Til marvaridi- Milliy sertifikat va Attestatsiya uchun [Iroda Allamurodovna bilan]
2.35K subscribers
2.08K photos
36 videos
428 files
155 links
📒ona tili Grammatika
📊Namunaviy esselar
📝Gʻazal,qit'a,fardlar
📝Diagnostik testlar
📝Ilmiy hamda badiiy matn testlar
📝badiiy asarlar tahlili
📝Kerakli qoʻllanmalar
Murojaat uchun: @Allamurodovna8
Download Telegram
Berilgan gap haqida xato hukmni aniqlang.

Har kimning ham siz haqingizda bildirgan fikriga ishonib yurmang, odamlar har doim sizni yomon
tarafingizni gapirishadi.

A) Qaratqich aniqlovchi kesimga tobelangan.
B) Vositali to’ldiruvchi kesimga tobelangan.
C) Payt holi fe’l kesimga tobelangan.
D) Vositasiz to’ldiruvchi fe’l kesimga tobelangan.
Quyidagi gapda noo’rin qo’llangan qo’shimchaning vazifa turini aniqlang.

Ta’lim jarayonida xorij tajribalarida keng miqyosda foydalanish bo’yicha ishlar
amalga oshirilmoqda.

A) So’z yasovchi qo’shimcha

B) sintaktik va lug’aviy shakl yasovchi
qo’shimchalar

B) faqat sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha

D) faqat lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha
Qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlarni
belgilang.

A) tog’//oldi, ozodayi//sarishta, rang//tus

B) qo’rgon//tepa, bira//to’la, dori//xona

C) rang//tasvir, xayol//parast, odob//noma

D) ahmoq//ona, kul//rang, beshik//tervatar
2024-YIL 14-IYUL TUSHGAN TESTLAR.pdf
406.6 KB
14-iyul kuni ona tili va adabiyoti asosiy blokda tushgan savollarni tiklab e'lon qilishibdi. Muallifdan Alloh rozi bo‘lsin

To‘g‘ri javoblar:
1 - A 2 - C 3 - D 4 - B 5 - A 6 - D 7 - B 8 - C 9 - A 10 - B 11 - C 12 - A 13 - D 14 - B 15 - B 16 - D 17 - D 18 - A 19 - A 20 - C 21 - C 22 - A 23 - B 24 - D 25 - B 26 - A 27 - C 28 - C 29 - B 30 - B
11-sinf I qism_savol-javob.pdf
792.2 KB
📚 11-sinf adabiyot 1-qismidan savol-javob

Qo'llanma
👤 Muallif: Javohirbek Tursunov
ONA TILI. SUPER-2024. BOYMIRZAYEV.pdf
592.1 KB
📚 Ona tili va adabiyoti fanidan 30 talik test.

Muallif: Boymirzayev
Gan+i/ gani

1. Sifatdosh

O'qigan/i uchun o'qishga kirdi
O'qigan=im uchun o'qishga kirdim
O'qimagan/ing uchun o'qishga kirolmading.
Yig'laganiga ko'zi qizardi

2. Ravishdosh

U shaharga o'qigani keldi
U do'konga aylangani kirdi
B/ib

1. Ravishdosh - kulib gapirdi, o'ylanib javob berdi, shoshilib keldi

2. O'tgan zamon - shaxs-son bilan birga kelganda - Toshkentda yomg'ir yog'ibdi
Tushimda seni ko'ribman
Ar

1. Ni + Chiqar, qaytar - orttirma nisbat
2. Sifatdosh + ot = qaytar dunyo
Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt
3. Kelasi zamon - taxmin - Balki, u ertaroq qaytar
4. So'z yasovchi - ko'kar, oqar

Yurak kerak doim haqni demoqqa,
Dilim yondi – isi tegdi dimoqqa.
S
horlik elning farzandlari, botirlar,
Og'iz ochar faqat ovqat yemoqqa.
She’riy parcha haqida berilgan to'g'ri hukmlar sonini toping.

1) Kesimning tuzilishiga
ko'ra bir turi qatnashgan;
2) Kesimga bevosita va bilvosita tobelangan to'ldiruvchilar qatnashgan
3)
Jo'nalish kelishigini olgan so'zlar bir xil sintaktik vazifa bajargan
4) Holning ikki
ma'no turi ishtirok etgan
5) To'ldiruvchini tobelantirgan hol murakkab ot kesimga bevosita bogʻlangan

A) 4    B) 5    C) 2   D) 3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fe‘l so‘z turkumi

Odilbek Yoqubov ustoz
Forwarded from 📕📕📗📔 📕📕📗📔
Til marvaridi- Milliy sertifikat va Attestatsiya uchun [Iroda Allamurodovna bilan]
ONA TILI VA ADABIYOT-2024. BOYMIRZAYEV (2).pdf
📝📝Test boshlandi.

