3rd English faculty
2.47K subscribers
14.3K photos
1.77K videos
200 files
2.16K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @jasminabonu_sayliyeva
Download Telegram
🌏 UNESA FIP NEXUS Winter Camp 2026 🇮🇩
Indoneziyani turizmdan tashqari kashf eting!
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari, bu imkoniyat aynan siz uchun! 😍
📅 9–13-noyabr, 2026
📍 Surabaya, Indoneziya
🎟 FAQAT 2 TA JOY! ⚡️
5 kun davomida dunyoning turli davlatlaridan kelgan ~60 talaba bilan dars, madaniy tadbirlar, maktablarga tashrif va shahar sayohatlari sizni kutmoqda. Yakunda sertifikat ham olasiz! 📜
🎯 Kimlar qatnasha oladi? (1–4-kurs) barcha talabalar qatnashishi mumkin
⭐️ Iqtidorli talabalar (stipendiant, g'olib, faollar), Yuqori GPA va C1 sertifikati borlar (IELTS 7.0+ yoki milliy C1) uchun alaohida ustuvorlik mavjud.
☑️ UNESA to'laydi: yashash, ovqat, dastur tadbirlari
💸 Siz to'laysiz: aviachipta, viza, sug'urta, shaxsiy xarajatlar
📝 Ariza: 21-oktabr ⏰
📎 Transkript, C1 sertifikat nusxasi, yutuqlar, motivatsion xat, pasport nusxasi
📍 Murojaat uchun 202-xona
❤8🥰2😍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“O‘ZBEK TILI MEN UCHUN…” — TIL BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN CHALLENGE

🇺🇿 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bugun
🇺🇿 Chilonzor tumanidagi 168-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “O‘zbek tili men uchun…” nomli challenge tashkil etildi.

🇺🇿Mazkur tadbir
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultet Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchilari hamda
🇺🇿Yoshlar ittifoqi kengashi hamkorligida o‘tkazildi.

✅Challenge davomida o‘quvchilar o‘zbek tilining hayotimizdagi o‘rni, uning betakror jozibasi, milliy qadriyatlarimiz va ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini o‘z fikrlari orqali ifoda etdilar.

✅ Ona tili — millat ruhi, milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimiz timsolidir! Uni asrash, qadrlash va kelajak avlodga sof holda yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.

✅Ona tilimizga bo‘lgan muhabbatimiz qalbimizda, ehtiromimiz esa har bir so‘zimizda namoyon bo‘lsin!

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✅Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8😍7🔥4👍3👏3🤩3🍓3🏆2💋2🥰1🎉1
🟦🟦🟦

21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUBORAK!

Qadrli yurtdoshlar! Hurmatli ustozlar! Aziz talabalar!

Barchangizni milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsoli bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi — 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Ona tili — millatning ruhi, xalqning tarixiy xotirasi, avlodlarni bir-biriga bog‘lovchi bebaho ma’naviy merosdir. Tilimizda xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati, ezgu qadriyatlari va betakror tafakkuri mujassam. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodlarga munosib yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.

Bugungi globallashuv davrida o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, uni ilm-fan, ta’lim, zamonaviy texnologiyalar va raqamli makonda keng targ‘ib etish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ona tilimizning dunyoning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarida o‘rganilayotgani, xorijiy mamlakatlarda unga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani barchamizga faxr va g‘urur bag‘ishlaydi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi uchun ham ona tilimizni e’zozlash, uning boy imkoniyatlarini namoyon etish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish muhim vazifalardan biridir. Xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish bilan bir qatorda, o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish, xalqimizning boy ma’naviy merosi va milliy qadriyatlarini dunyoga tanitish borasidagi sa’y-harakatlarimiz izchil davom etadi. Zero, boshqa tillarni o‘rganish va o‘rgatish bilan birga, o‘z ona tilimizga hurmatni mustahkamlash ham yuksak ma’naviyat va milliy o‘zlikning muhim mezonidir.

Aziz yurtdoshlar! Tilga ehtirom — millatga ehtiromdir. Ona tilimizning sofligini saqlash, uni to‘g‘ri va ravon qo‘llash, yosh avlod qalbida tilga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish barchamizdan mas’uliyat talab etadi.

O‘zbek tilining dovrug‘i yanada yuksalsin, nufuzi xalqaro miqyosda tobora ortib borsin! Ona tilimiz qalblarimizga g‘urur, xalqimizga birlik, yurtimizga taraqqiyot baxsh etsin!

