"TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
1.99K subscribers
6.29K photos
996 videos
116 files
4.4K links
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
www.tiiamekb.uz
www.instagram.com/tiiamekb_uz
📧 admin@tiiamekb.uz
☎️ +99875 224-19-49
📫 180100,Qashqadaryo vil. Qarshi sh
Xonobod shoh ko‘chasi
Download Telegram
​​Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?

Juda ko‘pchilikning murojaati deyarli bir xil mazmunda: «1 ball yetmay qoldi, qancha to‘layman», «10 ball yetmay qoldi, qancha to‘layman», «60 ball to‘plaganman, qancha to‘layman» va h.k.

Super-kontrakt narxi minimum qancha bo‘lishini istalgan inson o‘zi mustaqil hisoblab olishi mumkin, buning uchun yetarli barcha ma’lumotlar e’lon qilingan. Faqat ozgina hafsala kerak xolos.

Batafsil: https://t.me/c/1206098831/4642

Shunday bo‘lsa-da, super-kontrakt miqdorini qanday hisoblash yo‘lini yana bir bor tushuntirishga harakat qilaman.

❗️Eng avvalo bir narsani yodda tuting, super-kontraktning eng aniq miqdorini faqat va faqat o‘zingiz hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasi orqali bilishingiz mumkin. Chunki joriy yildan OTMlar mustaqil narx belgilay oladi va davlat shunchaki minimum miqdorini tasdiqlaydi xolos. Internetda «menga qancha bo‘ladi, unga qancha bo‘ladi» degandan ko‘ra, OTM bilan bog‘lanib, anig‘ini bilib oling. Agar hali narxlar tasdiqlanmadi, aniq emas, deyishsa, unda sabr qilib kutib turing, darrov dod-voy qilib, vahima qilish kerakmas.

Endi minimum miqdorlar haqida.

❗️1-eslatma: super-kontrakt degan tizim kunduzgi, sirtqi, kechki ta’limda ham bor;
2-eslatma: imtiyoz olgan, lekin kira olmagan abituriyentlar uchun umumiy kirish baliga qarab super-kontrakt narxi belgilanadi, imtiyozlilarning o‘tish baliga qarab emas.

Super-kontrakt narxi kunduzgi ta’lim shaklida stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdoridan hisoblanadi (sirtqi va kechkida shundoq ham stipendiya yo‘q). Demak, quyida ilova qilingan jadvalda ko‘rsatilgan kontrakt summasini super-kontrakt barobariga ko‘paytirishingiz kerak.

Shuningdek, 3 ta toifadan qaysi biriga taalluqli ekanligingizni ham aniqlab olishingiz kerak.

1-toifa: kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmay qolgan abituriyentlar

Bunda quyidagi shkala amal qiladi:

1 ballgacha yetmasa - 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgacha yetmasa - 2 barobar;
2.1 balldan 3 ballgacha yetmasa - 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgacha yetmasa - 3 barobar.

Masalan, matematika yo‘nalishida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda o‘sha abituriyent 2 barobar to‘laydi. Jadvalga qarasak, matematika yo‘nalishida kontrakt narxi 5.771.349 so‘m. Demak, matematika yo‘nalishiga 1,5 ball yetmay qolgan abituriyent 11 mln 542 ming so‘m super-kontrakt to‘laydi (2 x 5.771.349).

2-toifa: kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmay qolgan va o‘zi 56,7 dan ko‘p ball to‘plaganlar

Bunday abituriyentlar super-kontrakt uchun yo‘nalishiga qarab pastdagi jadvalda ko‘rsatilgan oddiy kontraktning minimum 10, 15, 20, 25 barobarini to‘laydi.

Masalan, iqtisod yo‘nalishiga kirish bali 150 ball bo‘ldi deylik. Abituriyent 70 ball to‘pladi. Demak, unga 4 balldan ortiq yetmay qolgan, o‘zi ham 56,7 balldan ko‘proq to‘plagan. Iqtisod yo‘nalishiga minimum super-kontrakt 15 barobar etib belgilangan. Oddiy kontrakt esa 8.216.937 so‘m.

Xulosa: iqtisod yo‘nalishi uchun super-kontrakt minimum 123 mln 254 ming so‘m (15 x 8.216.937).

