Til marvaridi- Milliy sertifikat va Attestatsiya uchun [Iroda Allamurodovna bilan]
2.05K subscribers
2.23K photos
41 videos
476 files
166 links
📒ona tili Grammatika
📊Namunaviy esselar
📝Gʻazal,qit'a,fardlar
📝Diagnostik testlar
📝Ilmiy hamda badiiy matn testlar
📝badiiy asarlar tahlili
📝Kerakli qoʻllanmalar
Murojaat uchun: @Allamurodovna8
Download Telegram
2. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang

A) muvozanat, qizilrang, orzumand
B) mudarris, multiilova, rang-barang
C) hammaslak, ta’zarru, taalluqli
D) hazmi-taom, muvaqqat, ixlosmand
Berilgan qaysi javobda fe’l so’z turkumiga
oid so’z lug’aviy ma’noga ega emas?
A) Quloq sol: ertaga sen uchun juda muhim
kun!
B) Aytaylik, men bu shartga ko’ndim, xo’sh,
undan keyin-chi?
C) Ukam dadamning qo’lidan ushlab
o’ynoqlab ketaverdi.
D) Angladimki, olamda
Yurt tanho, Vatan tanho.
Ushbu gapda ajratilgan so’zning sintaktik vazifasini aniqlang ?
Birning kasofati yuzga urar, yuzniki – mingga.
OFFLINE KURS 📣📣📣🔊🔊🔊
Kuzgi Milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun

📚 Milliy sertifikat ona tili va adabiyot fanidan kuchli tayyorgarlik uchun YANGI GURUH ochildi!

📈 Har yili 95%+ natija bilan talabalikka erishayotgan o‘quvchilar safida bo‘ling!
Tajribali va yutuqli o‘qituvchi

Mavzular sodda va tushunarli tilda tushuntiriladi

Testlar, nazorat ishlari, mini imtihonlar

Savol-javob, grammatik va badiiy tahlil, individual yondashuv

🎯 Maqsad: DTMda yuqori ball olib, orzungizdagi OTMga kirish!

Darslarni 13 yillik tajribaga ega repetitor ustoz Iroda Allamurodovna tomonidan olib boriladi.

📍 Manzil: Qashqadaryo viloyati Kitob tumani, Davlat Xizmati Markazi tepasida
📞 Telefon:
+99897 388 07 95

📱 Telegram: t.me/til_marvaridi

🔔 Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang! "YOG‘DU "O‘quv markazi bilan natijaga erishing!
10 daqiqada darsni boshlaymiz ❗️
Darsni boshlaymiz.
2 daqiqada boshlaymiz.
O‘timli fe’llar — bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘ldiruvchi bilan qo‘llaniladigan, ya’ni harakat bevosita biror narsaga qaratilgan fe’llardir. Ular “nima?” degan savolga javob beradi.
O‘timli fe’llarga misollar:

1. Kitobni o‘qidi.
2. Xatni yozdi.
3. Telefonni ol.
4. Uyini sotdi.
5. Ismimni aytdi.
6. Darsni tushundi.
7. Qo‘ng‘iroqni qabul qildi.
8. Topshiriqni bajardi.
9. Gapni esladi.
10. Ustozini ko‘rdi.

Esda tuting:
“O‘timli” bo‘lishi uchun fe’l bilan birga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘ldiruvchi (odatda –ni qo‘shimchasi bilan) bo‘lishi kerak:

Nonni yedi. (o‘timli)

Yugurdi. (o‘timsiz — hech narsani bevosita bajarmayapti)
O‘timsiz fe’llar — bu harakat bevosita biror narsaga qaratilmagan fe’llardir. Ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘ldiruvchi (ya'ni -ni qo‘shimchasi bilan keladigan so‘z) ishlatilmaydi.

O‘timsiz fe’llarga misollar:

1. Bola yugurdi.
2. U uxladi.
3. Qush uchdi.
4. U kuldi.
5. Ot yeldek yurdi.
6. Odamlar to‘plandi.
7. Daraxt o‘sdi.
8. U ketdi.
9. Suv qaynadi.
10. Farzand tug‘ildi.

Solishtiring:
Kitobni o‘qidi – o‘timli (kitobga qaratilgan harakat)

Yugurdi – o‘timsiz (harakat o‘z-o‘zicha sodir bo‘lgan)
1.-la fe‘l yasovchi ega-la=egalla
Yig'i-la =yig‘la
Ong-la=angla