3rd English faculty
1.76K subscribers
8.5K photos
1.42K videos
195 files
1.64K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini: @sherzodbek_zokirovvv
Fakultet yetakchisi :
Matbuot kotibi:@khazratova085
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣

Yoshlarimiz tarix yaratdi — O‘zbekiston Ginnes rekordini yangiladi!

18-avgust kuni Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilgan yirik tadbirda yoshlarimiz navbatdagi ulkan yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirdi.

Mazkur jarayon nafaqat yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini, balki ularning izlanuvchanligi, jamoaviy hamjihatligi va innovatsion g‘oyalarga intilishini yorqin namoyon etdi. Tadbir katta bayramona ruhda o‘tdi hamda O‘zbekiston yoshlari uchun texnologiya va innovatsiyalar sohasida yangi marralarni ochib berdi.

Tadbirda qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi. Dastur yakunida rektorlar safida Ilxomjon Tuxtasinovga ham O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Eng ko‘p odamning bir vaqtda robot yig‘ishi” nomli Ginnes rekordi o‘rnatilishida ishtirok etganini tasdiqlovchi maxsus sertifikat tantanali ravishda topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3👏21
#Dolzarb_90kun

💡Daily English” to‘garagi mashg‘uloti o‘tkazildi

🏛O‘zDJTU, Ingliz tili integrallashgan kursi # 3-kafedrasi o‘qituvchisi N.R. Axmedova tomonidan iqtidorli yoshlarning kasbiy va fanga oid qobiliyatlarini aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent shahri 129-maktabda “Daily English” to‘garagi o‘tkazildi.

🔰Ushbu tashabbus orqali o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi yanada kuchaytirilib, ularning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.

♻️To‘garak yakuniy mashg‘uloti quyidagi faoliyatlar bilan boyitilgan holda o‘tkazildi:

Qiziqarli viktorina savollari
Rag‘batlantiruvchi sovg‘alar va sertifikatlar
Faol qatnashgan o‘quvchilar uchun esdalik sovg‘alar


🔹Mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchi tomonidan maqsadli tayyorlov dasturi asosida o‘quvchilarning nutqiy faolligi, tilni amaliy qo‘llash qobiliyati hamda mustaqil fikrlash salohiyati rivojlantirildi.

📍https://t.me/thirdEnglishfaculty
1👍1🔥1
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi tomonidan talabalar uchun turli shakldagi tadbirlar – to‘garak, trening va mahorat darslari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Mazkur tadbirlarni samarali o‘tkazish uchun malakali mutaxassislar jalb qilinib, talabalar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari ta’minlanmoqda.

Mashg‘ulotlar an’anaviy va onlayn shaklda o‘tkazilib, talabalar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Kafedramizning asosiy maqsadi – talabalar bilim va malakasini oshirish, ularni mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor va raqobatbardosh mutaxassislar etib tarbiyalashdir.

📍https://t.me/thirdEnglishfaculty
#Dolzarb_90kun

🏛“Bir talabaga – bir loyiha” tashabbusi doirasidagi faoliyat
O‘zDJTU, Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi tomonidan talabalarning ilmiy izlanishlari va kreativ g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bir talabaga – bir loyiha” tamoyili asosida loyihalar ustida ishlash yo‘lga qo‘yilgan.


🪩Mazkur tashabbus doirasida har bir talaba o‘zining qiziqishlari, bilimlari va tanlagan yo‘nalishi asosida loyihani ishlab chiqmoqda.

Ushbu jarayon ularning mustaqil fikrlash, ijodkorlik, jamoada ishlash hamda o‘z g‘oyalarini taqdim etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

♻️Kafedra professor-o‘qituvchilari loyihalarni tanlash va amalga oshirish jarayonida talabalarga ilmiy-metodik yordam berib kelmoqda.


🔰Eng yaxshi g‘oyalar keyinchalik taqdimotlar, treninglar va turli tanlovlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

📍https://t.me/thirdEnglishfaculty
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

📌 Yotoqxonaga joylashish uchun ariza yuborish tartibini bilmayapsizmi?

🎥 Ushbu video orqali siz:
1️⃣ Atigi 3 qadamda ariza yuborish tartibini o‘rganasiz.
2️⃣Qaysi hujjatlar kerakligini bilib olasiz.
3️⃣Arizani to‘g‘ri yuborish orqali xatolarga duch kelmaysiz.


💡 Agar ariza yuborishda qandaydir qiyinchilikka duch kelsangiz yoki sizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa – kommentariyada yozib qoldiring. Biz sizning murojaatlaringizga albatta javob beramiz.

👉 Bizni kuzatishda davom eting:

📨 Telegram | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90kun

🏛O‘zDJTU, Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi doirasida talabalar ijodiy g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mening startap loyiham” mavzusida loyiha taqdimotlari tashkil etilmoqda. 🚀

🔹 Ushbu tashabbus orqali talabalar:

Innovatsion biznes g‘oya yaratish;

Uni taqdim etish va himoya qilish;

Jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

Zamonaviy startap muhitiga yaqinlashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


💡 Startap loyihalari talabalar ijodiy tafakkurini rivojlantirish va ularni amaliyotda qo‘llashga xizmat qiladi.

👉 Siz ham kelajakdagi muvaffaqiyatli tadbirkor va innovatorlar safida bo‘lishni istasangiz, startap loyihalarimizni kuzatib boring!

📍Tadbir O‘zDJTU Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkaziladi.

📍https://t.me/thirdEnglishfaculty
1
🌟 Universitetimiz shijoatli yoshlari — yaqinroq keling!

Agar sizda:

Yangi gʻoyalar;
Faol ishtirok etish istagi;
Yetakchilik, liderlik hamda tashabbuskorlik qobiliyatlari bo’lsa

🫵 Unda ushbu eʼlon aynan siz uchun!

⚡️ Biz Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti jamoasiga qabul boshlanganini ma’lum qilamiz!

👥 Safimizga qoʻshilib biz bilan bir jamoa — bir oilaga aylaning!


📝 Jamoa tarkibida bo’lish uchun ushbu guruhga qo’shiling:
✈️ Telegram



🇺🇿 Bizga qoʻshiling!
👥 Oilamiz sizlarni kutmoqda!


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

📱 Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Edu.uz
⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

🔸akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;

🔹oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori
bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.

Haftalik doirasida:

➡️talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;

➡️talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM