3rd English faculty
2.45K subscribers
14.5K photos
1.78K videos
200 files
2.19K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @jasminabonu_sayliyeva
Download Telegram
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili 3-fakultet 🇺🇿🇺🇿 (Jasmina)
🎯🎯🎯🎯🎯

🏐Sport maydonida yana bir muvaffaqiyat!

Bugun
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3 fakulteti jamoasi voleybol musobaqasida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 🥉

✅Musobaqa davomida jamoamiz a’zolari barcha uchrashuvlarda faol qatnashib, o‘zlarining chaqqonligi, kuchli tayyorgarligi va jamoaviy harakatlarini namoyon etdilar.

✅Har bir bahsda jamoa a’zolari bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab, munosib natija uchun bor kuchlarini sarfladilar.

🇺🇿Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvlar davomida talabalar o‘zaro hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitida bellashib, fakultet sharafini munosib himoya qildilar.

🥉 Faxrli 3-o‘rin — jamoamizning bugungi harakatlari va birgalikdagi mehnatining natijasi!

🇺🇿Jamoamizni ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz! Kelgusi musobaqalarda ham ularga omad, kuch-g‘ayrat va yangi g‘alabalar tilaymiz!

#InglizTili3Fakulteti #Voleybol #Sport #3Orin #G‘alaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥6🎉5🥰1😍1
Talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi!

O'zDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi professor-o'qituvchilari 2-sonli Talabalar turar joyida (TTJ) yashovchi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar.

Kafedra mudiri Xaitqulov Zahriddin Xazratqul o'g'li boshchiligida o'tgan tadbirda TTJdagi mavjud to'garaklar tanishtirildi. Xususan, talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun tashkil etilayotgan ilmiy to'garaklar va Debate club faoliyatiga start berildi.

Samimiy ruhda o'tgan muloqotda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, yangi to'garaklarda faol qatnashish istagini bildirdilar.

Bizni kuzatishda davom eting.

https://t.me/thirdEnglishfaculty
❤3🆒3
🎯🎯🎯🎯🎯

🇺🇿Yangi tayinlov — yangi maqsadlar!

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida yoshlar masalalari yo‘nalishida yangi bosqich boshlandi.

✅Bugun fakultet dekani tomonidan yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Haqberdiyev Laziz To‘raqulovich fakultet jamoasiga rasman tanishtirildi.

✅Yangi rahbarimizga yoshlar bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va fakultetimiz yoshlarining yangi loyihalarini amalga oshirish yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz!

✅Birgalikda — yangi g‘oyalar, yangi tashabbuslar va yangi marralar sari!

#O‘zDJTU
#InglizTili3Fakulteti
#Yoshlar
#YangiTayinlov
#YangiMarralar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🥰3😍2
📚 O‘TKIR HOSHIMOV — XALQ QALBIDAGI ADIB

O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi, xalqimizning sevimli adibi O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan Ingliz tili 3-fakulteti 2617-guruh talabalari ishtirokida adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir tyutor D. Burxonova tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyotidagi o‘rni hamda asarlarining ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr almashildi.

Tadbir davomida talabalar O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi”, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kabi asarlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar, adib ijodidan namunalar o‘qidilar hamda asarlarda ilgari surilgan insoniylik, mehr-oqibat, ota-ona qadri va milliy qadriyatlar haqidagi g‘oyalarni muhokama qildilar.

🎓 Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish va buyuk adibning boy ijodiy merosini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.
❤3👍2
O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti ingliz tili 3-fakulteti tyutori Hazratova Sh tashabbusi bilan 1-kurs 2633-2634- talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida sport tadbiri hamda voleybol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada talabalar o‘zlarining chaqqonligi, mahorati, jamoaviy hamjihatligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. 🏐🔥

Tadbir davomida qizg‘in va murosasiz bahslar, ko‘tarinki kayfiyat hamda unutilmas lahzalar kuzatildi.

🥇 G‘olib jamoalar munosib taqdirlandi!

Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi musobaqalarda ularga omad tilaymiz! 👏

#Sport #Voleybol #Musobaqa #SoglomTurmushTarzi #Talabalar #Jamoaviylik #SportTadbiri 🏐🏆
❤5🔥3