Agar @thoughtopia_bot dan qanaqadir reklama kelayotgan bo'lsa, e'tibor bermang. Bu reklama men tarafimdan emas, Telegram tomonidan yuborilgan. Reklamasiz bot topsam yoki yasasam eski botni yopaman.
Ba’zan menda g’alati hissiyotlar o’tadi. Biror tabiati chiroyli joyga borganimda (uzoqmi yoki yaqin joy, farqi yo’q), masalan, toqqa, biror bog’ga yoki chet elga borganimda, ikki xil bir-biriga teskari hissiyotlar o’tadi.
Bir tarafdan, shu yerda bo’lganimdan, shunday go’zal tabiatni ko’rib turganimdan xursand bo’laman. Ikkinchi tarafdan, shu joylarga ota-onam bilan, oilam bilan ham kelsam edi, degan aybdorlik hissi insonni xafa qiladi. O’sha vaqtlarda, ich-ichimdan niyat qilaman. Hozir ko’rib turgan joylarimga, albatta oilam bilan, ota-onam bilan ham kelaman deb.

Inson haq bo’ladimi yoki nohaq, o’ziga hamdard bo’ladigan insonlarni qidirishga moyil ekan. Masalan, biror narsadan qiynalib turibsiz va dardingizni tushuna oladigan inson bilan suhbatlashish insonga yengillik beradi. Lekin aynan shunaqa vaqtlarda insonga hamdarddan ham ko’ra, vaziyatni tiniq ko’ra oladigan odamdan, achchiqroq bo’lsada, maslahat kerak bo’ladi.
Masalan, ko’pincha o’z qobig’imga o’ralib kichkina muammolarni ham katta sanab o’tirganimda, kimdir menga nimani noto’g’ri qilayotganimni aytishi meni boshida xafa qilishi mumkin. Lekin keyinchalik vaziyatga boshqacha rakursdan qarashni boshlayman. Odam o’z qobig’iga o’ralib qolsa, boshqalarga yechimi oddiy ko’rinib turgan muammolar ham o’sha insonga yechilib bo’linmas muammodek ko’rinadi. Hamdardlik ham kerak, lekin hamdardlik izlash insonni “victim mentality” (jabrdiyda) ga tushirib qo’yadi.

Judayam ko’p narsa menga erish tuyuladi. Ko’p mavzularda gapirish ham shunaqa. Ko’p narsalarni ichimda saqlab, chiqarmay qo’ya qolaman. Ichimda juda ko’pchilikni duo qilaman, odamlarning yaxshi xislatlari haqida o’ylayman, biror narsa bo’lsa asosan yaxshi gumonda bo’laman lekin bularni odatda tashqariga chiqarmayman. Lekin shu bilan birgalikda insonlarning yaxshi xislatlarini e’tirof qilib yuradigan insonlar ham yoqadi.
Esimda, o’tgan yili Avgust oyida Turkiyaga borganimda, o’sha yerda ozroq muddat yashab qolmoqchi edim. Lekin bir muhim ish uchun yana qaytishga qaror qildim. Lekin o’sha ish o’xshamadi. O’xshashiga harakat qilish uchun Turkiyadan aynan shu ish uchun qaytib kelganimni aytsam bo’lardi lekin bu menga erishdek tuyuldi. Chunki ularga nima qaytib kelgan bo’lsam? Qilgan qarorim uchun ham, uning natijasi uchun ham to’liq o’zim mas’ulman. Qarorlarim uchun qilgan qurbonliklarimdan nimanidir o’zgartirishga argument sifatida foydalanishni yoqtirmayman.
Bir davrada bir ilmli insonni suhbatida bo’lishga harakat qildim. Lekin u inson meni uncha xushlamadi va dildan suhbat qura olmadik. U insonning meni xushlamaslagini to’liq qabul qildim va nimanidir o’zgartirishga harakat qilmadim. Xolbuki, o’sha davrada unga muhim bo’lgan mavzularda faqat men yaxshiroq bilardim va izlanish qilgandim. Maqsadim – shu mavzularda undan savol so’rash bo’lgandi. Keyinchalik o’sha insonni o’zi menga aloqaga chiqib, nega shu mavzularda bilgan ma’lumotlaringiz haqida ulashmadingiz, sizni jiddiyroq olgan bo’lardim, deb aytib qoldi. Biror insonga yoqmadimmi, ich-ichimdan o’zimni qanchalik “meni yaxshiroq bilsa, balki chiqishib ketarmidik” degan o’ylar o’tsa ham, bu vaziyatni qabul qilaman. Ko’proq buni qadar sifatida qabul qilaman, demak shunaqa bo’lishi kerak ekan deb.