Test muallifi:
Gulhayo boboeva

Fan: Ona tili.
Savollar soni: 30 ta
Test kodi: 156234


Javoblaringizni @e_test1_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

156234*abcdabcd...
yoki
156234*1a2b3c4d5a...

156234#abcdabcd...
yoki
156234#1a2b3c4d5a...

☝️ Eslatma!
Javoblar aynan @e_test1_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.
1.Oqpodshoh bo‘lsin-u, yetmish ikki toifaning tilini biladigan tilmochlar bo‘lmasin! U tilmochlar tomonidan tarjima qilinib berilgandan keyin, bu maktubni Oqpodshoh, albatta, o‘qib eshitajak... balki o‘zi gazetning tiliga tushunsa... qo‘l ostida shuncha toifa yashaydigan bir podshoh o‘z fuqarolarining tilini bilsa ajabmi?” Qaysi asar qahramonining xarakter-xususiyatini ochib berishda muallif uning ana shunday o‘y-xayollari tasvirini keltiradi?

A)Akbarali mingboshi (“Kecha va kunduz”) B)Umar zakunchi (“Ikki eshik orasi”) C)Dalavoy nalugchi (“Dunyoning ishlari”) D)Bo‘ri polvon (“Yulduzlar mangu yonadi”)
x va h.pdf
380.7 KB
X va h tovushlari qisqacha imlo lug'ati.
⚠️ FE'L NISBATLARI HAQIDA

Fe'lda ish-harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabatning ifodalanishi Fe'l nisbati deyiladi (ayrim darsliklarda daraja deyiladi). Fe'l nisbatlari besh xil:

Aniq nisbatidagi fe'llar harakatning ma'lum shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi va ularda maxsus nisbat qo'shimchalari bo'lmaydi: o'qidi, kelyapti, bormoqchi.

O'zlik nisbatdagi fe'llar ish-harakatning boshqa buyumga o'tmay bajaruvchining o'zida qolganini anglatadi. Bunday fe'llar unli bilan tugagan asosga -n, -l, undosh bilan tugagan asosga -in, -il qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi (bir-ikkita fe'lda -(i)sh qo'shimchasi bilan yasalish bor: kirishdi, joylashdi): tarandi, sevindi, sudraldi, quvonmoq, seskanmoq, faxrlanmoq, zavqlanmoq, otlanmoq, afsuslanmoq. fe'llari tarkibida -n ko'rsatkichi mavjudligiga qaramasdan, bu fe'llar aniqlik nisbatida hisoblanadi, chunki ular tarkibidagi -n qo'shimchasi ajaratilmaydi. Yayra, qichqir, uxla, bor kabi fellardan o'zlik nisbat yasalmaydi.

Majhul nisbatdagi fe'llar ish-harakatning aniq bajaruvchisini ko'rsatmaydi. Bu fellar ham n, -in, -l, -il qo'shimchalari yordamida hosil qilinadi: to'kildi, to'plandi, ochildi, olindi.
O'zlik va majhul nisbatdagi fe'llar bir xil qo'shimcha yordamida hosil bo'lganda, ularning qaysi nisbatdaligi gap mazmunidan yoki fe'ldan oldin o'zi so'zini keltirib ko'rish bilan aniqlanadi:
📌 Mukofotlar berildi.
📌 Alisher o'qishga berildi. (1-fe'l majhul, 2-fe'l o'zlik nisbatdadir).

Birgalik nisbatidagi fe'llar ish-harakatning bir necha shaxs yoki narsa-buyum tomonidan birgalikda bajarilganligini bildiradi va unli bilan tugagan asosga -sh, undosh bilan tugagan asosga -ish qo'shimchasini qo'shish bilan yasaladi: Bunday fe'llar ish-harakatning bir necha shaxs yoki narsa tomonidan bajarilganligini yoki birgalik-ko'plik ma'nolarini ifodalaydi: Karim va Ahmad maqola yozishdi. Bolalar paxta terishdi. To'qnashdi, boqishdi, kurashdi (yordamlashdi), aytishdi, tortishdi (bahslashdi) fe'llari hozirgi o'zbek tilida ajralmas holatga kelib qolganligi uchun aniqlik nisbatidadir.

