3rd English faculty
2.45K subscribers
14.6K photos
1.79K videos
200 files
2.2K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @jasminabonu_sayliyeva
Download Telegram
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili 3-fakultet 🇺🇿🇺🇿 (Jasmina)
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿SIZNING IMKONIYATINGIZ — BIZNING JAMOAMIZ!

🇺🇿O‘zDJTU
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti

✅2-BOSQICH — SUHBAT JARAYONI
✅Koordinatorlikka ariza topshirgan barcha faol va tashabbuskor yoshlarni suhbat jarayoniga taklif qilamiz!
Kerakli hujjat:
✅Pasport nusxa
✅Obyektivka

🇺🇿QAYSI YO‘NALISHLAR BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILADI?

✅Intellektual loyihalar
✅Media
✅Matbuot
✅Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar
✅EKO va “Yashil makon”
San’at va madaniyat
✅Art Club
✅Teatr
✅Qvz
✅Lider qizlar
✅Sport
✅Kiber sport va IT
✅Harbiy-vatanparvarlik
✅Volontyorlar
✅Speaking Club
✅Dance club
✅Ta’lim va kitobxonlik
✅TTJ va talabalar bilan ishlash

🇺🇿Qobiliyat va tashabbuslaringizni aniqlaymiz
👍Jamoada ishlash ko‘nikmalaringizni ko‘ramiz
🇺🇿 Yangi loyihalar uchun fikrlaringizni muhokama qilamiz

🗓17-18 sentabr kunlari bo'lib o'tadi
⏰Bugun soat 13:30 dan 15:00 gacha
🗓18-sentabr 13:10 da
📍Asosiy bino Ingliz tili 3-fakultet (109B xona)
📱Murojaat uchun: @merixann
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🥰1😍1
🇺🇿 “MUSTAQIL O‘ZBEKISTON – MENING FAXRIM”
📚 INSHOLAR TANLOVIGA TAKLIF ETAMIZ!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida “Mustaqil O‘zbekiston – mening faxrim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi.
🎯 Tanlovning maqsadi:
Talaba-yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor, fuqarolik mas’uliyati hamda yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan yutuqlarni keng targ‘ib etish hamda iqtidorli va ijodkor talabalarni qo‘llab-quvvatlash.
👥 Ishtirokchilar:
Universitetning bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar.
✍️ Inshoga qo‘yiladigan talablar:
🔹 Insho muallif tomonidan mustaqil tayyorlangan bo‘lishi;
🔹 mavzu mazmun-mohiyati to‘liq yoritilishi;
🔹 mustaqil fikr va ijodiy yondashuv aks etishi;
🔹 Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va vatanparvarlik g‘oyalari ifodalanishi;
🔹 Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va Uchinchi Renessans g‘oyalari bilan bog‘liqlik;
🔹 xulosa va shaxsiy munosabat mavjudligi;
🔹 savodxonlik va uslubiy to‘g‘rilikka rioya etilishi.
📄 Hajmi: 2–4 bet, qo‘lda yozilgan bo‘lishi lozim.
O’tkazish kuni va vaqti: 18.09.2026 yil 4-ma’ruzalar zali
Soat: 15:00 da

🏆 Baholash mezonlari — 100 ball:
• Mavzuning mazmunan yoritilishi — 30 ball
• Mustaqil va ijodiy fikr — 25 ball
• Savodxonlik — 20 ball
• Dalillar va misollardan foydalanish — 15 ball
• Xulosa va taqdim etish sifati — 10 ball
🥇🥈🥉 Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari aniqlanadi.
🎁 G‘oliblar universitet rahbariyatining diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
🇺🇿 Yurt mustaqilligi — bizning faxrimiz!
Uning kelajagi — bizning qo‘limizda!
📌 Tanlovda faol ishtirok eting va o‘z ijodiy fikringizni namoyon eting!
Shu elon uchun banner kerak telegramda tarqataman

❤3
🟦🟦🟦

INGLIZ TILI 3-FAKULTETIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 3-fakultetida talaba-yoshlarning taklif va murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ingliz tili 3-fakulteti dekani Ilhom Xaydarov professor-o‘qituvchilar hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida talabalar ta’lim jarayoni, fakultet faoliyati, mavjud imkoniyatlar va o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan savol va takliflarini bildirdilar. Rektor tomonidan talabalarning murojaatlari tinglanib, bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, fakultet dekani Ilhom Xaydarov talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligi, ilmiy izlanishlari va fakultet hayotidagi ishtiroki haqida so‘z yuritib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar hamda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Talabalar yanada faol va tashabbuskor bo‘lishga chorlandi.

Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan bildirilgan ijtimoiy va o‘quv jarayoniga oid taklif hamda tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Bildirilgan murojaatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ul xodimlar va tyutorlar biriktirildi.

Yoshlar bilan bunday ochiq va samimiy muloqotlarni muntazam davom ettirish, ularning takliflarini o‘rganish hamda istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🔥2😍2🥰1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿“VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

🇺🇿Tadbir davomida yoshlarning Vatan ravnaqiga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi, ta’lim olish, zamonaviy kasblarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish, ilm-fan va innovatsiyalar bilan shug‘ullanish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

✅Ochiq muloqot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim, kelajakdagi kasbiy faoliyat va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.

✅Tadbir yakunida yoshlarni Vatanga sadoqat, mas’uliyat, tashabbuskorlik va bilimga intilish ruhida tarbiyalash, ularning kelajakdagi faol ishtiroki mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

✅Bilimli va faol yoshlar — yurt taraqqiyotining muhim tayanchi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2🥰1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿REKTOR STIPENDIYASI TANLOVINING FAKULTET BOSQICHI O‘TKAZILDI

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida 2026/2027-o‘quv yili uchun “Rektor stipendiyasi” tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi.

✅Tanlov davomida talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyati ko‘rib chiqilib, ularning bilim va salohiyati baholandi.

✅Tanlov ishtirokchilari O‘zbek tili hamda O‘zbekiston tarixi fanlaridan bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

✅Fakultet bosqichi yakunlariga ko‘ra, munosib natija ko‘rsatgan talabgorlar universitet bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

✅Mazkur tanlov talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish, bilim olishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

#RektorStipendiyasi
#InglizTili3Fakulteti
#OzDJTU
#IqtidorliTalabalar
#YoshlarIttifoqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6😍4🔥3🥰3🏆2👍1