LIBOSLAR DIZAYNI: IJOD VA NAZOKAT UYG‘UNLIGI
Joriy yilning 10-oktyabr kuni "Fotima Art" studiyasida "Liderlar klubi" qizlari uchun liboslar dizayni bo‘yicha maxsus mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur mahorat darsi mutaxassis Iroda Eshimova tomonidan olib borildi. Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.A. Ismoilova boshchiligidagi "Liderlar klubi" a'zolari faol ishtirok etdilar.
Dars davomida talaba-qizlarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy va nazariy ma'lumotlar berildi:
— Liboslar dizayni asoslari;
— Zamonaviy moda tendensiyalari;
— Kiyinish madaniyati va etikasi;
— O‘ziga xos shaxsiy uslub yaratish sirlari.
Bunday ijodiy uchrashuvlar talaba-qizlarning estetik didini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularning go‘zallik va nafislik haqidagi bilim va tasavvurlarini yanada boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty

❤1👍1🔥1
🌸QIZLAR DAVRASI — BAXTLI OILA SARI
O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.A. Ismoilova boshchiligida 2505-guruhning ijarada yashovchi talaba qizlari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, ularda pazandachilik va ro‘zg‘or yuritish madaniyatini shakllantirishdir.
Uchrashuvda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
• Pazandachilik: Milliy taomlar tayyorlash, dasturxon tuzash va ozodalik qoidalari.
• Kelinlik odobi: Kattalarga hurmat, shirinso‘zlik va sabr-toqat.
• Oilaviy munosabatlar: Oilada mehr-oqibat, ishonch va mas’uliyat.
Bu kabi tadbirlar yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

❤7🔥2👍1🥰1🤩1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili 3-fakultet 🇺🇿🇺🇿 (Jasmina)
📖 Kitob — tafakkur manbai, mutolaa esa kamolot sari yo‘ldir!
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mutolaa orqali mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida «Yosh kitobxon» tanlovi e’lon qilinadi!📚 TANLOV UCHUN TAVSIYA ETILGAN ASARLAR RO‘YXATI:
1. Pirimqul Qodirov — «Yulduzli tunlar»
2. Tog‘ay Murod — «Otamdan qolgan dalalar»
3. Javlon Jovliyev — «Qo‘rqma»
4. Shuhrat — «Oltin zanglamas»
5. Odil Yoqubov — «Ko‘hna dunyo»
6. Agata Kristi — «Ular o‘nta edi»
7. Jek London — «Martin Iden»
8. Jeyms Klir — «Atom odatlar»
9. Paulo Koelo — «Alkimyogar»
10. Frans Kafka — «Evrilish»
Tanlov ishtirokchilari tavsiya etilgan asarlarni belgilangan talablar asosida mutolaa qilib, tanlov bosqichlarida faol ishtirok etishlari lozim. Asarlarning mazmunini chuqur anglash, qahramonlar xarakterini tahlil qilish hamda mustaqil fikr bildirish ishtirokchilarning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
📄 Tanlov nizomi
Aziz yoshlar! Mutolaa orqali tafakkuringizni boyiting, bilim va dunyoqarashingizni kengaytiring hamda o‘z salohiyatingizni namoyon eting!
Kitob o‘qing — fikringizni charxlang — g‘oliblik sari intiling!
Bizni kuzatishda davom eting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🥰2😍2
🌸 11-OKTABR – XALQARO QIZLAR KUNI MUBORAK BO‘LSIN!
Aziz va mo‘tabar ayollar, go‘zal, aql-zakovatli va zukko qizlarimiz, qadrli talabalar!
Sizlarni bugungi go‘zallik, nafosat va ilm bayrami – Xalqaro qizlar kuni bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 3-fakulteti jamoasi nomidan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz!
Qizlarimiz nafaqat oilamiz ko‘rki, balki jamiyatimizning, ilm-fan va taraqqiyotimizning harakatlantiruvchi kuchi, ertangi kunimizning mustahkam poydevoridir. Ayniqsa, xorijiy tillarni g‘ayrat va ishtiyoq bilan o‘rganayotgan, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga intilayotgan siz kabi bilimdon talaba-qizlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi!
Har doim o‘z oldingizga yuksak maqsadlarni qo‘ying, bilim olishdan va yuksalishdan aslo to‘xtamang. Zero, sizlarning muvaffaqiyatingiz – yurtimizning muvaffaqiyatidir!
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz qizlar!
Hurmat bilan,
Zarifa Ismoilova

🥰10❤5🤩4😍2👏1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili 3-fakultet 🇺🇿🇺🇿 (Jasmina)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥4🥰3😍2🍓1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili 3-fakultet 🇺🇿🇺🇿 (Jasmina)
TALABALAR MINBARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🥰2😍1
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH — SOG‘LOM KELAJAK SARI QADAM
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-sentabrdagi PF–207-son Farmoni mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda IPMBIB boshlig‘i F. Xabiyeva, universitet profilaktika inspektori M. Nurmuxammedova, yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini L. Haqberdiyev, fakultet mutaxassisi N. Israilova hamda tyutor G. Mardonova ishtirok etib, giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish hamda uning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirish berdilar.
Shuningdek, “Giyohvandlikka qarshi kurash — sog‘lom kelajak sari qadam” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazilib, talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etdilar.
Tadbir yakunida yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, sport bilan muntazam shug‘ullanishga va zararli illatlardan yiroq bo‘lishga chaqirildi.

❤4🔥1
#BRM tadbirlar
“13-oktabr Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish xalqaro kuni” munosabati bilan BRM tadbir o‘tkazildi
2026-yil 12-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar-3 kafedrasi katta o‘qituvchisi L. Ibroximova tashabbusi bilan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida “13-oktabr Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish xalqaro kuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida tabiiy ofatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, evakuatsiya va birinchi yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Talabalar taqdimotlar, videolavhalar va savol-javoblar orqali o‘z bilimlarini mustahkamladilar.
Mazkur tadbir talabalarda xavfsizlik madaniyati, ogohlik va tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

🔥4❤1👍1