Til marvaridi- Milliy sertifikat va Attestatsiya uchun [Iroda Allamurodovna bilan]
2.5K subscribers
2.02K photos
35 videos
406 files
151 links
📒ona tili Grammatika
📊Namunaviy esselar
📝Gʻazal,qit'a,fardlar
📝Diagnostik testlar
📝Ilmiy hamda badiiy matn testlar
📝badiiy asarlar tahlili
📝Kerakli qoʻllanmalar
Murojaat uchun: @Allamurodovna8
Download Telegram
Uslubiy xató qo’llangan so’zlar qatnashgan gaplar :

1.Choyxonada uchta do'stlarim bilan o'tirdik. (qo'shimchani keraksiz qo'llash)
2.Kitobni bitta varag'i yo'q ekan. (qo'shimchani yanglish qo'llash)
3.Ozg'ingina, suluvyigit ekan. (sinonimlarni yanglish qo'llash)
4. Qishloqqa - bobomni yoqlashga ketyapman. (paronimlarniyanglish qo'llash)
5. Sen haqingda sendan so'ray qolay degandim. (keraksiz takror)
6. U qaytmaydi: bu yerlardan butkul oyoq uzatgan. (iborani yanglish qo'llash)
7. U nafaqat kitdan, balki akuladan ham katta ekan. (mantiqiy xatolik)
8.Men va Sodiq teatrga bordim. ( sahxs -son bilan bog’liq xatolik )
9.Har bir xabarlar nazoratdan o'tadi.
10.Menimcha, sen o'qishga aniq kirasan.
11."Xamsa" - Navoiyning shox asari.
12  X asrga mos yodgorliklar bilan tanishdik.
Attestatsiya imtihonlariga tayyorlanayotganlar uchun 👆👆👆
Ustozlar uchun ma'lumot

Attestatsiya imtihonlarida ona tilidan 15 ta savol, adabiyotdan esa 20 ta savol tushyapti .

Yaqinlarga ulashib qo'ying.
She’riy parchaning qofiyalarini tahlil qiling va yozing.

Parim bo‘lsa, uchub qochsam ulustin to qanotim bor,

Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor

a) qofiyadosh so‘zlardagi raviyni yozing.
Javob: _ _ _ _ _ _ _ _ _

b) qofiyaning qaysi turi shakllantirgan?
Javob: _ _ _ _ _ _ _ _ _
ATTESTATSIYA. 22-APREL TUSHGAN SAVOLLAR.pdf
3 MB

Attestatsiya imtihonida bugun, ya'ni 22-aprel kuni tushgan savollar jamlandi
.
6-7-10-sinf adabiyot yangi nashr savolnoma.pdf
1.3 MB
📚 Qo‘llanma: Yangi darsliklardan savol-javoblar to‘plami
❗️ Attestatsiyaga tayyorlanuvchilar uchun foydali
👤 Muallif: Go‘zal Islomova
SINEKDOXA

Sinekdoxa - (grekcha - birgalikda anglash)
shaxs yoki predmetning nomi o'rnida biror a'zo, bo'lak orqali o'sha tushunchani berish, ya'ni bo'lak orqali butunni yoki butun orqali bo'lakni ifodalashni bildiradi.

Sinekdoxa - qism orqali butun, butun orqali qismni ifodalaydi.

Misollar :
1)Tirnoqqa zor yashaydi (farzand)
2)Eshitgan quloq nima deydi (odam)
3)o'z jigariga ham shunday qildimi (yaqini)
4)Jingalaksoch do'stlarim kelishdi
5) besh qo'l barobar emas (barmoq)
6)kechgach tuz totmadim (narsa yemaslik)
7)bir burda non kifoya
8)Ostonam tuyoq ko'rmagan
9)shu tuyoq bilan 6 ta og'izni boqaman
10)uyimiz 4 tomdan keyin
11)bu eshikka qadam bosmasman
12)G'ilayni rejasi ma'qul
13)Cho'loqqa achindim
14)Yig'ilishda mo'ylov ham gapirdi
15)Besh panjangni tort
16)Chakkam qon bo'ldi
17)Oqbilagoyim Toshkentlik
18)G'ildirakni yurg'iz
19)qora ko'zlar termular
20)bir bosh, bir yoqa bo'lishdi
21)bu qosh, bu ko'z xumor
22)Begona oyoqlar paydo bo'ldi
23)oq sut-u tuz hurmati
24)Men qilarkan sajda egma qoshima
25)Yoshligimga ko'z tegmasin
26)Qandaydir qo'llar uni amal kursisiga o'tqizdi
27)Hajringda boshim oqardi

Es : sinekdoxa nutqimizni ta'sirchanligini oshirishda, ifodali, jozibali bo'lishida ahamiyatga ega


ko'chimlarga qo'shimcha misollar :
tandirning qulog'i - metafora
eshitgan quloq nima deydi - sinekdoxa
devorning qulog'i - vazifadoshlik
kitobni boshdan oyoq o'qib chiqdim -metafora
kasalning oyog'iga o'tirdi - metonimiya
mahallamizda begona oyoqlar paydo bo'ldi - sinekdoxa
stolning oyog'i - vazifadoshlik
Buloqning ko'zi ochildi - metafora
Qaro ko'zum, kel-u mardumlig' emdi fan qilg'il - sinekdoxa
derazaning ko'zi - vazifadoshlik
ko'chaning boshi - metafora
Hajringda qaro boshim oqardi - sinekdoxa
Endi u eshikka sira bormayman - sinekdoxa
Mashinaning eshigini och - vazifadoshlik
Raqiblar o'ng qanotdan hujum qildi - metafora
Samolyot qanoti - vazifadoshlik
Miltiqning o'qi - vazifadoshlik
Zambarak o'qi - vazifadoshlik
aravaning o'qi - metafora
daraxtning ko'zi -metafora
Ishning ko'zi - metafora
g'ildirak o'qi - metafora
o'q ariq - metafora

Mashqlar :
1)Ramazon aytib keldik eshigingizga
bunda ramazon qoshigi bolishi kerak metonimiya, eshik-uy sinekdoxa
2)Aytmaganning dasturxoniga borib qadrimni tushirmayman
aytmagan (odam) - metonimiya
qadr tushmaydi - metafora
3)Ko'ksimda qo'rg'oshin quyosh tig'ida
qo'rg'oshin aslida o'q - metonimiya
quyosh tig'i - metafora
4)qovun palak, tarvuz palak - o'z ma'no
5)to'rt egat palak ekdim - aslida urug' sinekdoxa
6)poyiga ipakdan palak soldilar - metafora
7)parvoyi palak - ibora