3rd English faculty
2.45K subscribers
14.6K photos
1.79K videos
200 files
2.2K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @jasminabonu_sayliyeva
Download Telegram
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti mas'ullari 1- va 2-sonli TTJlarga tashrif buyurdi

Fakultet dekani I.T. Xaydarov boshchiligidagi mas'ullar (Z. Ismoilova, N. Israilova hamda tyutorlar R. Uzoqova va G. Mardonovalar) talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida 1- va 2-sonli Talabalar turar joylarida bo‘lishdi.

Tashrif davomida turar joylardagi sanitariya-gigiyena holati va ichki tartib-qoidalarga qat'iy rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, takliflari tinglandi hamda xavfsizlik va tozalik qoidalari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
❤5🔥1🥰1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿GURUH SARDORLARI BILAN SUHBAT O‘TKAZILDI

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida guruh sardorlari bilan fakultet rahbariyati ishtirokida suhbat tashkil etildi.

✅Suhbatda fakultet dekani Xaydarov Ilhom Tuxtayevich hamda o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini O‘lmasov Sherbek A’zamovich ishtirok etib, guruh sardorlarining faoliyati, talabalar bilan ishlash, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda fakultetdagi mavjud masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

✅Uchrashuv davomida guruh sardorlarining taklif va mulohazalari tinglanib, talabalar manfaatlarini ta’minlash va guruhlardagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✅Mazkur suhbat guruh sardorlarining mas’uliyatini oshirish, talabalar va fakultet rahbariyati o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

#O‘zDJTU
#InglizTili3Fakulteti
#GuruhSardorlari
#Suhbat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3🥰3🤩2❤1🔥1😍1💯1
Forwarded from Дилафруз Топилдиева
🇺🇿O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-ingliz tili fakulteti tyutori S.Berdiyeva va 2501-guruh talabasi Topildiyeva Dilafruz tomonidan “O’zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman” mavzusida maqolalar tanlovi tashkil etildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarning Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlash, ularning milliy qadriyatlar, ajdodlar merosi va yurtimizning boy tarixi hamda bugungi taraqqiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.

Tanlov yakunida eng mazmunli va ijodiy yondashuv asosida yozilgan maqolalar saralab olinib, faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.
👍3
Forwarded from Burxonova Dilnoz Muzaffarovna
Ingliz tili 3-fakulteti tyutori D.Burxonova tashabbusi bilan o'ziga biriktirilgan talabalar ishtirokida Adiblar xiyoboniga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida talaba-yoshlar o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalari hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. Xiyobonda o‘rnatilgan adiblar haykallari va yodgorliklari yosh avlodni milliy adabiyotimiz, tariximiz va ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, tashrif doirasida “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston: kecha va bugun” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda mustaqillik yillarida mamlakatimiz hayotida yuz bergan o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar, ta’lim va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning tarixiy xotirasi, milliy o‘zligi va Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.
❤9😍1
Forwarded from UzSWLU sports club
💙💙💙

📣 TALABA-YIGITLAR VA QIZLAR DIQQATIGA!

YENGIL ATLETIKA TOʻGARAGI DAVOM ETMOQDA!

📆 MASHGʻULOT OʻTKAZILISH KUNLARI:
DUSHANBA
CHORSHANBA
JUMA


⏰ VAQTI: 15:00 - 17:00
📍 JOYI: OʻZDJTU SPORT MAYDONI

👤 MURABBIY: SH.GʻOYIBOV (TEL: +998770124504)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🏐VOLEYBOL BO‘YICHA SARALASH BOSQICHI

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti 1-kurs talabalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha saralash bosqichi o‘tkazildi.

✅Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining sport mahorati, jamoaviyligi va faol ishtirokini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar g‘alaba uchun munosib kurash olib bordilar.

✅Mazkur sport tadbiri talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

✅Barcha ishtirokchilarga kelgusi bosqichlarda omad va yuqori natijalar tilaymiz! 🏐

#Voleybol
#SportMusobaqasi #TalabalarHayoti #InglizTili3Fakulteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8😍5❤‍🔥2👏2🥰1