Kamchiliklarim ko’pligini bilaman shu sabab ham mukammal ko’rinishga intilmayman. Kam yozaman, chunki bilgan va amal qiladigan narsalarim haqida yozishga harakat qilaman va bular ko’p emas. Shu sabab ham, yozganlarim meni kamchiliklarimni ko’rsatib bermasligi mumkin. Lekin meni shaxsan tanib boshlagan insonlarga albatta bu kamchiliklar ko’rinib boshlaydi.
Meni kanalim orqali taniganlar va birinchi kanaldan tashqarida, haqiqiy hayotda tanib boshlaganlar o’rtasida farq bor. Kanalim orqali meni birinchi taniganlarga kamchiliklarim uncha ko’rinmasligi mumkin va balki shu sabab ham mendan ko’proq narsani kutishadi. Meni shaxsan tanib boshlashgandan keyin balki, biroz xafsalalari pir bo’lar.
Kanaldan tashqarida, haqiqiy hayotda tanib boshlaganlar esa meni noldan tanib boshlashadi. Hech qanaqa tasavvurlarsiz. Shu sabab ham menga anchadan beri yuzma-yuz suhbat eng yaxshisi.

Ikkiyuzlamachilikni juda yomon ko’raman. Iloji boricha qanday bo’lsam, shunday ko’rinishga harakat qilaman.
Bir inson bilan prinsiplarim teskari bo’lishini qabul qila olaman, lekin o’sha insonning prinsiplari vaziyatga qarab o’zgarib turishini qabul qila olmayman. Albatta, ma’lum bir voqea sabab inson o’zi tutgan prinsipini noto’g’ri degan xulosaga kelgan holda, o’sha prinsipini o’zgartirishi yaxshi holat. Lekin bu o’zgarishga sabab insonning ichidan kelishi kerak, tashqaridan emas. Tashqaridan keladigan omillar sabab, deylik biror vaziyat, bosim yoki inson sabab prinsiplarni o’zgartirish uzoqqa cho’zilmaydi. Inson baribir o’z asliga, fitratiga qaytadi.
Oila qurishda ham shunaqa deb o’ylayman. Oila qurishga kelganda, hammaning o’zi tutgan qandaydir yo’li va prinsipi bor. Aynan o’sha yo’l va prinsipning o’zi ham katta filtr sifatida xizmat qilib beradi. Chunki ko’pchilikka siz tutgan yo’l g’alati, jur’atsizlik yoki xatodek ko’rinishi mumkin. Xatto bu o’z zararingizga ham ishlashi mumkin. Lekin to’g’ri vaqt kelganda to’g’ri inson albatta buni qadriga yetadi. Hech bo’lmasa, shunaqa fikrdaman).
Inson o’z prinsiplarini qanday bo’lsa, shunday ko’rsatsa, o’sha prinsiplariga to’g’ri keladigan insonni topishi ham osonroq bo’ladi. Sababi ma’lum bir prinsip insonda o’z-o’zidan shakllanmaydi. O’sha prinsip o’sha insonning xarakteri, maqsadlari va fikrlashini ham, bir ma’noda, ko’rsatib beradi.
Bu post boshida ikkiyuzlamachilik haqida gapirganimni sababi, aslida kichkina deb ko’ringan narsalar ham ikkiyuzlamachilik bo’lishi mumkin. Tushuntirish uchun oddiy misol beraman:
Deylik, bir bola bor. U maktabda o’qiydi. Xarakteri bosiq, kamgap lekin qattiq o’qiydigan bola. Yaxshi baholarni ustozga yaxshi ko’rinib emas, yaxshi o’qish orqali olish kerakligiga ishonadi. Bir kuni u bolaning o’qituvchisi almashdi. Qarasa, yangi o’qituvchi ko’proq gapiradigan va hazil qilib turadigan o’quvchilarga ko’proq e’tibor qaratadi. Ko’proq e’tiborga tushish, ehtimol, baholarning ham o’sishiga olib keladi. Shu sabab, bu bola endi e’tiborga tushish uchun dars davomida ko’proq gapiradigan va hazil qiladigan bo’ldi. Bunga ishonganidan emas, o’qituvchining e’tiborini va yaxshiroq baholarni xohlaganidan o’zi shu vaqtgacha tutgan yo’lga qarshi bora boshladi.
Katta hayotda ham shunga o’xshash kichkina va arzimagan holatdek ko’rinadigan lekin prinsiplarni sinovdan o’tkazadigan holatlar ko’p bo’lib turadi. Fikrimcha aynan shu holatlar ko’p narsani ko’rsatib beradi.