Joriy yilgi minimum miqdorlar hali tasdiqlanmadi, o‘tgan yilgisi mana bu yerda: t.me/xushnudbek/3180

3-toifa: 56,7 balldan kam to‘plaganlar

Bunday abituriyentlar ham super-kontraktda o‘qishi mumkin, faqat kamida 2-toifadagilar to‘laydigan summaning 2 barobarini to‘lashadi. Masalan, abituriyent iqtisod yo‘nalishiga topshirib, 40 ball to‘plagan, ya’ni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 246 mln 508 ming so‘m to‘lashi kerak (2 x 123.254.055).

Xullas, Siz o‘zingiz to‘plagan ball asosida kamida taxminan qancha super-kontrakt to‘lashingizni bemalol o‘zingiz hisoblab ko‘rishingiz mumkin.

So‘zim so‘nggida yana qaytaraman, aniq summani faqat OTM orqali bila olasiz. Super-kontrakt to‘lashning qolgan texnik va tashkiliy tomonlarini ham OTMlardan aniqlashtiring.

© @xushnudbek

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
Qadrli ustoz Muhayyo Shoumarova sizni yuksak mukofot bilan institut Yoshlar bilan ishlash jamoasi vakllari samimiy tabriklaydi.😊Biz siz bilan faxrlanamiz. Institut yoshlariga g'urur va iftixor muborak bo'lsin!

...

Уважаемый педагог, Мухайё Шоумарова, представители команды института по работе с молодежью сердечно поздравляют вас с высокой наградой 😊 Мы гордимся вами. Поздравляем молодежь института с гордостью и честью!
@tiiamekb_uz
Forwarded from Edu.uz
#Президент

Ўқитувчи ва мураббийлар – янги Ўзбекистонни барпо этишда катта куч, таянч ва суянчимиздир

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўқитувчи ва мураббийлар кунига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Азиз муаллимлар, муҳтарам домлалар!

Мен янги Ўзбекистонни – обод ва фаровон, демократик мамлакатни барпо этишда сиз, муҳтарам педагогларни, профессор-ўқитувчиларни ўзим учун энг катта куч, таянч ва суянч, деб биламан. Сизларнинг ҳал қилувчи аҳамиятга эга бўлган фаолиятингизни қўллаб-қувватлаш, сизлар учун муносиб меҳнат ва турмуш шароити яратиб беришни Президент сифатида ўзимнинг муқаддас бурчим, деб ҳисоблайман.

Сизларни қутлуғ байрамингиз билан яна бир бор чин юракдан табриклаб, барчангизга сиҳат-саломатлик, бахту саодат, масъулиятли ва шарафли фаолиятингизда муваффақиятлар, хонадонларингизга файзу барака тилайман.

Доимо фарзандларингиз, шогирдларингиз, элу юртимиз ҳурмати ва ардоғида бўлиш бахти насиб этсин, азиз устозлар!

Батафсил:
https://edu.uz/uz/news/view/2279

@eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#қхм_матбуот_хизмати
"Қишлоқ хўжалиги соҳасига муносиб хисса қўшган аёл" номли қисқа метражли ҳужжатли фильм.
Фильм Қишлоқ Хўжалиги Машиналари кафедраси профессори Шоумарова Муҳайё Шоумаровна ҳақида.
"Устозим - ҳаётим чироғи" кўрик-танлови учун.
——
directed by Sayfullo Kadyrov & Shoira Mamatkulova
Youtube | Facebook | Telegram
@QXM_press-service
Президент бир гуруҳ ўқитувчи ва мураббийларни давлат мукофотлари билан тақдирлади

👉 https://kun.uz/63528783

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
❗️Республика махсус комиссияси қарори билан бугундан бошлаб тиббий олий таълим муассасаларининг бакалавриатдаги битирувчи курслари ҳамда магистратура ва клиник ординатура (резидентура) талабалари учун анъанавий шаклда ўқишлар бошланади.