Orttirma nisbatdagi fe'llar ish-harakatning boshqa biror shaxs yoki narsa-buyum vositasida bajarilganligini bildiradi va -t, -tir, -dir, -ir, -ar, -iz, -giz, -kiz, -g'iz, -gaz, -qiz, -sat qo'shimchalar yordamida hosil qilinadi: o'qit, keltir, yozdir, bitir, uchir, pishir, qochir, ochir, toshir, chiqar, qaytar, tomiz, emiz, oqiz, yurgiz, ko'rgaz, turgiz, ketkiz, tutqiz, o'tqiz, ko'rsat.
Ayrim fe'llar orttirma nisbat shaklida yangi ma'no ifodalaydigan bo'lib qoladi va shuning uchun ularni aniq nisbatda qo'llab bo'lmaydi: erkalamoq - erkalatmoq (ikkala shaklda ham orttirma nisbat manosini ifodalayapti).

📌 Bir fe'lga ikki-uch xil orttirma nisbat qo'shimchasi qo'shilishi mumkin: Yegiz - yegizdir, yozdir - yozdirtir.

📌 Fe'lning orttirma nisbati o'zlik va birgalik nisbatdagi fe'llardan ham hosil qilinishi mumkin: yuvintir, yig'ishtir.

📌 Orttirma nisbatdagi fe'llardan birgalik va majhul nisbatdagi fe'llar hosil qilinishi mumkin: isitildi, yozdirildi.

📌 Birdan ortiq nisbat qo'shimchalarini olgan fe'llarning qaysi nisbatdaligi oxirgi nisbat qo'shimchasiga qarab belgilanadi: yuvintirdi - orttirma nisbat, yuvintirildi - majhul nisbat, yuvintirishdi -birgalik nisbati
♦️KO'MAKCHI FE'LLAR♦️


※ Qo''shma fe'lning ikki qismi ham teng kuchga ega, hech birini tushurib bo'lmaydi. Ko'makchi fe'lda yetakchi fe'l qolib ko'makchi fe'lni tushirsa bo'ladi. O'zbek tilida sof ko'makchi fe'l yo'q. Nisbat olish uchun yetakchi fe'lga qaraymiz, vazifa shakli uchun ko'makchi fe'lga qaraymiz.
※ Zamon, shaxs-son, mayl qo'shimchalari ko'makchi fe'llarga qo'shiladi. Nisbat va bo'lishsizlik shakli esa ikkisiga ham qo'shila oladi.


《《《 Ko'makchi fe'llar ro'yxati 》》》

-ber: quyib ber ( harakat natijasining o'zgaga yo'nalishi)

-ol: yodlab ol ~> yodlaydi (sh-harakat bajarishi)

-tashla: o'qib tashla ~> o'qivor ( to'la va tez yuzaga kelishi)

-yoz : yorila yozdi ( bajarishga yaqinlik)

-chiq: so'rab chiq ( tugallash ma'nosida)

- boshla: yura boshla ( boshlanish)

-qo'y: aylantirib qo'ydi ( davomiylik ma'nosida)

-ko'r: o'ylab ko'r ( sinash ma'nosida)

-tur: aytib tur ( davomiylik)

-yubor: sotib yubor ( tez yuzaga chiqish)

-bor: o' zgartira bordi ~> o'zgartirvordi ( davomiylik)

-ket: tarqab ketdi ( to'la kuchli bajarilish)

-kel: o'qib kel ( davomiylik)

-bo'l: yozib bo'ldi, pishirib bo'ldi ( to'la bajarilish)

-yet: anglab yetdi ( to'la bajarilish)

-qara: o'ylab qara ( sinash ma'nosida)

-tushdi: yiqilib tushdi ( butunlay)

-bil : foydalana bildi ( imkoniyat ma'nosida)

-o'l: yiqilib o'l, tiqilib o'l ( takroriylik, davomiylik)

-sol: quvib soldi, aytib sol (to'la bajarilish)

-o't: bilib o't, gapirib o't ( tugallik)

-bit: yonib bit, tugab bitgan ( tugallanish)

-o'tir: aytib o'tir, yozib o'tir ( davomiylik)

-yur: borib yuribdi, gapirib yuribdi ( davomiylik)


Davomi bor.......




🤝ulashishning eng to'g'ri yo'li