3rd English faculty
2.46K subscribers
14.6K photos
1.79K videos
200 files
2.2K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @jasminabonu_sayliyeva
Download Telegram
Forwarded from OM|V1 
🏢Talabalar bilan muloqot
O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.A. Ismoilova hamda 1-bosqich tyutori Mardanova Gulmira bilan 2-TTJda talabalar bilan muloqot o‘tkazdi.
📚Muloqot davomida talabalar turar joyida tozalik, ozodalik, tartib-intizomga rioya qilish, xonalar va umumiy foydalanish joylarini ozoda saqlash masalalari haqida suhbatlashildi.
📉Shuningdek, talabalarga ichki tartib-qoidalarga amal qilish, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lish TTJda yaratilgan shart-sharoitlarni asrab-avaylash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
📆Oʻtkazilgan sana:14.09.2026
❤4🔥1
📚 ELEKTRON KUTUBXONA — BILIM OLISHGA YANGI IMKONIYAT!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazining elektron kutubxonasi talaba va professor-o‘qituvchilar uchun zamonaviy, qulay va ishonchli bilim manbalaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

💻 Elektron kutubxona orqali:
🔹 elektron kitoblar va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish;
🔹 ilmiy va ta’limiy adabiyotlarni izlash;
🔹 kerakli ma’lumotlarni tez va qulay topish;
🔹 ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun zarur resurslardan 24/7 foydalanish mumkin.

🌐 Elektron kutubxonaga kirish:
lib.uzswlu.uz

📖 Bilim izlagan har bir talaba uchun — qulay va zamonaviy imkoniyat!

Bilim — kelajak poydevori! 💙💚

#O‘zDJTU #ElektronKutubxona #AxborotResursMarkazi #Talabalar #Ta’lim #Bilim #IlmiyTadqiqot
❤5😍2🤩1
IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI TALABALAR HOLATI OʻRGANILDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3- fakultetida ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish maqsadida amaliy tashrif tashkil etildi.

Uchtepa tumani Koʻxna choʻponota MFY hududidagi xonadonlarga tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizlik va sanitariya-gigiyena holati o‘rganilib, ular bilan suhbatlar o‘tkazildi hamda zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

Tadbirda fakultet IPMBIB mutaxassisi N.Israilova hamda fakultet tyutorlari F.Sadullayev va N.Eshbayeva ishtirok etdi.

Shuningdek, yangi ishga qabul qilingan tyutorlarga talabalar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va zarur ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://t.me/thirdEnglishfaculty
❤7
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti mas'ullari 1- va 2-sonli TTJlarga tashrif buyurdi

Fakultet dekani I.T. Xaydarov boshchiligidagi mas'ullar (Z. Ismoilova, N. Israilova hamda tyutorlar R. Uzoqova va G. Mardonovalar) talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida 1- va 2-sonli Talabalar turar joylarida bo‘lishdi.

Tashrif davomida turar joylardagi sanitariya-gigiyena holati va ichki tartib-qoidalarga qat'iy rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, takliflari tinglandi hamda xavfsizlik va tozalik qoidalari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
❤7
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟥🟥🟥

🗣“Munozara” respublika turniriga start berildi!

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Fanlar Akademiyasi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining yangi mavsumiga start beradi.

☑️Turnirda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim tashkilotlari talabalari 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin.
🔹“Munozara” respublika turniri uch bosqichda oliy ta'lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichi tartibida o‘tkaziladi. Birinchi oliy ta’lim tashkiloti bosqichi fakultetlar jamoalari o‘rtasida sentyabr oyining uchinchi o‘nkunligida tashkil etiladi.

➡️ Turnir nizomi va yo‘riqnomasi

🏆 Turnir mintaqaviy bosqichida 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari, shuningdek, o‘zi tahsil oladigan oliygoh tomonidan (har bir jamoa a’zosi) bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari miqdorida pul bilan taqdirlanadi.

🏆Respublika bosqichida 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Finalda qatnashgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1⚡1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Mustaqillik oliy ne'mat

🗓15-sentabr kuni
🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari hamda tyutor Mardonova Gulmira Erkinovna boshchiligida "Erkinlik— eng oliy qadriyat" mavzusi boʻyicha tadbir tashkil etildi.

✅Mazkur tadbirda fakultetimiz dekani Xaydarov Ilhom Tuxtayevich ham ishtirok etdi.

✅Ushbu tadbirning asosiy maqsadi talaba yoshlarni bugungi kunimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalinishga undash, ularda ona vatanga, tinchlikka boʻlgan shukronalik hissini oshirishga qaratilgan.


✅Tadbir davomida oʻzbek milliy telefilmi boʻlmish "Ilhaq" kinosidan parcha sahnalashtirildi.Bu sahna koʻrinishi orqali talabalarimizning ijodiy salohiyatlariga baho berildi.

✅Shu oʻrinda faol qatnashgan talabalar dekanimiz tomonidan sertifikat hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🥰3😍2
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti mas'ullari 1- va 2-sonli TTJlarga tashrif buyurdi

Fakultet dekani I.T. Xaydarov boshchiligidagi mas'ullar (Z. Ismoilova, N. Israilova hamda tyutorlar R. Uzoqova va G. Mardonovalar) talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida 1- va 2-sonli Talabalar turar joylarida bo‘lishdi.

Tashrif davomida turar joylardagi sanitariya-gigiyena holati va ichki tartib-qoidalarga qat'iy rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, takliflari tinglandi hamda xavfsizlik va tozalik qoidalari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
❤5🔥1🥰1😍1