3rd English faculty
2.46K subscribers
14.3K photos
1.77K videos
200 files
2.16K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @jasminabonu_sayliyeva
Download Telegram
🟦🟦🟦

“KELAJAKKA YÖL — XORIJIY TILLAR BILAN”: ÖZDJTU XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ VA ÖQITIŞ MARKAZI ÇILONZOR TUMANIDA OÇILDI

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan umumta’lim maktablari öquvçilarining xorijiy tillarni örganişga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning bilim va amaliy könikmalarini rivojlantiriş, zamonaviy ta’lim metodikalarini keng joriy etiş hamda maktab va oliy ta’lim muassasasi örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida “Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan” şiori ostida xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazlari taşkil etilmoqda.

21-oktabr kuni mazkur taşabbus doirasida Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazi Çilonzor tumanidagi 280-umumta’lim maktabida tantanali ravişda oçildi.

Tadbirda universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov boşçiligidagi universitet rahbariyati vakillari hamda Çilonzor tumani Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi boşliği Farhod Öraloviç Keldiyorov iştirok etdi.

Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov tadbirda sözga çiqib, markaz faoliyatining maqsad va vazifalari, xorijiy tillarni öqitişda zamonaviy yondaşuvlarni qöllaş, öquvçilarning til bilimi va muloqot könikmalarini rivojlantiriş, şuningdek, maktab va universitet örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Markaz öquvçilarning xorijiy tillarni çuqur örganişi, amaliy maşğulotlarda iştirok etişi va kelgusidagi ta’lim imkoniyatlarini kengaytirişi uçun muhim maydon bölişi ta’kidlandi.

Şuningdek, 280-umumta’lim maktabi direktori Kim Yelena Vitalyevna markazning oçilişi maktab öquvçilari uçun yangi imkoniyatlar yaratişi, xorijiy tillarni örganiş samaradorligini oşirişi hamda ta’lim jarayonida zamonaviy metodikalardan foydalanişni kengaytirişdagi ahamiyatini qayd etdi.

Tantanali marosim doirasida mehmonlar ramziy lentani kesib, yangi ta’mirlangan va zamonaviy jihozlangan öquv xonasi bilan tanişdilar. Markaz faoliyatini yölga qöyiş va rivojlantirişga kömaklaşiş maqsadida universitet tomonidan maktabga zamonaviy xalqaro öquv adabiyotlari, işçi daftarlari va innovatsion qöllanmalardan iborat kitoblar töplami sovğa qilindi. Uşbu adabiyotlar öquvçilarning bilim doirasini kengaytiriş, mustaqil ta’lim olişini qöllab-quvvatlaş hamda xorijiy tillarni özlaştiriş samaradorligini oşirişga qaratilgan.

Markaz faoliyatida maktab va universitetdan jalb etilgan volontyorlar ham iştirok etadi. Ular öquvçilar bilan tanişib, xorijiy tillarni örganiş böyiça öquv rejalari va innovatsion metodikalar haqida suhbatlaşdilar.

Çilonzor tumanidagi 280-maktabda Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazining oçilişi maktab ta’limi va oliy ta’lim örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, yoşlarning xorijiy tillarni puxta egallaşi hamda ularning kelajakdagi ta’lim va kasbiy imkoniyatlarini kengaytiriş yölidagi muhim qadamlardan biridir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

CCA Tashkent — zamonaviy san’at va tadqiqot markazida

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti tyutori Z.Xolmurodova boshchiligida 2519-guruh talabalari Toshkent shahrida joylashgan CCA Tashkent — zamonaviy san’at, tadqiqot va jamoatchilik bilan hamkorlik uchun tashkil etilgan doimiy markaz bilan yaqindan tanishdilar.

✅Tashrif davomida talabalar zamonaviy san’at muhiti, ijodiy yondashuvlar hamda san’at va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar haqida tasavvurga ega bo‘ldilar. Ushbu tashrif talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, madaniy bilimlarini boyitish va yangi taassurotlar olishiga xizmat qildi.

✅Bunday tashriflar yoshlarning ijodiy fikrlashi, madaniy savodxonligi va zamonaviy san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

✅Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🔥2🥰1🤩1
Forwarded from Burxonova Dilnoz Muzaffarovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 ONA TILIM — FAXRIM!

📚 Ingliz tili 3-fakulteti tyutori D. Burxonovaga biriktirilgan 2611-guruh talabalari tomonidan ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni ifodalovchi “Ona tilim — faxrim” mavzusida videorolik tayyorlandi.

💙 Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va bebaho boyligimiz!
❤7❤‍🔥4🥰2🤩1
⚡️⚡️⚡️⚡️

🇺🇿 “ÖZBEK TILI — DAVLAT TILI”

🇺🇿Özbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi va Çilonzor tumanidagi 168-umumta’lim maktabi hamkorligida özbek tiliga davlat tili maqomi berilgani munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.

✅Tadbir davomida özbek tilining milliy özligimiz, ma’naviyatimiz va davlatçiligimizdagi örni haqida söz yuritildi. Ona tilimizning boy tarixi, betakror jozibasi va uni asrab-avaylaş, kelajak avlodga sof holda yetkazişning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

✅Şuningdek, tadbir iştirokçilari ona tiliga bölgan hurmat va e’tibor, uning nufuzini yanada oşiriş hamda yoşlar örtasida tilga muhabbatni kuçaytiriş borasida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

✅Bunday hamkorlikdagi tadbirlar yoş avlodning milliy qadriyatlarga hurmatini mustahkamlaş va ona tilimizga bölgan ehtiromini yuksaltirişga xizmat qiladi.

Ona tilimiz — milliy ğururimiz va bebaho ma’naviy merosimiz! 🇺🇿

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

✅Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🥰1😍1