Коронавирус пандемияси даврида тиббиёт ходимларига талаб юқорилигини инобатга олиб, махсус комиссия шундай қарорга келган.
@tiiamekb_uz
TIQXMMI Qarshi filialida Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida nutqini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida Zoom dasturi orqali davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbatini O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari t.f.n. dots. D.Quvvatov so’zga chiqib, hammani kirib kelayotgan 1 oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami bilan tabrikladi va so’zni ma’ruza uchun t.f.n. dots. Ch.Temirovaga berdi. Ma’ruzachi Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida: Pandemiya davrida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar siyosati, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik, «Afg‘oniston — Markaziy Osiyoning ajralmas qismi», global iqlim o‘zgarishi va Orol muammosi, Jahonda qashshoqlikka qarshi kurashish mavzusidagi masalalari muhokamsi haqida aytib o’tdi.
Davra suhbati mavzu yuzasidan savol-javob tarzda qizg‘in boshlandi. Unda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Davra suhbati baxs-munozaraga boy o’tdi.
@tiiamekb_uz
Orden muborak Ustoz!
2020
yilning 30-sentyabr kuni “Hilton” halqaro kongresslar saroyida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq institutimiz “Qishloq xo‘jalik mashinalari” kafedrasi professori Shoumarova Muxayo Shoumarovna mamlakatimizning yuksak mukofoti “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.
Batafsil:http://tiiame.uz/oz/article/02-09-20-5
@tiiamekb_uz
⚡️Rasman: Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oktabr oyidan qaysi oliy taʼlim muassasalarida anʼanaviy taʼlim boshlanayotgani maʼlum qilindi

Shunga ko‘ra, oktabr oyidan:
▫️Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari;
▫️Toshkent tibbiyot pediatriya instituti;
▫️Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti;
▫️Toshkent farmasevtika instituti;
▫️Toshkent davlat stomatologiya instituti;
▫️Andijon davlat tibbiyot instituti;
▫️Buxoro davlat tibbiyot instituti;
▫️Samarqand tibbiyot instituti.

Ushbu oliy taʼlim muassasalarining
bakalavriat yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an’anaviy shaklda o‘qish boshlanmoqda.

❗️Shuningdek, ayni vaqtda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalarining talabalariga anʼanaviy taʼlimni boshlash uchun turli variantlarini ishlab chiqmoqda.
@tiiamekb_uz
Абитуриентлар билан қайта ҳисоб-китоб қилинди. Максимал балл тўплаб контрактга кирганлар бюджетга ўтказилди

👉 Батафсил ўқиш...
"TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti pinned «⚡️⚡️⚡️Abituriyentlar diqqatiga!!! Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali 2020/2021 o'quv yili bo'yicha test natijalari Kunduzgi ta'lim yo'nalishlari: 🔗Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni…»
ТИҚХММИ Қарши филиалида Шавкат Мирзиёев БМТ Бош ассамблеясининг 75-сессиясида нутқини талаба-ёшларга етказиш мақсадида Zoom дастури орқали давра суҳбати ўтказилди

Батафсил:
👉 https://tiiamekb.uz/uz/post/158

Каналга уланиш:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEighlFf1oXsODznLA
Thema: Research in Germany - DAAD Grants
Uhrzeit: 7.Okt.2020 03:00 PM Taschkent

Zoom-Meeting beitreten
https://us02web.zoom.us/j/4426887468

Meeting-ID: 442 688 7468
Фото: Ректорлар имтиёзли грант асосида ўқишга кирган хотин-қизларни уйига бориб табрикламоқда

👉 https://kun.uz/39905258

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
Forwarded from Talaba_VUZ
⚡️ Талабалар диққатига:

❗️ Олий таълим муассасаларида таълим олаётган ҳамда юқори натижаларга эришган талаба-ёшларни рағбатлантириш мақсадида “Йил талабаси-2020” Республика танлови ўтказилади

(Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг 2020 йил 19 сентябрдаги 488-сон буйруғи).

💻 Танловнинг барча босқичлари пандемия даври талабларидан келиб чиққан ҳолда, масофавий (онлайн) тарзда ўтказилиши белгиланган.

Танлов қуйидаги номинациялар бўйича ўтказилади:
🔹“Йилнинг ўз мутахассислиги бўйича энг билимдон талабаси”;
🔹“Йилнинг энг фаол ташаббускор-тарғиботчи талабаси”;
🔹“Йилнинг энг фаол ихтирочи-инноватор талабаси”;
🔹“Йилнинг энг фаол спортчи талабаси”;
🔹“Йилнинг энг фаол ижодкор талабаси”;
🔹 “Йилнинг энг фаол блогер талабаси”;
🔹“Йилнинг энг намунали тадбиркор талабаси”
.

Танловнинг олий таълим муассасасидаги босқичи октябрь ойида ўтказилади.

📗Танловнинг Республика босқичида ҳар бир номинациялар бўйича 1, 2 ва 3-ўрин совриндорлари бўлган иштирокчилар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг тегишли даражадаги дипломлари билан тақдирланадилар.

