimay qo’ydi;
2) -ma shakli ko’makchi fe’lga qo’shilganda bo’lishsiz shakl bir martalik harakat inkori ma’nosini ifodalaydi: o’qib qo’ydi – o’qib qo’ymadi;
3) -ma shakli yetakchi va ko’makchi fe’lga bir paytda qo’shilganda tasdiq ma’nosini ifodalaydi. Bunda tasdiq shakli ikkita inkor shakli orqali ifodalanib, oddiy tasdiq ma’nosidan kuchliroq bo’ladi: o’qib qo’yadi – o’qimay qo’ymaydi.

Zamon, shaxs-son, mayl qo‘shimchalari, fe’lning vazifa shakllari faqat ko‘makchi fe’llarga qo‘shiladi:
Fe’lning vazifa shakli. o‘qib chiqqach ravishdosh shakli (ko‘makchi fe’lga qo‘shildi); o‘qib bo’lish harakat nomi shakli (ko‘makchi fe’lga qo‘shildi) o‘qib chiqayotgan sifatdosh shakli (ko‘makchi fe’lga qo’shildi)
Munosabat shakli. o‘qib chiqsin buyruq-istak mayli (ko‘makchi fe’lga qo’shildi); o‘qib chiqsa shart mayli (ko‘makchi fe’lga qo’shildi); o‘qib chiqdim xabar mayli, o‘tgan zamon, I shaxs birlik

‼️BOSHQALARGA HAM ULASHING!‼️
👉@ONA TILI VA ADABIYOT👈

Eng sara kanallarimizga a'zo bo'ling!
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Ona tili | Badiiy | Quiz | Motivatsiya
FE'Lning lug'aviy shakl yasovchilari:

I.NISBAT QO'SHIMCHASI:
1.Aniq nisbat: -
2.O'zlik nisbat: -n, -l, -in,-il
3.Majhul nisbat: -n, -l, in,-il
4.Orttirma nisbat:
-t, -dir,-tir,-ir,-ar,-iz,-sat,-gaz,(-kaz,-qaz),-giz(-kiz,-qiz) -g'iz
5.Birgalik nisbat: -sh, -ish

II.FE'LNING VAZIFA SHAKLLARI:

1.Harakat nomi:
-ish,-uv,-moq,-mak,-maslik

2.Ravishdosh:
-(i)b,-(a)y,-gach,(-kach,-qach), -guncha (-kuncha,-quncha), -gancha (-kancha,-qancha),-gani (-kani,-qani),-may,-mayin,-masdan

3.Sifatdosh:
-gan (-kan,-qan), -ydigan,-adigan,-ayotgan,-ar,-mas,-(u)vchi

4.Sof fe'l:-
III.FE'LNING BO'LISHSIZLIK SHAKLI
. -ma

IV.HARAKATNING KUCHLI YOKI KUCHSIZLIGINI BILDIRUVCHI SHAKLLAR:
-qa chayqa
-ka surka
-la quvla
-g'ila ezg'ila
-msira kulimsira
-inqira oqarinqira
-kila titkila
-g'i to'zg'i
-a bura

Kanalimizga a'zo bo'ling 👇👇👇

@ona_tili_adabiyot_afrosiyob
10.Har uchala gapda ham ishtirok etgan fe'l shakllarini aniqlang.

1.Tuxumdan chiqdi-yu,keltirib uni,
Shu loyqa hovuzga tamom otdilar.
2.Ko'zi ochiq har narsani ,albatta ,ko'rib,
Ajratolmay qolar goho ruh va jismni.
3.Besh yil naridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.

1)sifatdosh
2)ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi
3)orttirma nisbat shaklidagi fe'l
4)III shaxs birlikdagi fe'l
5)ravishdosh
6)buyruq maylidagi fe'l

A)4 va 5
B)2 va 5
C)3 va 6
D) 2 va 4
86
I
Chiroqning nuri qanchalik yorug‘ bo‘lmasin, uni Quyosh bilan taqqoslab bo‘lmaydi.
II
• Sulton qanday bo‘lsa, xalq ham shunday.
III
Qalbing xotirjam bo‘lsa, qamish kulbada ham huzur qilasan


Yuqoridagi har uchala gapda takrorlanadigan fe'lga oid ma'lumotlarni aniqlang

1. Sof fe'l
2. Bo'lishli fe'l
3. O'timli fe'l
4. Bo'lishsiz fe'l
5. O'timsiz fe'l
6. Xabar mayli
7. Shart mayli
8. Buyruq istak mayli
9. II shaxs birlik
10. O'tgan zamon
11. Hozirgi zamon
12. Kelasi zamon
13. Harakat nomi
14. Ravishdosh
15. Sifatdosh
16. Qo'shma fe'l
17. Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi
Har uchala gapda ham ishtirok etgan fe'l shakllarini aniqlang.

1.Yuzdan o'pishdan farqli holda peshonadan o'pganda insonning ruhiyatiga yaqinlashasiz.

2.Agar farzandingiz injiqlik qilaversa,uni tinchlantirishning eng yaxshi yo'li peshonasidan o'pish.

3 .Uyquga yotayotganida ham peshonasidan o'pib qo'ysangiz ,bola xotirjam va tiniqib uxlaydi.