O‘zbek tili bayrami barchangizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori
Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6😍3🥰2
😍13❤8🥰6
«OLIMALAR OLAMI — ILM VA KASHFIYOTLAR SARI» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti talaba-qizlarining ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida 2-sonli talabalar turar joyida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir dekan maslahatchisi Z.A. Ismoilova boshchiligida hamda «Lider qizlar klubi» a’zolari ishtirokida o‘tdi. Katta o‘qituvchi Yo.Sharipova bilan kechgan muloqotda buyuk olimalarning ilm-fanga qo‘shgan hissasi, bugungi kunda xotin-qizlarning ilmiy salohiyati hamda mustaqil fikrlash orqali yuksak marralarni zabt etish borasida fikr almashildi.

Ushbu uchrashuv yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda liderlik fazilatlarini shakllantirish va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting.

https://t.me/thirdEnglishfaculty
❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤7🤩5👍4😍3🥰2🏆1🆒1
3rd English faculty
Video message
🔥🔥🔥

🇺🇿Chilonzor tumani 168-umumta’lim maktabi va
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingiliz tili 3-fakulteti
🇺🇿Ingiliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi hamkorligida “Oʻzbek tili-davlat tili” maqomi berilgani munosabati bilan tashkil etilgan tadbirdan jarayon lavhasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🥰4😍2
🇺🇿 Ingliz tili №3 fakulteti, Amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Talibjanova tomonidan 2611-guruh talabalari bilan 2026-yil 21-oktabr kuni “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan “Ona tili — millatning ruhidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy davra suhbati o‘tkazildi.

🇺🇿 Davra suhbatining asosiy maqsadi talaba-yoshlar ongida ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtiromni mustahkamlash, davlat tilining jamiyat taraqqiyoti hamda milliy o‘zlikni anglashdagi beqiyos o‘rnini chuqur tushuntirishdan iborat bo‘ldi.

✅ Shuningdek, tadbir davomida talabalarda milliy qadriyatlarimizga sadoqat, til madaniyati va muomala odobini shakllantirish, ona tilining sofligini saqlash hamda uni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shish kabi insoniy fazilatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Davra suhbati davomida:

• “Ona tili — millat ma’naviyatining ko‘zgusi va bebaho xazinasi” ekani, tilimizni e’zozlash har bir fuqaroning burchi ekanligi haqida atroflicha fikr almashildi;

• O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi tarixiy voqea bo‘lgani, tilimizning boy imkoniyatlari va xalqimiz kelajagidagi o‘rni tushuntirildi;

• Talabalar ona tili va vatan haqidagi buyuk mutafakkirlarning hikmatli so‘zlari, she’rlaridan namunalar o‘qib, o‘zlarining samimiy mulohazalarini bildirdilar.

Davra suhbati samimiy, ko‘tarinki va chuqur ma’naviy-vatanparvarlik ruhida bo‘lib o‘tdi.
❤4🥰2🤩2❤‍🔥1
🔊 O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “TEXT TITANS” to‘garagining 4- mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi!

📆 21-oktabr kuni Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi o‘qituvchisi D. A. Xoshimova rahbarligida “Understanding the Main Idea and Predicting Content” mavzusida tashkil etildi.
📝 Dars avvalida talabalar “Title & Clue” interfaol o‘yini orqali matn sarlavhasi va kalit so‘zlar yordamida uning mazmunini oldindan taxmin qilish bo‘yicha fikr almashdilar.
💡 Nazariy qismda ishtirokchilar matnning bosh g‘oyasini (main idea) tezda aniqlash, muallifning niyatini tushunish hamda matn davomida nima haqida so‘z borishini oldindan bashorat qilish (predicting content) strategiyalarini tahlil qildilar.
📚 Yakunda matnni tez va chuqur tushunish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi, mustaqil topshiriqlar belgilandi va keyingi mashg‘ulot rejasi muhokama qilindi.
📱 Faol ishtirokchilarni post izohlarida o‘z taassurotlari va matn o‘qish jarayonida duch keladigan qiyinchiliklari haqida fikr qoldirishga taklif qilamiz!
👏2😍2❤‍🔥1🥰1
❤5🤩3😍3
🇺🇿 ONA TILIM — MILLATIM FAXRI

📚 O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti tyutori D. Burxonovaga biriktirilgan 2611–2617-guruh talabalari tomonidan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar o‘qilib, badiiy chiqishlar va raqslar namoyish etildi. Talabalarning chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarda ona tiliga bo‘lgan mehr-muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar qalbida ona tiliga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, davlat tilining nufuzini yuksaltirish hamda talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

🇺🇿 Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviy boyligimiz va millatimiz faxridir.
❤6😍2❤‍🔥1🥰1🤩1