Til marvaridi- Milliy sertifikat va Attestatsiya uchun [Iroda Allamurodovna bilan]
2.24K subscribers
2.13K photos
39 videos
453 files
161 links
📒ona tili Grammatika
📊Namunaviy esselar
📝Gʻazal,qit'a,fardlar
📝Diagnostik testlar
📝Ilmiy hamda badiiy matn testlar
📝badiiy asarlar tahlili
📝Kerakli qoʻllanmalar
Murojaat uchun: @Allamurodovna8
Download Telegram
Qani, kim birinchi toparkin?
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.

A)mazxaraboz, ibratomuz, komissiya
B)deklaratsiya, kristal, manopoliya
C)mash’ala, immunitet, qumursqa
D)chaqaloq, mutanosib, tatqiqot

"Meni shaydo qiladurg'an bu ko'nguldir, bu ko'ngul,

Xor-u rasvo qiladurg'an bu ko'nguldir, bu ko'ngul"


Ushbu mavlono Lutfiy ijodidan keltirilgan parchadagi bir holat mening e'tiborimni tortdi.

- Bu qaysi holat
- Bu "Qiladurg'an" so'zi tarkibi?
!

Keling, ushbu so'z tarkibi tahlil qilamiz!


Bu so'z tarkibida "- adurg'an(adurg'on) " ayni bir qo'shimchami yoki "-dur" affiks-bog'lama-yu, "-g'an" sifatdosh shaklimi?!

Ishonamanki, siz hozir ham ikkinchi holat (" -dur" + "-g'an" ) deb o'ylayapsiz! Shundaymi?

Afsuski, bu noto'g'r
i

Bu so'z tarkibidagi " -adurg'an (adurg'on) “ sifatdoshning qo'shimchasi hisoblanib, bu qo'shimcha ayni XV asrdan keyingina eski o'zbek adabiy tilida qo'llanilgan!

Bu ma'lumotni yaqinlarga ham ulashib qo'ying, ular ham aslida "-adurg'an" qo'shimchasi bizda mavjud bo'lganini va hozirgi kunda bu qo'shimcha o'rnini "- ydigan" sifatdosh shakli egallaganini bilib, o'zlarida mavjud bo'shliqni to'ldirib qo'yishsin!

Ma'lumot:(A. Izamov)
❗️Milliy sertifikat test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

▶️  B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.
110 esse Madina Abdullayevna.pdf
2.4 MB
Milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko'rishni boshlagan talabgorlar uchun esse namunalari fayli bilan tanishing.

Ushbu faylda 110 ta mavzuda 110 ta esse namunasi joylangan.
Siz qiynaladigan va sevadigan test❤️
O‘zimni moziyning bag‘riga
urdim
Va shu on shukrona aytib
qaytdim men.
Kimdir ko‘rmay ketgan baxtni men ko‘rdim,
Kimdir aytmay ketgan so‘zni aytdim men.

She’rda olmoshning nechta turi qo‘llangan?

A) 3 ta
B) 2 ta
C) 4 ta
D) 1 ta
1.  [1,7 ball]

Ajratib ko'rsatilgan har uchala so'z bilan ma'nodoshlik hosil qila oluvchi so'zni yozing.

✔️Bizni kuzatishda davom eting...
Fe'l nisbatlari haqida batafsil ma'lumotlar

Ayni shu mavzuda qiynaladigan, kamchiliklari mavjud bo'lgan yaqinlaringizga ulashib qo'ying!
1. Qaysi javobdagi har ikkala so‘zda bir xil harf tushib qolgan?

A) ijo...kor, shikas...lanmoq
B) ma...tamoq, i...tiyor qilmoq
C) tush...nmoq, ul...g‘vor
D) gan...korlik, i...timoiy
2. Qaysi javobdagi so’zlarda nuqtalar o’rniga bo’g’iz undoshi qo’yilsa, imloviy
xatolik yuzaga kelmaydi?

A) mu…ojir, ba…aybat, il…om
B) mu…tasar, mu…olif, ru…sat
C) be…isob, …azon, mu…toj
D) …ushyor, …ozirjavob, …ushfe’llik
3. Quyidagi qaysi so’zlarning barchasi to’g’ri yozilgan?

A) shirinsuxan, mashʼum, ihlos
B) safsataboz, hiqichoq, achimsiq
C) xusumat, xalqum, toifa
D) supirmoq, sernaqsh, mulohaza
4. Qaysi javobdagi so’zlar ajratib yoziladi?

A) hamma//yoq, xush//muomala
B) kir//sovun, shu//yerda
C) yalang//oyoq, qo’y//mijoz
D) bir//lahza, mana//buni
5. Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri
yozilgan?

A) huquq, tabiyat
B) maishat, aeroport
C) ishlov, karidiyolog
D) koyinot, xunarmand
Qismlari kelishik qo‘shimchalari yordamida bog‘langan fe’lli so‘z birikmalarini aniqlang.

A) shaharga ketmoq, to‘yib ovqatlanmoq

B) she’r yodlamoq, suv solmoq

C) ko‘rganidan quvonmoq, to‘satdan gapirmoq

D) martabaga erishmoq, o‘qigani uchun