3rd English faculty
2.46K subscribers
14.6K photos
1.79K videos
200 files
2.2K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @jasminabonu_sayliyeva
Download Telegram
🇬🇧 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti tyutori G. Mardonova boshchiligida 1-bosqich talabalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Inson qadri” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

💬 Insonning jamiyatdagi o‘rni, uning sha’ni, qadr-qimmati va insoniy fazilatlari haqida fikr almashilgan mazkur suhbat davomida talaba-yoshlar uchun muhim bo‘lgan hayotiy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Ustozlar o‘zlarining hayotiy tajribalari va misollari orqali mavzuni keng yoritib, insonni qadrlash, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatning ahamiyati haqida qimmatli fikrlarini bildirdilar.

📝 Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Tadbir yakunida har bir ishtirokchi o‘zi uchun muhim bo‘lgan xulosalar va hayotiy saboqlarni oldi.

#O‘zDJTU #InglizTili3Fakulteti #InsonQadri #DavraSuhbati #TalabaYoshlar
🔥7❤5🥰2❤‍🔥1🎉1
Forwarded from D.M.Kambarova
2026-yilning 14-sentabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 168-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqituvchilar uchun mahorat darsi (master-klass) tashkil etildi.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi tomonidan maktab va oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻtkazildi.
Tadbirda Ingliz tili 3-fakulteti amaliy fanlar 3 kafedrasi oʻqituvchilari A.L.Talibjinova va Isamuxamedova M.N. maʼruzachi sifatida ishtirok etib, master-klassni yuqori saviyada olib bordilar. Mashgʻulotlarda 168-sonli maktabning ingliz tili va boshqa fan oʻqituvchilari faol ishtirok etdilar.
Mahorat darsi “Integrating 4C Skills into the Classroom: Critical Thinking, Creativity, Collaboration, and Communication” (Dars jarayoniga 4C koʻnikmalarini integratsiya qilish: Tanqidiy fikrlash, Ijodkorlik, Hamkorlik va Muloqot) mavzusiga bagʻishlandi. Maʼruzachilar zamonaviy taʼlimda XXI asr koʻnikmalari hisoblangan 4C modelining oʻrni, oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish, ijodiy yondashuvni uygʻotish, jamoaviy hamkorlik hamda samarali muloqot tizimini dars davomida qanday yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilgʻor metodika va strategiyalar bilan oʻrtoqlashdilar.
Amaliy mashgʻulotlar va qiziqarli keyslar asosida oʻtgan master-klass yakunida ishtirokchi oʻqituvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va dars sifatini oshirishga qaratilgan yangi metodik tavsiyalarga ega boʻldilar.
❤1👍1
Forwarded from D.M.Kambarova
2026-yilning 14-sentabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 168-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqituvchilar uchun navbatdagi mahorat darsi (master-klass) tashkil etildi.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi tomonidan maktab va oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda oʻqituvchilarning kasbiy mahorati va metodik tayyorgarligini oshirish maqsadida oʻtkazildi.
Mahorat darsini Ingliz tili 3-fakulteti oʻqituvchisi Kadirova Farangiz yuqori saviyada olib bordi. Unda 168-sonli maktabning ingliz tili hamda boshqa fanlar boʻyicha faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir “Exploring Traditions. Teaching Speaking through Cultural Traditions: From Cultural Awareness to Communicative Competence” (Anʼanalarni oʻrganish. Soʻzlashuv nutqini madaniy anʼanalar orqali oʻrgatish: Madaniy xabardorlikdan kommunikativ kompetensiyagacha) mavzusiga bagʻishlandi. Maʼruzachi Kadirova Farangiz dars jarayonida oʻquvchilarning ogʻzaki nutq koʻnikmalarini rivojlantirishda milliy va xalqaro madaniy anʼanalarning oʻrni hamda ahamiyati xususida batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Master-klass davomida madaniy xabardorlikni oshirish orqali oʻquvchilarda erkin muloqot va kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning eng samarali metodlari, interaktiv oʻyinlar va amaliy topshiriqlar namoyish etildi. Ishtirokchi pedagoglar darslarda madaniyatlararo muloqot elementlarini qoʻllash boʻyicha yangi yondashuvlar va metodik tavsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir yakunida oʻqituvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar va oʻzaro tajriba almashib, kelgusida bunday amaliy mashgʻulotlarni muntazam davom ettirish istagini bildirdilar.
👍3❤1
Forwarded from D.M.Kambarova
2026-yilning 14-sentabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 168-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqituvchilar uchun mahorat darsi (master-klass) tashkil etildi.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi tomonidan maktab va oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻtkazildi.
Tadbirda Ingliz tili 3-fakulteti amaliy fanlar 3 kafedrasi oʻqituvchilari A.L.Talibjonova va Isamuxamedova M.N. maʼruzachi sifatida ishtirok etib, master-klassni yuqori saviyada olib bordilar. Mashgʻulotlarda 168-sonli maktabning ingliz tili va boshqa fan oʻqituvchilari faol ishtirok etdilar.
Mahorat darsi “Integrating four Skills into the Classroom: Critical Thinking, Creativity, Collaboration, and Communication” mavzusiga bagʻishlandi. Maʼruzachilar zamonaviy taʼlimda XXI asr koʻnikmalari hisoblangan 4C modelining oʻrni, oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish, ijodiy yondashuvni uygʻotish, jamoaviy hamkorlik hamda samarali muloqot tizimini dars davomida qanday yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilgʻor metodika va strategiyalar bilan oʻrtoqlashdilar.
Amaliy mashgʻulotlar va qiziqarli keyslar asosida oʻtgan master-klass yakunida ishtirokchi oʻqituvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va dars sifatini oshirishga qaratilgan yangi metodik tavsiyalarga ega boʻldilar.
❤4
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili 3-fakultet 🇺🇿🇺🇿 (Jasmina)
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

