🔊 O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “TEXT TITANS” to‘garagining 4- mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi!
📆 21-oktabr kuni Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi o‘qituvchisi D. A. Xoshimova rahbarligida “Understanding the Main Idea and Predicting Content” mavzusida tashkil etildi.
📝 Dars avvalida talabalar “Title & Clue” interfaol o‘yini orqali matn sarlavhasi va kalit so‘zlar yordamida uning mazmunini oldindan taxmin qilish bo‘yicha fikr almashdilar.
💡 Nazariy qismda ishtirokchilar matnning bosh g‘oyasini (main idea) tezda aniqlash, muallifning niyatini tushunish hamda matn davomida nima haqida so‘z borishini oldindan bashorat qilish (predicting content) strategiyalarini tahlil qildilar.
📚 Yakunda matnni tez va chuqur tushunish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi, mustaqil topshiriqlar belgilandi va keyingi mashg‘ulot rejasi muhokama qilindi.
📱 Faol ishtirokchilarni post izohlarida o‘z taassurotlari va matn o‘qish jarayonida duch keladigan qiyinchiliklari haqida fikr qoldirishga taklif qilamiz!

👏2😍2❤🔥1🥰1
🇺🇿 ONA TILIM — MILLATIM FAXRI
📚 O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti tyutori D. Burxonovaga biriktirilgan 2611–2617-guruh talabalari tomonidan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar o‘qilib, badiiy chiqishlar va raqslar namoyish etildi. Talabalarning chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarda ona tiliga bo‘lgan mehr-muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar qalbida ona tiliga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, davlat tilining nufuzini yuksaltirish hamda talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
🇺🇿 Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviy boyligimiz va millatimiz faxridir.

❤6😍2❤🔥1🥰1🤩1
Forwarded from ÖzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
“KELAJAKKA YÖL — XORIJIY TILLAR BILAN”: ÖZDJTU XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ VA ÖQITIŞ MARKAZI ÇILONZOR TUMANIDA OÇILDI
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan umumta’lim maktablari öquvçilarining xorijiy tillarni örganişga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning bilim va amaliy könikmalarini rivojlantiriş, zamonaviy ta’lim metodikalarini keng joriy etiş hamda maktab va oliy ta’lim muassasasi örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida “Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan” şiori ostida xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazlari taşkil etilmoqda.
21-oktabr kuni mazkur taşabbus doirasida Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazi Çilonzor tumanidagi 280-umumta’lim maktabida tantanali ravişda oçildi.
Tadbirda universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov boşçiligidagi universitet rahbariyati vakillari hamda Çilonzor tumani Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi boşliği Farhod Öraloviç Keldiyorov iştirok etdi.
Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov tadbirda sözga çiqib, markaz faoliyatining maqsad va vazifalari, xorijiy tillarni öqitişda zamonaviy yondaşuvlarni qöllaş, öquvçilarning til bilimi va muloqot könikmalarini rivojlantiriş, şuningdek, maktab va universitet örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Markaz öquvçilarning xorijiy tillarni çuqur örganişi, amaliy maşğulotlarda iştirok etişi va kelgusidagi ta’lim imkoniyatlarini kengaytirişi uçun muhim maydon bölişi ta’kidlandi.
Şuningdek, 280-umumta’lim maktabi direktori Kim Yelena Vitalyevna markazning oçilişi maktab öquvçilari uçun yangi imkoniyatlar yaratişi, xorijiy tillarni örganiş samaradorligini oşirişi hamda ta’lim jarayonida zamonaviy metodikalardan foydalanişni kengaytirişdagi ahamiyatini qayd etdi.
Tantanali marosim doirasida mehmonlar ramziy lentani kesib, yangi ta’mirlangan va zamonaviy jihozlangan öquv xonasi bilan tanişdilar. Markaz faoliyatini yölga qöyiş va rivojlantirişga kömaklaşiş maqsadida universitet tomonidan maktabga zamonaviy xalqaro öquv adabiyotlari, işçi daftarlari va innovatsion qöllanmalardan iborat kitoblar töplami sovğa qilindi. Uşbu adabiyotlar öquvçilarning bilim doirasini kengaytiriş, mustaqil ta’lim olişini qöllab-quvvatlaş hamda xorijiy tillarni özlaştiriş samaradorligini oşirişga qaratilgan.
Markaz faoliyatida maktab va universitetdan jalb etilgan volontyorlar ham iştirok etadi. Ular öquvçilar bilan tanişib, xorijiy tillarni örganiş böyiça öquv rejalari va innovatsion metodikalar haqida suhbatlaşdilar.
Çilonzor tumanidagi 280-maktabda Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazining oçilişi maktab ta’limi va oliy ta’lim örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, yoşlarning xorijiy tillarni puxta egallaşi hamda ularning kelajakdagi ta’lim va kasbiy imkoniyatlarini kengaytiriş yölidagi muhim qadamlardan biridir.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1