Til marvaridi- Milliy sertifikat va Attestatsiya uchun [Iroda Allamurodovna bilan]
2.38K subscribers
2.07K photos
36 videos
420 files
154 links
📒ona tili Grammatika
📊Namunaviy esselar
📝Gʻazal,qit'a,fardlar
📝Diagnostik testlar
📝Ilmiy hamda badiiy matn testlar
📝badiiy asarlar tahlili
📝Kerakli qoʻllanmalar
Murojaat uchun: @Allamurodovna8
Download Telegram
Morfemika bo'limi bo'yicha o'rganilishi sodda va oson tushunchalar
Qalam-nima?
Qalam-don=nima?
Bir-lik=ot
Yosh-la=fe’l
Qiyin-a =fe‘l
Jiz-a=jizza
Qah-qah-a=qahqaha
Vayron-a-vayrona
Xarob-a =xaroba
Ranj-i=fe‘l
Boy-i=fe‘l
Jannat-i =sifat
Tin-ch-i =fe’l
Ilin-j=ot
Qora-y=fe‘l
To‘la-t=fe‘l
Ega+la=egalla t ortishi
Yig‘i+la=yig‘la t tushishi
Ong+la=angla t almashishi
MORFEMIKA - SO'Z VA UNING TARKIBINI O'RGANADIGAN TILSHUNOSLIK BO'LIMI

MORFEMA - SO'ZNING ENG KICHIK MA'NOLI QISMI.

A) YETAKCHI MORFEMA - ASOS
B) KO'MAKCHI MORFEMA - QO'SHIMCHA

GUL/DON
GUL - YETAKCHI MORFEMA
DON - KO'MAKCHI MORFEMA

KO'MAKCHI MORFEMA 2XIL BO'LADI:

A) SO'Z YASOVCHI QO'SHIMCHALAR - BIR SO'ZNING ATASH MA'NOSINI YANGILOVCHI QO'SHIMCHALAR!

SO'Z YASOVCHILAR QO'SHIMCHALARNI FARQLASH:

- ULAR SO'ZNING ATASH MA'NOSINI HAR DOIM O'ZGARTIRADI;
- AKSARIYAT HOLLARDA SO'ZNING SO'ROG'INI O'ZGARADI;
- BA'ZAN SO'ZNING TURKUMINI O'ZGARTIRADI;
- YASAMA SO'Z BILAN UNING ASOSI O'RTASIDA HAR DOIM BOG'LIQLIK BO'LISHI KERAK!


TAROQCHILIK - TARA CHUNKI "TAROQCHILIK" BILAN "TARAMOQ" NING O'RTASIDA HECH QANDAY BOG'LIQLIK YO'Q

KETMA-KET QO'SHILGAN SO'Z YASOVCHI QO'SHIMCHALARDAN HOSIL QILINGAN YASAMA SO'Z UCHUN ASOS, ENG OXIRGI YASOVCHI QO'SHIMCHADAN OLDINGI QISM DEB OLINADI

TAROQCHILIK - TAROQCHI
TAROQCHI - TAROQ
TAROQ - TARA

ZARGARCHILIK - ZARGAR
ZARGAR - ZAR

GULCHI - GUL

MUDROQ - MUDRAMOQ
Testda "Taroqchilik" so'zi uchun asos qism so'ralsa - "Taroqchi" ni asos deb olamiz

Ammo "Taroqchilik" so'zidagi so'z yasovchi qo'shimchalar soni yoki morfemik jihatidan tahlil qilinishi so'ralsa, biz u holda " Tara + q +chi + lik" - 4ta morfema, 3ta so'z yasovchi qo'shimcha bor, deb hisoblaymiz
"Bilimdonlik" so'zi uchun asos- "Bilimdon";

Morfemik tahlil:

Bilimdon - Bil + im + don +lik = 4ta morfema, 3ta so'z yasovchi qo'shimcha!
Tara-asos
Taroqchi-yasalish asosi
Taroqchilik-yasalma
Chida-asosi
Chidamli-yasalish asosi
Chidamlilik-yasalma