Ramazon Hayiti muborak bo’lsin. Hayit munosabati bilan 2 ta yangilik bor. Hozircha birinchisini e’lon qilib turaman.
Faqatgina kanal a’zolari uchun Hayit hadyasi bermoqchiman. Aniqroq qilib aytganda, 3 kishi uchun o’zlari xohlagan bitta kitobni hadya qilmoqchiman.
Ishtirok etish uchun, shunchaki shu post tagida “KITOB” deb izoh qoldiring. Ertaga ertalab soat 09:00 gacha javoblar qabul qilinadi. G'oliblarni tasodifiy (random) tanlash orqali aniqlayman.
Xuddi kitob tanlovdagi kabi, o'zim qo'ygan bir kitobni emas, ishtirokchi o'zi xohlagan kitobini hadya sifatida olishi mumkin.
❕Bu hadya faqat kanal a'zolari uchun. Ya'ni hozirgacha a'zo bo'lib turgan ishtirokchilar uchun faqat.
P.S. Izohlarga "KITOB" so'zini yozish yetarli. Qanaqa kitob tanlamoqchi ekanligingizni natijalar e'lon qilingandan keyin tanlab olinganlardan so'rab olaveraman.
P.S.S. Noyob kitoblarni topish xususiyatiga ega emasman, shu sabab kitob do'konlarda sotuvda bo'lgan kitoblarni reja qilishni so'ragan bo'lardim.

O’ylar
Ramazon Hayiti muborak bo’lsin. Hayit munosabati bilan 2 ta yangilik bor. Hozircha birinchisini e’lon qilib turaman. Faqatgina kanal a’zolari uchun Hayit hadyasi bermoqchiman. Aniqroq qilib aytganda, 3 kishi uchun o’zlari xohlagan bitta kitobni hadya qilmoqchiman.…
35 daqiqada yopiladi. Haliyam sizda o’zingiz xohlagan kitobni hadya sifatida qabul qilish imkoniyati bor)
O’ylar
Ramazon Hayiti muborak bo’lsin. Hayit munosabati bilan 2 ta yangilik bor. Hozircha birinchisini e’lon qilib turaman. Faqatgina kanal a’zolari uchun Hayit hadyasi bermoqchiman. Aniqroq qilib aytganda, 3 kishi uchun o’zlari xohlagan bitta kitobni hadya qilmoqchiman.…
Javoblarni e’lon qilyapman.
Yuqoridagi post tagidagi izohlarda har bir ishtirokchiga raqam berib ketdim. Shu raqam orqali randomizer orqali tanlab olindingizmi bilishingiz mumkin.
Tasodifiy (random) tanlashda https://www.random.org/ dan foydalandim. Umumiy 36 ishtirokchi qatnashdi. Ulardan 4 kishi tanlab olindi. Boshida 3 kishi degandim, kutganimdan ko’proq kishi qatnashgani uchun 4 kishiga ko’paytirdim.
Adolatli bo’lishi uchun raqamlarni tasodifiy tanlash jarayonini yozib oldim. Videoni ushbu havola orqali ko’rishingiz mumkin.
Agar sizga berilgan raqam tanlab olingan bo’lsa, @thoughtopia_bot ga qaysi kitobni o’qimoqchi ekanligingizni va kitobni qayerga yetkazib berish kerakligini yozib murojaat qiling.
Qatnashgan hammaga rahmat. Ramazon hayiti muborak bo’lsin!
G’olib bo’lmaganlar, xafa bo’lmaymiz. Yaqin orada avvalgidek kitob tanlov e’lon qilish rejam bor. Shu tanlovda imkoniyatingiz ko’proq bo’ladi sababi unda tasodifiy emas, javoblarga ko’ra o’zim tanlab olaman.

