Til marvaridi- Milliy sertifikat va Attestatsiya uchun [Iroda Allamurodovna bilan]
2.23K subscribers
2.28K photos
41 videos
491 files
175 links
📒ona tili Grammatika
📊Namunaviy esselar
📝Gʻazal,qit'a,fardlar
📝Diagnostik testlar
📝Ilmiy hamda badiiy matn testlar
📝badiiy asarlar tahlili
📝Kerakli qoʻllanmalar
Murojaat uchun: @Allamurodovna8
Download Telegram
Berilgan gapda ishtirok etgan ko‘makchi qanday mazmuniy munosabat
ifodalagan?

Ekologiyaning tozaligi uchun davlat miqyosida juda ko‘p islohotlar amalga oshirilishi lozim.

A) maqsad ma’nosi
B) vosita ma’nosi
C) sabab ma’nosi
D) fikr mavzusi ma’nosi

Javob:A
Grammatik bog‘lanish va so'z birikmasi bo'yicha qanday savolingiz bo‘lsa yoki tushunmagan qoidangiz bo‘lsa,mana shu joyda yozib qoldiring. Savollaringizga javob beramiz❗️
Gapdagi so‘zlarning mazmun va grammatik jihatdan bog‘lanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

Keng dalada ovqatlanishni ma'qullaydigan ukam shaqirlab qaynayotgan choyni hamda baland olovda pishayotgan sho‘rvani tez-tez ko‘rib qo‘yardi.

Grammatik bog‘lanishlarni ajratib olamiz:

1) keng dala
2) dalada ovqatlanish
3) ovqatlanishni ma'qullaydigan
4) ma'qullaydigan ukam
5) ukam ko‘rib qo‘yardi
6) shaqirlab qaynayotgan
7) qaynayotgan choy
8) choyni ko‘rib qo‘yardi
9) baland olov
10) olovda pishayotgan
11) pishayotgan sho‘rva
12) sho‘rvani ko‘rib qo‘yardi
13) tez-tez ko‘rib qo‘yardi
14) choyni hamda sho‘rvani

A) keng dala, dalada qaynayotgan.
B) ovqatlanishni ma'qullaydigan, qaynayotgan sho‘rva.
C) dalada ovqatlanishni, choyni hamda sho‘rvani.
D) dalada ko‘rib qo‘yardi, Ukam ko‘rib qo‘yardi.
5 daqiqada darsni boshlaymiz ❗️
Boshlaymiz

2 daqiqa kutamiz
Yordamchi fe'llar haqida

Aprel oyidagi milliy sertifikat imtihonlarida ko'pchilik talabgorlarni o'ylashga majbur qilgan, yechimi qiyindek tuyilgan, aslida juda oddiy narsa haqida fikr yuritamiz:

Yordamchi fe'llar - o'zida mavjud bo'lgan mustaqil atash ma'nosini yo'qotib, biror mustaqil (aksariyat hollarda ot) va oraliqdagi so'z turkumlariga oid bo'lgan so'z bilan birga qo'llanilib, kompozitsiya usulida yangi so'z yasashga xizmat qiluvchi fe'llardir.

Masalan :

a) Ot + qil, et, ayla, ber, sol, ko'r, ol, top, bo'l : hikoya qilmoq, himoya qilmoq, qayd etmoq, duo olmoq, ayyuhannos solmoq, javob bermoq, qo'nim topmoq, judo bo'lmoq, tush ko'rmoq, xalal bermoq... ;

b) Sifat + qil, bo'l, ayla, ko'r : abgor qilmoq, tayyor qilmoq, ado bo'lmoq, ogoh aylamoq, yaxshi ko'rmoq... ;

c) Undov so'z + ur, de, sol: oh urmoq, dod solmoq, dod demoq, oh demoq... ;

d) Taqlid so'z + qil, et, de : taq- taq qilmoq, qilt etmoq, qars etmoq, lip etmoq, vov - vov demoq

Bu so'zlar qo'shma fe'l hisoblanadi va yasama so'zlarga olinadi.
Men oshiq bo'ldim -bog‘lama ot-kesim
U olmani bo'ldi-mustaqil fe‘l
U mendan xafa bo'lyapti-qo'shma fe‘l