💰1-ўрин соҳибига энг кам иш ҳақининг 10 баробари миқдорида, 2-ўрин соҳибига энг кам иш ҳақининг 8 баробари миқдорида ва 3-ўрин соҳибига энг кам иш ҳақининг 5 баробари миқдорида пул мукофоти бериш тизими жорий этилади.

Танлов ғолиблари олий таълим муассасаларининг ҳомий ташкилотлари томонидан қўшимча равишда рағбатлантирилиши мумкин. Тасарруфида олий таълим муассасалари бўлган вазирликлар ва идоралар ўз ҳисобларидан танлов ғолибларини қўшимча равишда моддий рағбатлантиришга ҳақлидирлар.

👏 Иқтидорни рағбатлантирадиган шунақа танловлар кўпаяверсин. Олқишлаймиз ва дуо қиламиз.
❗️ Барча талаба дўстларга улашиш эсдан чиқмасин-а?

Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг:
Telegram | Facebook | Instagram
⚡️⚡️⚡️ Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигидан ЭЪЛОН:

⚠️ Республика олий таълим муассасаларига кириш учун касбий (ижодий) имтиҳон топширган абитуриентлар ДИҚҚАТИГА !

❗️2020/2021 ўқув йилига республика олий таълим муассасаларига кириш учун ўтказилган касбий (ижодий) имтиҳонлар натижалари тегишли олий таълим муассасаларининг расмий веб-сайтларида эълон қилинди.

👉 Республика олий таълим муассасаларининг алоҳида иқтидор талаб этиладиган таълим йўналишларига абитуриент сифатида ҳужжат топшириб, касбий (ижодий) имтиҳонларда иштирок этган абитуриентлар ўзларининг талабаликка тавсия этилган ёки этилмаганлиги тўғрисидаги натижалар билан тегишли олий таълим муассасасининг РАСМИЙ ВЕБ-САЙТИ орқали танишишлари мумкин.

✳️ Тест синовларисиз, ижодий имтиҳонлар натижаларини кутаётган яқинларингизга жўнатиш эсдан чиқмасин, ўқишга кирган бўлса суюнчи дегандай 😀

——————————————
Олий таълим бўйича яхши хабарларни етказадиган каналга уланиш 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFWcf-p7bkFXyyVlNw
UZAUTO MOTORSдан “Ҳамёнбоп автомобиль” акцияси
“Устозлар ва мураббийлар” куни байрами шарафига, ушбу оғир даврда барча педагогларга ва тиббий ходимларга самимий миннатдорчиликни билдирган ҳолда, UzAuto Motors “Ҳамёнбоп автомобиль” акциясини эълон қилади.
Акция шартларига кўра, автомобилни 40 фоиздан 70 фоизгача бошланғич бадал билан 12 ойдан 36 ойгача даврга муддатли тўлов асосида сотиб олиш мумкин. Тўлов муддати ва бошланғич бадал миқдори танланган моделга боғлиқ бўлади.
Жорий йил 31 октябрга қадар сиз тақдим этилган автомобиллар моделларини қуйидаги шартларда сотиб олишингиз мумкин:

🚗 Spark AT – ойига 2,5 млн сўмдан, 12 ойгача

🚗 Nexia AT – ойига 2,8 млн сўмдан, 12 ойгача

🚗 Tracker MT/AT – ойига 3,8 млн сўмдан, 36 ойгача

🚗 Trailblazer – ойига 4,9 млн сўмдан, 36 ойгача

Муддатли тўловни UzAuto Motors расмий дилерлик марказларида минимал ҳужжатлар тўплами билан расмийлаштириш мумкин. Сиздан фақат Ўзбекистон Республикаси фуқароси паспорти ва СТИР сўралади, холос.

Tracker ёки Trailblazer автомобилларини 100% пулини тўлаб сотиб олмоқчи бўлганларни қуйидаги чегирмалар кутади:

Tracker LT А/T: 7% чегирма – 15 млн сўмдан зиёд фойда
Trailblazer: 7% чегирма – 27 млн сўмдан зиёд фойда
Тафсилотлари қизиқтирадими? Компаниянинг ўзингизга яқин жойлашган дилерларига (https://uzautomotors.com/price/diler_call_markazi) ёки +998 78 141-77-77 рақами орқали call-марказга мурожаат қилинг.

Қайд этамиз: акция доирасида, муддатли тўлов ҳисобига, автомобиллар нархи амалдаги нархлардан фарқ қилиши мумкин.

❗️Имкониятни бой берманг – таклиф 2020 йил 31 октябргача (шу сана ҳам киради) амал қилади.