If I vanish for a few days, know that I’m navigating through the shadows of stress or a wave of melancholy. It’s a moment for me to gather scattered thoughts and breathe deeply.
If I disappear for weeks, understand that I’m in the midst of reevaluating the paths of my life, seeking changes that align closer with my true essence. It’s a journey of transformation, challenging yet crucial.
If I’m absent for months, consider that I am in a transition, wrestling with challenges yet also finding new directions. It’s a time mixed with uncertainty and possibility, where I step back to find a better path forward.
If I am gone for years, know that I have settled into that simple, unnoticed life I always dreamed about. In a small, unremarkable town, there’s a café that overlooks a bustling street, where I sit with my family around me, perfectly content. Here, no words are needed, and though old acquaintances might pass by, in my eyes, they see a man who has found that rare, unspoken peace—a serene chapter that I always hoped to write.

Oxirgi 1-2 oyda Telegramda unchalik ham faol emasman. Kirsam ham, faqat yaqinlar va tanishlar yozgan bo’lsa va unda ham juda zarur bo’lsagina javob berib chiqib ketyapman. Kimdir menga xabar yozsa odatda ko’rmayman, ko’rsam ham zarur bo’lsagina javob beradigan bo’lib qolibman. Ignore qilishni yoqtirmayman lekin ba’zan insonga tinchlik kerak bo’lib qolarkan.
Faqat telefon va telefonimga kelgan smslarga jiddiy qaraydigan bo’lib qolibman. Zarur bo’lsa va yonib turgan masala bo’lsa shundoq ham telefon raqamim orqali topib olishadi degan yondashuvga o’tganman. Kimdirni ignore qilish o’zimga ham yoqmaydi, balki bu hurmatsizlikdek ko’rinar, lekin hafsala bo’lmasa hech kimga javob berish yoqmas ekan, toki zarur masalada bo’lmasa. Shunaqa ko’proq tinchlik istaydigan davrdaman shekilli. O’z xayollarim bilan bo’lim yozishdan ham umuman chiqib ketibman.
Shu sabab, bu kanalda meni tanigan yoki menga xabar yuborgan insonlarga aytmoqchiman: Xabarlarga javob bera olmagan bo’lsam, uzr. Meni taniganlarga telegramim orqali, meni tanimaganlarga @thoughtopia_bot yoki anonim bot orqali muloqotga ochiqman. Xabarlaringizga endi tezroq javob beraman).

Telegram
Анонимные сообщения
Бот для получения анонимных сообщений в Телеграме
Тех. поддержка бота — @botomanager
Тех. поддержка бота — @botomanager
Fikrlarni shakllantirish uchun o'qishni o'zi yetarli emas. Odam o'zi uchun ham o'qiganlarini tahlil qilib ko'rishi, tafakkur qilib ko'rishi kerak. Tanqidiy fikrlash ham shu sabab kerak. Biror narsani qabul qilishdan oldin, inson unga nisbatan tanqidiy yondashib ko'rsa, fikrlar ham mustahkam bo'ladi.
Ko'proq o'qish, o'qiganlarni tahlil qilish, tafakkur qilish va ko'proq insonlar bilan fikr almashish kerak. Shu sabab ham borgan joyimda o'sha joyni odamlari bilan ham gaplashish menga judayam yoqadi.
O'zbekistonni ichidagi ko'p joylarga borib, ko'p odamlar bilan gaplashib va ishim sabab dunyoni turli xil joyidagi odamlar bilan gaplashib bir qiziq narsani guvohiga aylandim. Chetga chiqmasdan turib dunyoni har bir qit'asidagi kamida bitta davlatdagi odamlar bilan gaplashib, insonlar fikrlashi bilan bir-birlariga qanchalar o'xshash ekanligi hayron qoldirgan. Shu bilan birgalikda, O'zbekistonni turli xil yeridagi odamlar bilan gaplashib, bitta davlat ichidagi odamlar, tili va dini, urf odatlari ham deyarli o'xshash bo'lsa ham, fikrlashlarida farqlar borligini (ba'zan katta farq) ko'rib hayron qolganman.
Shu sabab insonlar bilan fikr almashish qiziqarli jarayon. Shu orqali ham ko'p narsa o'rgansa bo'ladi.

