SB (Shahrik's Blog)
99 subscribers
237 photos
36 videos
7 files
44 links
Учусь в Гонконге 🇭🇰
- 11 класс👨‍🎓
Делюсь личным в своем блоге

The one who trusts the timing of his life✈️

Ссылка на наш чат - https://t.me/joinchat/je9FZo9Ukp1iYzgx
IG: itsshahrik
Download Telegram
​​#Natija #18

Obunachilarimizdan biri dunyoning 8 raqamli universiteti yozgi maktabiga deyarli to'liq grant yutib oldi!

Sevara Umarova
– fizika-astronomiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug'bek nomidagi maktabning 10 sinf o'quvchisi.

Sevara THE reytingiga ko'ra, nufuzi boʻyicha dunyoda 8-oʻrinda turuvchi Yell universiteti tomonidan tashkillashtiriladigan Yale Young Global Scholars Program yozgi maktabida qatnashish uchun grant yutib oldi.

Ushbu yozgi maktabga onlayn yoki oflayn qatnashishni tanlash mumkin. Sevara onlayn qatnashish uchun ariza bergan. Va u maktabda onlayn qatnashish uchun deyarli toʻliq miqdorda moliyaviy yordam grantini qoʻlga kiritdi (maktabga onlayn qatnashish 3500 dollar, Sevara 3400 dollarlik grantni qoʻlga kiritgan).

Ajratilgan grant unga 2 hafta davomida AQSHdagi Yell universiteti tomonidan olib boriladigan yozgi maktabda onlayn ravishda tahsil olishga imkoniyat beradi.

Quyidagi rasmda yozgi maktab uchun grant ajratilganlik haqidagi xatni ko'rishingiz mumkin.

Sevara maktabning ”Session 2 (July 5 - July 17, 2022): Literature, philosophy and culture” dasturida onlayn tarzda qatnashadi.

Sevaraning kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

@grantlar_namuna