3rd English faculty
2.45K subscribers
14.6K photos
1.79K videos
200 files
2.2K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @jasminabonu_sayliyeva
Download Telegram
🟦🟦🟦

Ingliz tili 3-fakulteti hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida 2025-2026 o‘quv yili yakuni bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o’quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Ch. Chutpulatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Ya. Yusupov, xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A.A. Nasirov hamda ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i L.Zaripovlar ishtirok etdi.

Shuningdek, yig‘ilishda fakultet dekani va kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda mas’ul xodimlar qatnashdi.

Hisobot yig‘ilishida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi:
✅ O‘quv va o‘quv-uslubiy sohadagi natijalar;
✅ Ilmiy tadqiqotlar va nashrlar samaradorligi;
✅ Xalqaro hamkorlik doirasidagi loyihalar, almashinuv dasturlari;
✅ Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda o‘tkazilgan tadbirlar, yoshlar bilan ishlash samarasi;
✅ 2025-2026 o‘quv yili yakunidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar;
✅ 2026-2027 o‘quv yilida universitet va fakultet rivoji uchun belgilangan ustuvor yo‘nalishlar.

Yig‘ilish davomida prorektorlar tomonidan professor-o‘qituvchilar faoliyatiga doir taklif va mulohazalar bildirildi. Fakultet jamoasi tomonidan esa yangi o‘quv yilida samaradorlikni oshirish, xalqaro faoliyatni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirishga doir aniq reja va tashabbuslar ilgari surildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🥰1😍1
🟦🟦🟦

O‘zDJTUda PRESETT loyihasi doirasida bakalavriat ta’lim dasturlarini takomillashtirish ishlari boshlandi

2026-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida PRESETT loyihasi doirasida Britaniya Kengashi vakillari hamda universitet mutaxassislaridan iborat ishchi guruhning dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining amaldagi malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar jarayonida ta’lim dasturlarini zamonaviy talablar asosida yangilash, ta’lim natijalari va baholash tizimini xalqaro yondashuvlarga moslashtirish, shuningdek, bo‘lajak pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili 3-fakultet 🇺🇿🇺🇿 (Jasmina)
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

Hurmatli talabalar!

🇺🇿“Ichki turizm  kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Oz yurtimni kashf etaman” mavzusidagi fotolavhalar musobaqasiga ishlar qabul qilinmoqda.

🇺🇿Agar siz ozingiz istiqomat qilayotgan hududingizdagi gozal joylarni tengdoshlaringizga tanitish istagida  bo‘lsangiz, fotolavhalarni tayyorlab, tyutoringizga taqdim eting.

🌐Fotolavhalarni topshirishning oxirgi muddati — 09.07.2026 yil soat 12:00.

✅Sizning taqdim qilgan fotolavhalaringiz orqali yurtimizning gozal maskanlari haqida koproq malumotga ega bolish imkoniyati tugiladi. Fursatni qo‘ldan boy bermang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🥰1🤩1
🇺🇿Ichki turizm – yurtni anglash va qadrlash

✅Ichki turizm kuni munosabati bilan
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti
tyutorlari tomonidan talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🇺🇿Tadbir davomida talaba-yoshlar bilan yurtimizning betakror goʻshalari, tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari hamda tabiiy maskanlari haqida suhbat olib borildi. Ichki turizmning nafaqat hordiq chiqarish, balki Vatanimizning boy tarixi, madaniyati va qadriyatlarini chuqurroq anglashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

🇺🇿Oʻzbekistonda ichki turizm fuqarolarning mamlakat ichidagi sayohatini qamrab oladi, turli dastur va yarmarkalar esa ayniqsa yoshlar orasida sayohat madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.

🇺🇿 Yurtni tanish – Vatanni sevishdan boshlanadi!