🖐 “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”GA START BERILADI!

🏆 Joriy yilning 23–24-sentyabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-kurs talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi va yengil atletika turlari bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari o‘tkaziladi.

Musobaqa dasturi:

⚽️ MINI-FUTBOL — yigitlar
🗓️ 23-sentyabr | ⏱ 08:00
👥 7 nafar — har bir fakultetdan 2 ta jamoa

🏐 VOLEYBOL
Qizlar — 23-sentyabr | ⏰08:00
Yigitlar — 24-sentyabr | ⏰08:00
👥8 nafar — har bir fakultetdan 2 ta jamoa

🏀 STRITBOL — yigitlar va qizlar
🗓️ 23-sentyabr | ⏰ 08:00
👥 5 nafar — har bir fakultetdan 2 ta jamoa

🏓 STOL TENNISI — yigitlar va qizlar
📅 24-sentyabr | ⏰ 08:00
👥 Ishtirokchilar soni — cheklanmagan

🏃‍♀️🏃 YENGIL ATLETIKA — yigitlar va qizlar
🗓️ 24-sentyabr | ⏰ 08:00
👥 4 nafar yigit va 4 nafar qiz

📣 Talabnoma topshirish muddati:
🗓 18-sentyabr, soat 17:00 gacha

☎️ Murojaat uchun:
+998 90 334 18 99 — Q. Mardonov
+998 94 287 69 99 — X. Zikriyayev

🔥 Aziz talabalar! Sport musobaqalarida faol ishtirok eting va o‘z fakultetingiz sharafini munosib himoya qiling!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🥰2
Forwarded from OM|V1 
🏢Talabalar bilan muloqot
O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.A. Ismoilova hamda 1-bosqich tyutori Mardanova Gulmira bilan 2-TTJda talabalar bilan muloqot o‘tkazdi.
📚Muloqot davomida talabalar turar joyida tozalik, ozodalik, tartib-intizomga rioya qilish, xonalar va umumiy foydalanish joylarini ozoda saqlash masalalari haqida suhbatlashildi.
📉Shuningdek, talabalarga ichki tartib-qoidalarga amal qilish, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lish TTJda yaratilgan shart-sharoitlarni asrab-avaylash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
📆Oʻtkazilgan sana:14.09.2026
❤4🔥1
📚 ELEKTRON KUTUBXONA — BILIM OLISHGA YANGI IMKONIYAT!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazining elektron kutubxonasi talaba va professor-o‘qituvchilar uchun zamonaviy, qulay va ishonchli bilim manbalaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

💻 Elektron kutubxona orqali:
🔹 elektron kitoblar va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish;
🔹 ilmiy va ta’limiy adabiyotlarni izlash;
🔹 kerakli ma’lumotlarni tez va qulay topish;
🔹 ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun zarur resurslardan 24/7 foydalanish mumkin.

🌐 Elektron kutubxonaga kirish:
lib.uzswlu.uz

📖 Bilim izlagan har bir talaba uchun — qulay va zamonaviy imkoniyat!

Bilim — kelajak poydevori! 💙💚

#O‘zDJTU #ElektronKutubxona #AxborotResursMarkazi #Talabalar #Ta’lim #Bilim #IlmiyTadqiqot
❤5😍2🤩1
IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI TALABALAR HOLATI OʻRGANILDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3- fakultetida ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish maqsadida amaliy tashrif tashkil etildi.

Uchtepa tumani Koʻxna choʻponota MFY hududidagi xonadonlarga tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizlik va sanitariya-gigiyena holati o‘rganilib, ular bilan suhbatlar o‘tkazildi hamda zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

Tadbirda fakultet IPMBIB mutaxassisi N.Israilova hamda fakultet tyutorlari F.Sadullayev va N.Eshbayeva ishtirok etdi.

Shuningdek, yangi ishga qabul qilingan tyutorlarga talabalar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va zarur ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://t.me/thirdEnglishfaculty
❤7