1) III shaxs birlikdagi fe'l;
2)harakat nomi shaklidagi fe'l;
3)o'timli fe'l;
4)aniq nisbat;
5)ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi;
6)qo'shma fe'l.
Javobini bu yerda belgilang
Anonymous Quiz
43%
2 va 4
50%
3 va 6
0%
3 va 4
7%
1 va 5
Jannat ul ma'voda ko'nglum qilmag'ay sensiz qaror,
Naylasun gul bo'lmasa,alhaq chamanda andalib.
Baytda qaysi she'riy san'at qo'llangan.
Anonymous Quiz
54%
Husni ta'lil
27%
Tamsil
12%
Tajnis
8%
Talmeh
Punktuatsiya

Ushbu parchalarda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang.

1.Darhaqiqat O'zbekistonning qayeriga borsangiz darxon kenagas jaloyir bahrin nayman kabi joy nomlariga duch kelishingiz mumkin

2.A'lo o'qish bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz

3.Uylar devorlar daraxtlar hammasi qorong'ulikka jimgina cho'kkan

4.O'rinsiz g'azab o'zingga azob

5.Otamning akalari ham haydovchi

6.Erkin o'g'lingman qabul et O'zbegim jon o'zbegim

7.Temur tuzuklarida shunday deb bitilmish Tajribamdan ko'rilgankim amri qat'iy tadbirkor hushyor mard va shijoatli kishi mingta tadbirsiz loqayd kishidan yaxshiroqdir

‼️Javoblarini izohlarda qoldiring.
Punktuatsiya

Ushbu parchalarda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang.

1.Darhaqiqat ,O'zbekistonning qayeriga borsangiz ,darxon ,kenagas ,jaloyir, bahrin, nayman kabi joy nomlariga duch kelishingiz mumkin.

2.A'lo o'qish -- bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz.

3.Uylar ,devorlar, daraxtlar -- hammasi qorong'ulikka jimgina cho'kkan.

4.O'rinsiz g'azab -- o'zingga azob.

5.Otamning akalari ham haydovchi.

6.Erkin o'g'lingman, qabul et, O'zbegim, jon o'zbegim.

7."Temur tuzuklari"da shunday deb bitilmish:" Tajribamdan ko'rilgankim, amri qat'iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli kishi mingta tadbirsiz ,loqayd kishidan yaxshiroqdir".
Baytlardagi she'riy san'atlarni aniqlang.

1.Jonim chiqadir dard ila,jononima ayting,
Men xasta gado holini sultonima ayting.

2.Chu guldin rang emas,bulbulg'a bo'ye,
Bahor-u bog'-u gulshandin ne hosil.

3.Agar sen bo'lmasang guldek chamanda,
Kishi netgay o'shal bayt ul - hazanda?

4.Falak yulduz kibi xublarni yig'sa,
Yuzung bo'lg'ay quyosh ul anjumanda.

5.Nozuklik ichra belicha yo'q tori gesuyi,
O'z haddini bilib belidin o'lturur quyi.

6.Dilbarimning zulfi sunbul ,chehrasi gulzor erur,
Bo'yina oshiq sanavbar,yuzina gul zor erur.

7.Bu falak nechun meni doim ,qara,qinda tutar,
Bu otim Sayf o'ldug'uchunmi qara qinda tutar.

8.Tabassum qilsa la'ling jon bag'ishlar,
Magar Isoyi Ruhulloh sen-sen.
Izohlarda javobingizni qoldiring.Keyinroq to'liq tahlil kanalda beriladi.
Quyida berilgan gaplarda qanday tinish belgilari qo'yiladi?
Izohlarda o'z javobingizni qoldiring.
Keyinroq javoblar kanalda beriladi.

1 .Opangiz Ukam qaynanasini boqib yotibdi deb o'yladi shekilli-da

2.Lekin Me'morning avvalo raiyat qolaversa saltanat oldidagi mavqeyi unga qarshi keskin chora ko'rishga yo'l qo'ymas edi

3.Erk kuychisi Abdulhamid Cho'lpon she'rlarini sevib o'qiyman

4.Yo ishga chiqadi yo jo'natvorasiz kelgan joyiga deb turib olsa deng

5.Onaga eng ulug' zotga ehtirom chinakam insoniylik sanaladi

6.Olamni quyosh yoritadi insonni ilm

7.Vaqting ketdi baxting ketdi

8.Buyuk yozuvchimiz A.Qahhorning quyidagi gaplari hali -hanuz o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q Yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi ko'nglidan chiqarib emas qornidan chiqarib yozadi

9.Oltmishga kirib bildim umrim bekorga o'tmabdi odamlarga kerakli ekanman hayotda iz qoldiribman

10.Adang ham men ham yana o'n yil yashaymizmi yuz yilmi baribir bir kuni o'tamiz

11.Bevaning ayniqsa tirnoqqa zor bevaning zorli g'amli ohlariga tun qanday chidar ekan zamin- u samo qanday chidar ekan

12.Mamlakatimizdagi ko'plab pedagogika institutlari masalan Farg'ona Namibian va Guliston institutlari universitetlarga aylantirildi

13.Tizgin tortilganmi bo'sh qo'yilganmi jadaliga olinganmi ravon qo'yilganmi xullas shunga qarab hushtak chalishib hushtak chalishganlari sho'x - sho'x kulgilari hammasi ishning bir me'yorda qizg'in ketayotganidan dalolat beradi