I think unlearning something is more difficult than learning something.
When you learn, there’s curiosity. There’s openness. A sense of movement toward something new. It is easier to learn something because you can imagine the process of learning something new.
But unlearning? That’s confrontation. That’s peeling away what’s familiar, what’s been ingrained so deeply it feels like instinct. It’s like trying to see with new eyes, knowing the old ones might still come back.
We learn how to learn but no one teaches us how to unlearn. We always think about adding more to our knowledge mind but we rarely think about peeling away something from our mind.

Nasihat uchun o'lim yetarlidir. Juma kuni juma namozidan keyin janoza bo’ldi. Bir tanishimni onalari bu dunyoni tark etibdilar. Alloh u kishini rahmatiga olsin, joylarini jannatda qilsin. U kishini haqlariga duo qilib qo’yasizlar degan umiddaman.
Janozadan keyin mayyitni qabrga qo’yish jarayonida marhumaning yaqinlari ko’zlaridagi yosh meni ancha ta’sirlantirdi. Bu shunchalar chuqur g’am ediki, ularni ko’zlariga qarab beixtiyor meni ham ko’zlarimga yosh qalqidi.
O’lim – inson uchun eslatma. To’g’ri, bu gaplarni qayta-qayta eshitganmiz. Lekin bu gaplar har safar ham yurakka yetib bormaydi. O'limni bilish, o'lmasdan burun o'lim haqiqatini tanish haqiqatan ham buyuk bir nasihatdir.

Forwarded from O’ylar
You can never repeat the same moment twice. The moments you are not valuing right now might become a sweet memory one day.
It always feels like there is something missing in your life and once you fill in this slack, you will become a better and happier person. But you will not; you will just waste your time thinking about all the possibilities that might have made you more happier and more focused on your well-being.

Video
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Poezd. Yarim tun. Men ketayotgan vagon bo'sh. O'tgan yili yozganimdek, haliyam poezdda uzoq yo'l yurish yoqadi. Fikrlayman, tafakkur qilaman. Aslida boshqa vaqtda qilsa ham bo'ladi, poezdda bo'lishi shart emas. Lekin poezdda odam chalg'ishi qiyinroq, inson o'zi bilan yuzlashishga majbur. Chalg'ish kam.
Mana, o'zim bilan poezdda yana yuzlashganimdan keyin kanalim esimga tushdi. Kanalim ham qaysidir ma'noda o'zim bilan yuzlashish uchun bir vosita bo'lgan. Nima bo'ldiki, bu yili kanalimda hech narsa yoza olmayapman.
Poezdda uzoq yo'l yurish hali ham yoqadi. Lekin inson bir yerda muqim turmaslik hissi g'alati bo'larkan. Aslida doimo ham yo'l yurishga majbur emassan, lekin o'zing boshqa joyda, yaqinlaring boshqa joyda bo'lgandan keyin, baribir talpinarkansan. Yaqinlaring o'zi o'sgan joyda, sen esa rivojlanishing kerak bo'lgan joyda bo'lishini xohlaganidan keyin umring shunaqa yo'lda o'tib ketaverarkan.
16 yoshimdan beri uyga poezdda qatnayman. 1 yilda nari borsa 3-4 oy bo'lsam ham, bu joyni uy deb atayman. Sababi ota onam yashaydi u yerda. Bo'lmasa qolgan vaqt Toshkentdaman. Lekin shu vaqtlari yashaydigan joyim bo'lsa ham uysiz odamdek his qilaman o'zimni.
Uy inson ko'proq yashaydigan joyi bo'ladi deb o'ylardim. Inson yaqinlari yashaydigan joy uy deb atasa ham bo'ladi menimcha. Uy — seni kimdir kutadigan joy. Toshkentda uyda meni hech kim kutmaydi, balki shunga o'zimni uydagidek his qilmagandirman shu vaqtgacha.

There’s a quiet richness in simplicity that not everyone understands.
To sit at a small table, where the light falls gently on modest foods—bread and a pot of tea—is not about lacking. It is about knowing how to receive what is already enough.
Some think simplicity is a result of limitation, of not having more. But the truth is, it takes depth to enjoy the plain, to find beauty in the unadorned. Simplicity isn’t the absence of wealth; it is the presence of peace.
You can have everything, and still find joy in a quiet cup of tea.